Tariqatning asosiy maqsadi nima?
Nafsni yengish va qalbni Allohga yaqinlashtirish.
Bahouddin Naqshband yoshligida kimdan tariqat sabog‘i olgan?
Xoja Yusuf Hamadoniy
Kubroviya tariqati asoschising bir qancha kuniyalarini izohlarsiz sanab bering..
Najmiddin,Kubro,Abuljannob,Valiytarosh.
Ahmad Yassaviy qaysi til va uslubda asarlar yozgan?
Turkiy tilda, she’riy uslubda. Uning “Hikmatlar”i mashhur.
Bir murid har kuni murshididan bir dona xurmo olib yeydi. Bir kun murshid hech nima bermaydi. Murid hayron:
— Ustoz, nega bugun xurmo yo‘q?
Murshid kulib:
— Chunki sen endi men emas, xurmoga kelayapsan…
Tariqatga doir o'z hulosangiz bilan davom ettiring...
Tariqatda maqsad – ne’mat emas, ne’mat Egasidir. Talaba murshidning o‘zidan foyda olishni emas, faqat berilayotgan narsani ko‘zlay boshlasa – bu yo‘ldan adashishdir.
Naqshbandiya va Yassaviyya tariqatlari o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Yassaviyya tariqati ochiq zikr va she’rlar orqali xalq ichida tasavvuf tarqatishga urg‘u beradi.
Naqshbandiya esa xufya (yashirin) zikr, jamoa ichida Haq bilan bo‘lish (xilvat dar anjuman)ga asoslanadi.
Naqishbandiya tariqatining asosiy g'yasi nima?
"Dil ba yoru, dast ba kor” — ya’ni:
“Qalb Alloh bilan bo‘lsin, qo‘l esa ishda bo‘lsin.”
Shuningdek, “Xilvat dar anjuman” — ya’ni jamoa orasida bo‘lib ham, qalban Alloh bilan yakka qolish holati — Naqshbandiyaning asosiy g‘oyasidir.
Abdurahmon Jomey Najmiddin Kubroga qanday kuniya bergan?
Tummatul Kubaro
Ahmad Yassaviy qaachondan boshlab yer ostida yashagan?
63 yoshga yetgach, Payg‘ambar (s.a.v.) yoshidan oshmaslik uchun yer ostidagi chillaxonada umrini davom ettirgan.
(Muslim rivoyati)dan kelgan hadisni davom ettiring..
Poklik – ...
“Poklik – iymonning yarmi.”
Tasavvufning ilk nazariyasi ishlab chiqilgan hududda qaysi tariqaat keng tarqalgan?
Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq(Kalabody)tomonidan Buxoroda ishlab chiqilgan va bu hududda Naqsshbandiya tariqati keng tarqalgan.
Naqshbandiylik qaysi mintaqalarda keng tarqalgan?
Markaziy Osiyo, Turkiya, Hindiston, Afg‘oniston, Eron va boshqa o‘lkalarda.
Kubroviyyada tarbiya usuli qanday?
Muridning ichki olamiga etibor qaratgan.
Ahmad Yassaviy o‘zining tariqat usullarini qanday qilib xalq orasida keng yoydi?
U “Hikmat” nomli she’riy asarlari orqali tasavvufiy g‘oyalarni sodda tilda bayon qilgan. Shu orqali Yassaviyya tariqati keng tarqaldi.
Creativ yondashuv🧠
Bir murid doim murshidining yonida zikr qiladi.
Bir kuni murshid unga bitta savol berdi:
— Telefoningda internet bor, lekin wi-fi yo‘q. U bilan onlayn kirib bo‘ladimi?
Murid dedi:
— Yo‘q, ulanmasdan internet ishlamaydi.
Murshid kulib dedi:
— Xuddi shunday, zikr tilda bo‘lishi mumkin, lekin qalb wi-fi’si yo‘q bo‘lsa — Haqqa ulanmaydi.
Naqishbandiya tariqatidan kelib chiqqan holda hulosa qiling..
Naqshbandiya zikri — xufya, yurakdan yurakka bo‘ladi. Tildan ko‘ra, qalbning ulangan holati muhimroqdir.
Tariqat shariat bilan qanday bog‘liq?
Tariqat shariat ichida yuradi va uning ruhiy tomonini o‘rgatadi.
