Yomonlikka boshlovchi nafs?
Nafsi ammora
Xotirjam nafs - bu...?
Nafsi mutmainna
Malomatgo'y nafsi - bu...
Nafsi lavvoma
Nafsning 5-darajasi qaysi?
Nafsi roziya
Nafsning 3-darajasi ... ?
Nafsi mulhima
"Maqom" nima?
Maqom – bu manzil bo’lib, solik safar chog’ida dam olib oladigan, so’ngra Yanada yuksakroq maqomlarga intiladigan joy.
Muroqaba – nima?
dunyoviy har qanday narsadan uzoqlashish va butun vujud bilan Allohda jamlanishdir
"Hol"ga ta'rif bering.
Ahvol, holat, vaziyat, ayni paytda vaqt, zamon. Muayyan damda tug’ilib, so’ng o’tib ketayotgan his-tuyg’u, hayajon, ehtiros, shavq, zuhur, vajd, haybat, huzur kabi hollardir. Hol haq tuhfasi va hadyasi erur. Shuning uchun hol insonning irodasi va harakatiga tobe emas.
Nafsi ammorada "Maslou ehtiyojlar piramidasi" dagi qaysi ehtiyojlar ustunlik qiladi?
Biologik va xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojlar
Ruhiy safar chog'ida soliq nechta martabaga ko'tariladi?
4 ta
Imom G'azzoliy nafsni qaysi hayvonlarga o'xshatgan?
Cho'chqa va itlarga
Qaysi maqomda na Ego qoladi, na alohida “Men” qoladi, balki solik o’z qalbida Allohning tajallisini ko’radi?
Nafsi komila
Alloh (j.j.) uning sohibiga ilm, tavoze’, qanoat va mardlikni ilhom etgan. Bu nafs sabr, tahammul va Shukrning bulog'idir (Al Jazariy). ushbu ta'rif nafsning qaysi bosqichi haqida aytilgan?
Nafsi mulhima
“Yaqiyn” martabalaridan “haqqal yaqiyn” martabasi qaysi bosqichga xos hisoblanadi?
Nafsi marziya
Nafsi mulhimada "Maslou ehtiyojlar piramidasi" dagi qaysi ehtiyojlar ustunlik qiladi?
o’zini o’zi aktuallashtirishga (samoaktualizatsiya) nisbatan ehtiyoj
Nafs darajalarini tartib bilan aytib bering.
1. nafsi ammora
2. nafsi lavvoma
3. nafsi mulhima
4. mutmainna
5. nafsi roziya
6. nafsi komila
Ruh maqomlarini o’sib borish tartibida aytib bering.
1. Maqom an-Nafs – egotizm manzili.
2. Maqom al-Qalb – qalb manzili.
3. Maqom ar-Ruh – sof ruh manzili.
4. Maqom as-Sirr – ilohiy sirlar manzili.
5. Maqom al-Qurb – Allohga yaqinlik manzili.
6. Maqom al-Visol–visol (yetishish) manzili
Ruhiy safar chog'idagi 4 ta martabalar nomini ayting.
1. Sayr illalloh martabasi (Alloh tomonga sayr).
2. Sayri filloh (Alloh olamiga sayr).
3. Sayr ma’olloh (Alloh bilan sayr).
4. Sayr anilloh (Allohdan sayr).
Kashf - nima?
His va aql yo’li bilan idrok etish mumkin bo’lmagan haqiqatlarni qalb ko’zi bilan ko’rish
"Uns" qanday hol hisoblanadi?
Uns - bu sevuvchi (Oshiq)ning seviluvchi (Ma’Shuq)dan rozi bo’lishidir
Tasavvufiy Hol lar nomini aytib bering.
xavf, rajo, huzun, muroqaba, ubudiyat, istiqomat, sidq, hayo, hurriyat
Muroqaba nechta yo’nalishda amalga oshiriladi va ular qaysilar?
Ikki yo'nalishda: Allohdan yaratilgan olamga qarab va yaratilgan olamdan Allohga qarab
Najmiddin Kubro bo'yicha maqomlar tartibotini aytib bering.
1.Tavba. 2. Zuhd. 3. Allohga tavakkul. 4. Qanoat. 5. Uzlat. 6. Doimiy zikr. 7. Tavajjuh.k. 8. Sabr. 9. Muroqaba. 10. Rizo.
Insonda necha xil nafs mavjud va ular qaysilar?
1. Tabiiy nafs - jismdagi zarrachalarning aralashmasligini ta’minlaydi.
2. Nabotiy nafs – badanning o’sib-ulg’ayishi, hazm faoliyati va hakazo biologik funksiyalarni ta’minlaydi.
3. Hayvoniy nafs insondagi his-harakatlarning manbai bo’lib, sezgi organlari bu nafsning xizmatini qiladilar.
4. Insoniy nafs Yoki “Nafsi notiqa” - Parvardigorning amridan bo’lgan bu nafs - badandan ayri, mujarrad - tanho, yolg’iz bir gavhar bo’lib, inson badanining asl sultonidir.
Holning bosqichlarini aytib bering
1. Qurb. 2. Muhabbat. 3. SHavq. 4. Uns. 5. Mujohada. 6. MuShohada. 7. Mukoshafa