Asal iste’mol qilishning qanday foydalari bor?
Asal ichki a’zolarni sog‘lomlashtiradi, haroratni me’yorlashtiradi, immunitetni oshiradi, vaznni me’yorida ushlashga yordam beradi, yoshlikni saqlash va umrni uzaytirishga xizmat qiladi.
Qandli diabet kasalligini oldini olish uchun qanday jismoniy mashqlar tavsiya etiladi?
Javob: Kundalik jismoniy mashqlar, masalan, velosiped minish, suzish, yugurish va gimnastika bilan shug‘ullanish tomirlar salomatligini yaxshilaydi va diabetning asoratlarini kamaytirishga yordam beradi
Makroelementlar va mikroelementlar nima uchun muhim?
Makroelementlar va mikroelementlar inson organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalardir. Ular ichki a’zolar, suyaklar va teri salomatligi uchun muhim bo‘lib, energiya ishlab chiqarishga yordam beradi.
Diabet bilan kasallangan bemorlar uchun to‘g‘ri ovqatlanish qanday ahamiyatga ega?
To‘g‘ri ovqatlanish qon shakar darajasini nazorat qilishga yordam beradi. Uglevodlarni me’yorida iste’mol qilish, tabiiy mahsulotlardan foydalanish va tuz miqdorini cheklash muhim hisoblanadi
Taom lazzati o‘zida
odam lazzati so‘zida.
To‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligi va mehnat qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi?
To‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligini yaxshilaydi va mehnat qobiliyatini oshiradi. U organizmni zaruriy vitamin va minerallar bilan ta’minlab, jismoniy va aqliy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi
Nonushta qanday bo‘lishi kerak?
Nonushta to‘liq va foydali mahsulotlardan iborat bo‘lishi kerak. Tarkibida protein, uglevod va vitaminlar bo‘lishi muhim.
Taom
tuz bilan, Tuz o‘lchov bilan.
Ovqatlanish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar qanday?
Hozirgi vaqtda ovqatlanish oziqlantiruvchi va tozalovchi sifatida baholanmoqda. Sog‘lom ovqatlanish tartibi doimiy ravishda to‘g‘ri vaqt va miqdorda oziq-ovqat iste’mol qilishni, shuningdek, zararli mahsulotlardan voz kechishni talab qiladi.
Tushlik uchun qanday ovqatlar tavsiya etiladi?
Tushlikda organizmga kerakli energiya beruvchi ovqatlar, ya’ni sabzavotlar, go‘sht, don mahsulotlari va foydali yog‘lar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Suv ichadigan
qudug‘ingga tupurma.
Abu Ali ibn Sino fikriga ko‘ra, inson sog‘lom turmush tarziga erishish uchun qanday odatlarga e’tibor qaratishi kerak?
U ovqatlanish tartibi, ovqat sifati va miqdori, iste’mol vaqti hamda ovqatni hazm qilish jarayoniga asosiy e’tibor qaratishi kerak.
Kechki ovqatni qanday iste’mol qilish maqsadga muvofiq?
Kechki ovqat yengil va kech bo‘lmagan vaqtda iste’mol qilinishi lozim. Proteinga boy, lekin yog‘ miqdori kam bo‘lgan taomlar foydalidir.
Ozdemak
-soz demak, Oz yemak – soz yemak.