Tanlanma nima?
Bosh to‘plamdan o‘rganish uchun tanlab olingan qism.
O‘rtacha qiymat nima?
Qiymatlar yig‘indisining ularning soniga nisbati.
100 ta talabadan 60 tasi darsga qatnashdi. Qatnashganlar ulushi necha foiz?
60%
Ishonch oralig‘i nima uchun kerak?
Natijaning ehtimoliy chegaralarini aniqlash uchun.
Bir oilada 5 ta o‘g‘il bor. Har bir o‘g‘ilning bitta singlisi bor. Oilada jami nechta farzand bor?
6 ta farzand.
Bosh to‘plam nima?
O‘rganilayotgan barcha birliklar yig‘indisi.
Tanlanma hajmi qaysi harf bilan belgilanadi?
n harfi bilan.
Tanlanma salmog‘i qanday harf bilan belgilanadi?
w harfi bilan.
Ishonch oralig‘ining nechta chegarasi bor?
Ikkita: quyi va yuqori chegara.
Qaysi savolga hech qachon rost javob bilan «ha» deb javob bera olmaysiz?
«Uxlayapsizmi?» degan savolga.
Tanlanma nima maqsadda olinadi?
Bosh to‘plam haqida xulosa chiqarish uchun.
Salmoq yoki ulush nimani bildiradi?
Ma’lum belgiga ega birliklarning umumiy tanlanmadagi ulushini.
Tanlanma o‘rtachasi 120, xatolik chegarasi 5. Quyi va yuqori chegaralarni toping.
115 dan 125 gacha.
Ishonch darajasi 95% bo‘lsa, bu nimani anglatadi?
Usul ko‘p marta qo‘llanganda, tuzilgan oraliqlarning taxminan 95% bosh to‘plam parametrini qamrab oladi.
Sport musobaqasida, bir ishtirokchidan intervyu olinayotganda u shunday dedi: Agar qo'lim 3 sm uzun bo'lganda men jahon chempioni bo'lar edim. Savol: ishtirokchi qaysi sport turi bo'yicha qatnashgan?
Suzish
Tanlanma xatosi nima?
Tanlanma natijasi bilan bosh to‘plam ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farq.
Ishonch koeffitsiyenti qaysi harf bilan belgilanadi?
t (harfi bilan).
1000 ishchidan 700 tasi ma'lum belgiga ega. Ularning tanlanmadagi salmog‘i qancha?
700/1000 = 0,7 yoki 70%
Ishonch darajasi oshsa, oraliq odatda qanday o‘zgaradi?
Kengayadi
Savol;
Fotograf, Kinorejissor va Xirurgga ishining muvaffaqiyatiga bitta narsa xalal beradi. U nima?
Soya
Ishonch oralig‘i nima?
Bosh to‘plam ko‘rsatkichi joylashishi mumkin bo‘lgan quyi va yuqori chegaralar oralig‘i.
Statistikada tanlanma hajmi juda kichik bo‘lsa, qanday muammo yuzaga kelishi mumkin?
Natijalar kamroq aniq bo‘lishi mumkin.
Tanlanma hajmi oshganda o‘rtacha xato nima sababdan kamayadi?
Ko‘proq ma’lumot olingani sababli baholash odatda aniqroq bo‘ladi.
Tanlanma hajmi oshsa, ishonch oralig‘i odatda qanday o‘zgaradi?
Torayadi
Savol : Fransuzlar eng sermulozamat xalq. Ular har doim boshqalarga mulozamat ko'rsatadilar. Yaqinda esa bir yerdagi yozuv hammasidan oshib tushdi. Unda "sizni o'rnimdan turib kutib ololmaganim uchun meni ma'zur tutasiz" deyilgandi. Diqqat savol. Yozuv qayerda edi?
Qabr toshida