Naqshbandiylikdagi “hush dar dam” tamoyilining chuqur tasavvufiy ma’nosi nima?
“Hush dar dam” — ya’ni har nafasda hushyorlik, ya’ni murid nafas olib-yoyish paytida ham Allohni unutmasligi kerak.
Bu — vaqtni bekor o‘tkazmaslik, har bir damda Alloh bilan aloqada bo‘lish kerak.
Kubroviyya tariqati tarqalgan hududlar.
Xorazm,Xuroson,Movaraunnahr.
Ahmad Yassaviy o‘z tariqatida ilm va amal muvozanatini qanday saqlagan?
U ilmni amal bilan tasdiqlashga urg‘u bergan: “Ilm amalsiz bo‘lsa, u zolimga o‘xshaydi” degan fikrda bo‘lgan.
Murshid muridga ko‘zgu tutdi va dedi:
— Ko‘zguda nimani ko‘rasan?
Murid:
— O‘zimni.
Murshid:
— Endi ko‘zguni art va yana qaragin.
Murid:
— Endi o‘zimni aniqroq ko‘ryapman.
Murshid dedi:
— Kubroviyalik — qalb ko‘zgusini aritishdir. Qalb toza bo‘lsa, Haqni tiniq ko‘rasan.
Kubroviyalikdan kelib chiqqan holda o'z hulosangizni ayting!
Kubroviylar “tajalli” (ya’ni ilohiy nurning qalbda namoyon bo‘lishi)ga urg‘u beradi. Bu — qalbni tozalab, Allohni qalbda aks ettirish yo‘li.
Tariqatda “suluk” nima?
Suluk — muridning murshid yo‘lida yurishi, odob va amal bajarishi.
Naqshbandiyadagi eng mashhur kitoblardan biri qaysi?
“Maqolot” (Bahouddin Naqshbandning asarlari) va “Futuh al-G'ayb” (Ismoil al-Xurshidiy)
Kubroviylikdagi usuli asharani sanab bering.
1.Tavba,2.Zuhd fid dunyo,3.Tavakkul alolloh,4.Qanoat,5.Uzlat,6.Tavajjud ilalloh,7.Sabr,8.Muroqaba,9.Mulozmatul zikr,10.Rizo.
Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”ini yozishda qanday tasavvufiy manbalarga asoslangan?
“Hikmatlar”da Qur’on va Hadis asosida Yusuf Hamadoniy maktabi, Hasan Basriy, Junayd Bag‘dodiy kabi sofilarning ruhiy qarashlari aks etgan.
Ahli guruppa uchun maxsus!!!
Bir murid doim o‘zidan boshqalarni gunohkor, o‘zini esa pok ko‘radi.
Murshid unga bir lagan suv beradi:
— Shuni to‘kmasdan bozorga borib kel.
U shunday qiladi.
Murshid so‘raydi:
— Yo‘lda kim nima qildi, esladingmi?
Murid aytadi:
— Yo‘q, faqat suvni to‘kmaslikka qaradim.
Murshid jilmayib:
— Hayot yo‘ling ham shunday bo‘lsin: o‘z qalbingdagi suvni to‘kmaslikka harakat qil. Boshqalarning xatosi seni chalg‘itmasin.
Javob emas Hulosa shuki:Tariqat yo'li o‘zini isloh qilish yo‘lidir, boshqalarni hukm qilish emas.
Hayot yo'limiz ham shunday aslida!Nimanidir anglab yetish va Allohing roziligaga erishish uchun zulmatga,yo'lg'izlikka cho'mgan holda tarki dunyo qilish emas shunchaki (bir chimdin insoniylik,ozroq tafakkur va Alloh qalb ko'zimizni ochishi uchun umid va ishonch ila qilingan duo kifoya!)do'stlarim!
Hech bir yaralmish ko'ringani kabi emas!Ko'ringani kabi bo'lgani,asli emas!Hamma kabi bo'lishdan qochaylik!Takrorlanmas bo'lish hammaga ham emas.Chunki..
Alloh bizni shunchaki yaratmadi,Shunchaki yashashni o'zimiz uchun odat qilib oldik.
Endi kech degan vaqtimiz,O'zgarishning(Yuksalishning)ayni payti!!!