Tarbiya darsligi qanday ikki asosiy vazifani bajaradi?
Bilim berish va tarbiyalash.
5–7-sinflarda qanday metodlar qo‘llaniladi?
Hikoya, savol-javob, rolli o‘yinlar
5–7-sinflar darsliklarining asosiy maqsadi nima?
Axloqiy qoidalarni shakllantirish
Darslik matni qanday tilda yozilishi kerak?
Sodda, tushunarli va ravon tilda.
Vatanparvarlik qanday shakllantiriladi?
Vatan haqida tushuncha va qadriyatlar orqali
5–11-sinflar darsliklari qanday tizimni tashkil etadi?
Bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi tizim.
10–11-sinflar darsliklarining asosiy maqsadi nima?
Katta hayotga tayyorlash.
8-9 sinf oʻzuvchilariga tarbiya fanidan asosan qanday metodlar qo‘llaniladi?
Muhokama, tahlil, guruh ishlari.
“O‘zini anglash” nimani anglatadi?
Oʻzini istaklarini, maqsad va vazifalarini tushunish.
8–9-sinflar darsliklarining asosiy maqsadi nima?
Shaxsni rivojlantirish va o‘zini anglash.
Qaysi bosqichda hayotga tayyorgarlik beriladi?
10–11-sinflarda
Fuqarolik pozitsiyasi nima?
Jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglash
"keys-study” metodi nimani anglatadi?
Real vaziyatlarni tahlil qilish usuli
Tanqidiy fikrlash nima?
Mustaqil va tahliliy fikrlash.
Qaysi bosqichlarda o‘zini anglash rivojlantiriladi?
8–9-sinflarda.
Tarbiya fani darsliklariga qoʻyilgan talablar qayerda keltirilgan?
Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilari uchun "Tarbiya" fani konsepsiyasida.
Yakuniy natijada o‘quvchi qanday shaxsga aylanadi?
Ongli va mas’uliyatli fuqaro.
Oila va jamiyat mavzusida nimalar o‘rganiladi?
Nikoh, mas’uliyat, oila roli.
Tarbiya darsligi qanday ko‘nikmalarni rivojlantiradi?
Hayotiy va amaliy ko‘nikmalarni
"Tarbiya” fani qaysi fanlarni birlashtirgan?
“Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dunyo dinlari tarixi”
“Tarbiya” fani qachondan boshlab maktablarda joriy etildi?
2020–2021 o‘quv yilidan (1–9-sinflar), 2021–2022 dan (10–11-sinflar)
Darslikka qo‘yiladigan gigiyenik talablar nimalardan iborat?
matn va illyustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos boʼlishi;
harflarning kattaligi va qogʼozning sifati (ogʼirligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi toʼgʼrisidagi umumiy texnik reglamenti talablariga mos boʼlishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan estetik talablar nimalardan iborat?
belgilangan talablar darajasida yorqin, rangli, chiroyli bezatilgan, zamonaviy dizayniga mos boʼlishi;
matnlar va illyustratsiyalarning uygʼunligi va oʼquvchilar yoshiga mosligi;
boʼlim, bob, mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, ularning mutanosibligi taʼminlanishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan pedagogik-psixologik nimalardan iborat?
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan maʼlumotlar, oʼquvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri inobatga olingan holda, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga hamda amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olish va amaliy faoliyat bilan shugʼullanishga boʼlgan ehtiyojlarini toʼlaqonli qondirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi;
oʼquv fani mavzularining oʼquvchi yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, maʼlum bir faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bogʼliqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
oʼquvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini oʼzlashtirganlik darajasi hisobga olinishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablardan nimalardan iborat?
fan-texnikaning soʼnggi yutuqlarini oʼzida aks ettirishi;
oʼquv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi taʼminlangan boʼlishi;
oʼquv fani mavzulari adabiy til qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda oddiy, sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qilinishi;
Oʼzbekiston xalqining mentalitetiga zid boʼlmagan tegishli illyustratsiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlarning aniq ifodalangan boʼlishi;
oʼquvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar oʼtkazishga oʼrgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan boʼlishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda noaniqlikka yoʼl qoʼyilmasligi;
oʼquvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga yoʼnaltirishga oid matn va rasmlar, izohli lugʼat, texnik ijodkorlik, mantiqiy va innovatsion tafakkurni oʼstirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish topshiriqlarini qamrab olgan boʼlishi lozim.