"Zikr" so'zining lug'aviy va tasavvuf istilohidahi ma'nosi nima?
"Yodga olish, eslash", "Hudoni yodga olish bilan bog'liq asosiy marosim"
Allohni zikr qilishga chaqirilgan Qur'on oyatlaridan misol ayting.
"Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting". (Muzammil, 8)
"Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman". (Baqara, 152)
Tik turgan holda zikr tushadigan va o'tirib zikr qiladigan tariqat qaysi?
Qodiriya tik turib, Naqshbandiya o'tirib
Ovoz chiqarib zikr qiluvchi tariqat qaysi?
Xilvatiya
Shayx nimalarga muvofiq murid uchun yolg'iz zikrni va vazifalarni belgilaydi va murid qilgan zikriga nima deb aytiladi?
Muridning kechinmalari, o'y-fikrlari va ko'rayotgan tushlariga muvofiq.
"Vird", "Avrod"
Musiqa jo'rligida, tik turgan holda aylanib ado etiladigan zikr turi qaysi va u qaysi tariqatda ko'proq tarqalgan?
Samo'
Mavlaviy
Naqshbandiya tariqati qaysi tur zikrni amalga oshiriladi va unda nimalar o'qiladi?
Xatmi Xojagon
Istig'for bilan boshlanib, "Fotiha", "Sharh", "Ixlos" suralari, salovatlar muayyan sanoqda o'qiladi
Hilvatiylar zikri qanday amalga oshiriladi va u nima deb aytiladi?
Aylana o'tirgan holda, yengil qimirlab amalga oshirladi.
Darbi asmo deb aytiladi
Rifoiylar qaysi zikr qilishning qaysi turiga kiradi va u zikr turi qanday bajariladi?
Zikri qiyom. Tik turgan holda ovoz chiqarib.
Qodiriylar zikrni qanday amalga oshirishadi va u zikr turi nima deb aytiladi?
Tik turib va aylanib bajariladi. Davron deb aytiladi
Jamoaviy zikrlardan qaysilari ulamolarning tanqidlariga uchragan?
"Samo' " va "Davron"
Samo' O'rta va Yaqin Sharqda keng tarqalgan qaysi tariqatlarda zikrning asosiy ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi?
Qodiriya, mavlaviya, rifoiya, bayyumiya, iysaviya, badaviya, chishtiya, suhravardiya, sa'diya kabi
"Silsila"ning lug'aviy va tasavvuf istilohidagi ma'nolarini ayting.
"Zanjir", "Xalqalar"
"Ma'naviy vorisiylik shajarasi; tariqatdagi o'ziga xos ta'lim va amaliyot (zikr turlari), turmush tarzini keyingilarga yetkazuvchi shaxslarning ma'naviy-uzviy zanjiri".
Kubroviya tariqati kimlar orqali Payg‘ambar (a.s)ga bog'lanadi?
Umar (r.a) va Uvays Qaraniy
Naqshbandiya tariqatida tariqat asoschisigacha bo'lgan qism nima deyiladi(1) va Muhammad (a.s) gacha bo'lgan qism nima deb yuritiladi(2).
1. Silsilatut tarbiya
2. Silsilatuz zahab
Xonaqoh musulmon mamlakatlarida yana qanday nomlar bilan aytiladi?
Zoviya, takya, rabot
Birinchi xonaqoh qayerda va qachon bunyod etilgan?
Falastindagi Ramla shahrida VIII asr oxirlarida
Xonaqoh tizimini tanqid qilib, uni tilanchilikka qiyos qilgan mashhur sufiy kim?
Abu Turob Naxshabiy
"Salohiyya xonaqosi"ga kim tomonidan, qayerda va qachon asos solingan?
Salohiddin Ayyubiy, Misrda, 1173-yilda
Zoviyalar asosan qaysi hududlarda keng tarqalgan va qaysi asrlarda zoviyalarning ahamiyati ortib, ular ayrim tariqatlarning tashkiliy va iqtisodiy markazlariga aylangan?
Shimoliy Afrika va Andalusiya
XII-XIV asrlarda
Ibn Battuta qaysi asarida Movarounnahrga qilgan sayohati davomida 50 dan ortiq zoviyaga tushgani haqida aytadi? (Asarning 2ta nomini ham ayting)
Safarnoma nomi bilan taniqli "Tuhfat an-nuzzor"
Zoviya- xonaqoh ga ribotlardan nimasi bilan farq qiladi?
Hajmining kichikroq bo'lishi va aksar hollarda uzlatni ixtiyor qilgan shayxlar huzurida bo'lishi bilan.
...... shaxyga bay'at qilish va taslim bo'lishni bildiradi.
Xirqa kiyish
Keyingi davr adabiyotlarida xirqaning turlari detallashtirilgan bo'lib, ular qaysilar?
Xirqai iroda yoki xirqai asl;
Xirqai tabarruk yoki xirqai tashabbuh;
Xirqai tarbiya yoki xirqai hidoya;
Xirqai suhbat;
Xirqai ta'lim.
Xirqai suhbat kimlarga berilgan?
Tariqatda o'zi mustaqil faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan muridga beriladi.