Taxrij soʻzining maʼnolari
Tarxir ilmining ahamiyati
Taxrijning tarixi va manbalari
Taxrij manbalari va yoʻllari
Aralash
100

“hadisning darajasini bayon qilish” nima degani

uning sahih, zaif yoki toʻqima ekanini aniqlab berish demakdir

100

“Taxrij” ilmini bilish nega muhim hisoblanadi

Chunki, u hadisning asl manbalardagi joyini koʻrsatadi (agar u haqiqatan ham aslga ega boʻlsa), yoki agar hech qanday manbaga ega boʻlmasa, u holda Rasululloh (s.a.v.)ga tuhmat qilib chiqarilgan mavzu (uydirma) hadis ekanini namoyon qiladi. Hadis manbasi aniqlanganidan soʻng, taxrij ilmi hadisning darajasi va qabul yoki rad qilinishi nuqtayi nazaridan uning turini ham belgilaydi.

100

Nima sababdan hadis ilmi rivojlangan davrda yashagan ulamolar va muhaqqiqlar «taxrij asoslari» deb nomlangan qoidalarni bilishga ehtiyoj sezmaganlar

Chunki ular hadis va u bilan bogʻliq ilmlarni puxta bilganliklari sababli, hukm chiqarishda yoki dalil keltirishda biror hadisga muhtoj boʻlsalar, bu hadis qayerda, qaysi kitobda, hatto qaysi juzda joylashganini osonlik bilan eslab olar edilar. 

100

Taxrij ilmining asosiy uchinchi manba qaysi

hadis ilmidan boshqa: tafsir, fiqh va tarix sohasida yozilgan asarlar. Bu asarlar mustaqil oʻlaroq hadisga taalluqli emas, lekin, baʼzi oʻrinlarda hadislar sanadi bilan birga yozilgan yoki hadisning ishonchlilik darajasiga doir maʼlumotlar berilgan boʻladi

100

Taxrij soʻzining oʻzagi

(x, r, j) boʻlib, ikkinchi bob feʼlining masdari hisoblanadi. U lugʻatda“ikki bir-biriga qarama-qarshi ishni bir narsada jamlash”, “chiqarib yuborish”, “roʻyxatdan oʻchirish”, “tayyorlash, taʼlim berish”, “tarbiya berish”, “tushuntirish, sharhlash”, “tanlangan hadislar kiritilgan toʻplam” maʼnolarini anglatadi.

200

Taxrij 3 ta istilohiy ma'nosi

1. “Ixroj” soʻzining sinonimi, yaʼni chiqarish boʻlib, odamlarga hadisni chiqish joyini zikr qilib koʻrsatishga aytiladi.

2. Hadisni kitoblar ichidan chiqarib, rivoyat qilish

3. Hadisning asl manbasiga dalolat qilish, yaʼni asl manbasiga nisbat berish

200

Yazid ismi baʼzi isnodlarda mubham shaklida kelgan. “Taxrij” natijasida u kim ekanligi aniq bo‘lib chiqdimi?

ibn Abu Habib ekani aniq boʻldi

200

Ikkinchi darajali asl manbalar

Muhammad ibn Futuh Humaydiyning “al-Jomeʼ bayn as-Sahihayn” va “al-Atrof”

200

“Nasb ar-roya li ahadis al-Hidoya” asari hofiz Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Zaylaiy Hanafiy tomonidan yozilgan boʻlib, muallif kimning kitobida hujjat sifatida keltirgan hadislarni taxrij qilgan

Ali ibn Abu Bakr Margʻinoniy Hanafiyning “al- Hidoya”

200

Abdulloh ibn Amrdan kelgan rivoyatni aytib bering

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: “Islomda qaysi amal yaxshiroq?”, deb soʻradi. Rasululloh: “Taom bermogʻing va tanish-notanishga salom bermogʻing”, dedilar

300

Asliy manba hisoblanmaydigan kitoblar

• faqat hukmlarga oid hadislarni jamlagan kitoblar. Masalan, Hofiz Ibn Hajar Asqaloniyning «Bulugʻal-marom min adillatal-ahkom»i.

• hadislar alifbo tarzida tartiblangan hadislar toʻplamlari. Masalan, Jaloliddin Suyutiyning «al-Jomeʼ as-sagʻir»i.

• hadislar turli mezonlar bilan jamlangan boshqa kitoblar. Masalan, Imom Navaviyning «Arbain», «Riyoz as-solihin»lari va boshqalar.

