Insoniyatning azaliy orzusi , ezgu g‘oyasi , ma`naviyat , axloq va huquqning me`yoriy kategoriyalaridan biri.
Adolat
U olamdagi boshqa biologik mavjudotlardan ajralib turadigan muhim xususiyatlarga , ya`ni aql, ma`naviyat , madaniyat , axloq , tafakkur , til ba boshqa jihatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudotdir.
Inson
Muayyan xalqqa xos bo‘lgan , uni boshqalardan farqini ko‘rsatuvchi xususiyatlar majmuyi.
Milliylik
Tinchlik , osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat`iy hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit.
Barqarorlik
Ma`naviyat so'zining ma`nosi nima?
ma`nolar majmuyi
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan va uzoq davrga mo‘ljallangan maqsadni amalga oshirish yo‘li.
Strategiya
Insonni turli ta`sirlardan himoya qilishgaqodir reaksiyalar majmuyi.
Immunitet
Tabiat , jamiyat va inson mohiyati haqidagi bilimlar , ma`lumotlar , ta`lim-tarbiya va maorif tizimi uyg‘unligini ifodalovchi tushuncha bu-
ma`rifat
Taraqqiyotning aksi...
Tanazzul
Arabchadan tarjima qilganda yaxshilash , tuzatish degan ma`noni anglatadi.
Islohot
Bu shunday so'z-ki , unga nodonga nisbatan oqil , loqaydga nisbatan sergak , baxilga nisbatan saxiy , tanbalga nisbatan serg‘ayrat , qo‘rqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar o‘ziga xos o‘lchov vositasini o‘taydi.
Komillik
Muayyan maqsadni amalga oshirish uchun narsa va hodisalar to‘g‘risida ilgari surilgan izchil fikrlash shakli nima?
G‘oya
Ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuyini ifodalaydigan tushuncha.
Ma`naviy meros.
Arabchadan o‘lka ma`nosini anglatuvchi so‘z.
Vatan
Borliq va jamiyat , narsalar , voqealar , hodisalar , inson hayoti , moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha.
Qadriyatlar