Talab tushunchasi
Taklif tushunchasi
Bozor muvozanati
Iqtisodiy resurs uchun talabva taklif
Iste'mochi xulqi nazariyasi
100

Savol:

Ehtiyoj qachon talabga aylanadi?

Javob:

Ehtiyoj pul bilan ta’minlanganda talabga aylanadi.

100

Taklif qanday miqdor?

Taklif, ishlab chiqaruvchilarning narxning har bir darajasida tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqariladigan 

miqdoridir. 

100

Talab va taklif miqdorlari o‘rtasidagi nisbat teng bo‘lgan holat nima deb ataladi?

Bozor muvozanati.

100

Иқтисодий ресурслар бозори нима? 


Иқтисодий ресурслар олди-сотдиси бўладиган бозор.

100

Naflilikni maksimallashtirish qoidasi nima?

Iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim.

200

Talab qonuni nimani ifodalaydi?

Narx oshsa talab kamayadi, narx tushsa talab ortadi degan teskari bog‘liqlikni ifodalaydi.

200

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik 

taklif qonunini tushuntiring? 

Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan 

taklif hajmi qisqaradi. 

200

Mahsulot narxining iste’molchi daromadidagi salmog‘i talab egiluvchanligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Misol bilan tushuntiring.

Mahsulot narxining iste’molchi daromadidagi ulushi qanchalik katta bo‘lsa, talab shunchalik egiluvchan bo‘ladi; ulushi kichik bo‘lsa, talab kam egiluvchan bo‘ladi.

200

Иқтисодий ресурсларга қандай даромад турлари тўланади?


Иш ҳақи, фоиз, рента ва фойда.

200

Iste’molchi tanlovini tushuntirishda nima muhim rol o‘ynaydi?

Farqsizlik egri chizig‘i

300

Narx iste’molchi uchun qanday rol o‘ynaydi?

Narx iste’molchi uchun to‘siq bo‘lib xizmat qiladi: yuqori narx xaridni kamaytiradi, past narx kuchaytiradi.

300

Nimalar taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi?

1) Resurslarning narxi; 2) Ishlab chiqarish texnologiyasi; 

3) Soliq va dotatsiyalar; 4) Boshqa tovarlarning narxi; 

5) Narx o‘zgarishining kutilishi; 6) Bozordagi sotuvchilar soni. 

300

Zarur iste’mol buyumlari va zebu-ziynat buyumlariga bo‘lgan talab egiluvchanligi o‘rtasidagi farqni izohlang.

Zarur iste’mol buyumlariga talab noegiluvchan, zebu-ziynat buyumlariga talab esa egiluvchan bo‘ladi.

300

Нима учун иқтисодий ресурсларга бўлган талаб ҳосила талаб ҳисобланади?


Чунки ресурсларга бўлган талаб улар ёрдамида ишлаб чиқариладиган товар ва хизматларга бўлган талабга боғлиқ.

300

Suv va brilliant paradoksining yechimi qanday?


Bu paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p,  shuning uchun narxi past. Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan kam.

400

Oliy toifali tovarlar qanday tovarlar?

Daromad oshganda ularga bo‘lgan talab ortadigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.

400

Taklif hajmining o‘zgarishiga nimalar ta'sir ko'rsatadi va misollar keltiring?

Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash 

va transport tashish xarajatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt 

saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun 

taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.

400

Narxli egiluvchanlik nimani ko‘rsatadi?

Narxli egiluvchanlik talab yoki taklifning narx o‘zgarishiga qanday javob berishini ko‘rsatadi.

400

Иқтисодий ресурсларга бўлган талабга қайси омиллар таъсир қилади?


Ресурслар унумдорлиги, ишлаб чиқариладиган товарлар нархи ҳамда биргаликда фойдаланиладиган ресурслар нархи ва унумдорлиги таъсир қилади.

400

Optimal tanlov qanaqa shartlarni keltirib chiqaradi?

Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim.

500

Iste’molchi xohish-istaklari talabga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Xohish-istaklarning o‘zgarishi talabni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin, masalan “modadan qolish” qo‘rquvi talabni oshiradi.

500

Taklifga ta’sir ko‘rsatadigan jarayonlarni sanab bering va misollar keltiring?

Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning 

mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning 

o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil 

mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif 

o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan 

bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib 

bo‘lmaydi.

500

Qisqa davrli va uzoq davrli bozor muvozanati o‘rtasida qanday farq bor?

Qisqa davrli bozor muvozanati tezkor, qisqa muddatli omillar ta’sirida yuzaga keladi, uzoq davrli bozor muvozanati esa resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.

500

Ресурслар ҳаракатчанлиги иқтисодий ресурслар таклифининг эгилувчанлигига қандай таъсир қилади?


Агар ресурслар ҳаракатчан бўлса, улар нарх ўзгаришига тез жавоб беради ва бир соҳадан бошқасига осон ўтади, натижада таклиф эгилувчан бўлади. Вақт ўтиши билан ҳаракатчанлик ортиб, умумий таклиф ҳам кўпаяди.

500

Giffen samarasi nima?


Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi.

Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi.

M
e
n
u