300

"Taxrij" ilmining ahamiyatini aytib bering

1) Hadisning isnodlari bilan rivoyat qilingan asl manbalardagi oʻrnini bilish;

2) Hadis roviylarini bilish va ularning “jarh va taʼdil”dagi darajalarini farqlash;

3) Hadis rivoyat qilingan barcha isnodlarni yigʻish va isnod zanjirlari soni jihatidan uning turini bilish, yaʼni u mutavotirmi, mashhurmi, azizmi yoki gʻaribmi;

4) Hadisning kuchli yoki zaifligini, qabul yoki rad etilish darajasini aniqlash. Shuningdek, muhaddislarning ayni rivoyatga bergan baholarini qiyoslash;

5) Hadis holatlarini va turlarini, isnod yoki matnga bogʻliq sifatlar asosida bilish. Shuningdek, isnodning muttasilligi, undagi uzilish holatlarini (mursal, tadlis) bilish. Shuningdek, matndagi ziyoda, idroj, xatolik, shozzlik, maʼno bilan rivoyat qilish kabilarni ham bilish mumkin. Bular ham matn, ham isnodga taʼsir qiluvchi illatlardandir;

6) Hadis isnodi yoki matnidagi mubham ismni aniqlash. Agar mubham isnodda boʻlib, hadis shu sababli zaif boʻlsa va mubham shaxs ishonchli boʻlsa, u holda zaiflik bartaraf etiladi. Agar mubhamlik matnda boʻlsa, unda foyda kamroq. Shuningdek, bu ishonsiz va ishonchli roviylar ismlari oʻxshash boʻlganda farqlashda yordam beradi;

7) Koʻp rivoyat qilgan roviylarni kam rivoyat qilganlardan farqlash — bu roviyning ustozlari, rivoyatlar soni, faqat oʻzi rivoyat qilgan hadis holatlari va ularning shoz yoki munkarlik sifatida baholanishini bilish bilan aniqlanadi;

8) Oldingi va keyingi rivoyatlarni farqlash, hadisning nosix va mansuxini bilish.

300

Muhaddis hadisni taxrij qilayotganda asosiy qoidasi nima

roviy, kitob, bob, juz, sahifa, hadis raqami va nashr nomini aniq bayon qilish

300

Agar hadis ikki “Sahih”da yoki ikkisidan birida yoki boshqa hadislari ishonchliligi bilan tanilgan biror muhaddisning kitobidan topiladigan boʻlsa, uning darajasini aytib oʻtirishga hojat yoʻq. Bunga misol alloma Suyutiy “al-Jome al-kabir”ning muqaddimasida nima deydi

“Buxoriyga (خ), Muslimga (م), Ibn Hibbonga (حب), Hokimga (ك), Ziyo Maqdisiyga “al-Muxtor” uchun (ض) belgisini qoʻydim. Bu beshovidagining barchasi sahih. Ularga bogʻliq boʻlganlar sahihligi bilan maʼlum, biroq “al-Mustadrak”dagilarni diqqat bilan oʻrganish va eʼtibor qaratish lozim.


300

Nechchinchi asrda fiqh, tasavvuf, tarix, adabiyot manbalarida hadislarni sanadsiz keltirish anʼanasi shakllandi

IV-VI/X-XII

400

Mahmud Tahhon “taxrij” borasidagi fikrlari

asosiy sabablardan biri odamlar hadislarning manbalari koʻrsatib berilishiga muhtoj boʻlgani hisoblanadi

400

Abdulloh ibn Amrdan kelgan rivoyatni qaysi muhaddis uni  “muttafaqun alayh” darajasiga olib chiqgan

Imom Muslim

400

hofiz Zayniddin Iroqiy taxrij ilmining paydo bo‘lishiga nima deydilar

“Oldingi ulamolarning odati, oʻz asarlariga kiritgan hadislar haqida, (bu) hadislar kimlarning asarlariga kiritilgani, ularning sahih yoki zaif ekanini aytmasdan, sukut saqlash edi. Hatto hadis imomlaridan boʻlsa ham, keltirgan hadisining manbasini ochiq aytish holati juda kam uchrar edi. Navaviy oʻz davrida bu masalalarni, yaʼni, hadislar kimning asarida borligini, sahihlik va zaiflik darajalarini bayon qildi”.


400

Taxrij asarlarni mavzulariga koʻra qaysi guruhlarga ajratiladi

1) Aqoid ilmiga doir taxrij asarlar

2) Hadis ilmiga doir

3) Usul al-fiqhga doir 

4) Fiqh ilmiga doir

5) Tasavvuf va axloqqa doir

6) Lugʻat va nahvga doir

400

Taxrij asarlar uchun asosiy manba sifatida qabul qilinadigan birinchi darajali kitoblar

imom Buxoriy va Muslimlarning “as-Sahih”lari, imom Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Mojalarning “as-Sunan”lari, musnadlar, imom Molikning “al-Muvatto”si, Hokim Naysaburiyning “al-Mustadrak”, Abdurazzoq ibn Humomning “al-Musannaf” asarlaridir

500

Munoviy oʻzining “Fayz al-qodir”ida, Suyutiyning “Taxrijni tahrir qilishda shijoat koʻrsatdim” degan gapiga sharh berar ekan, shunda u nima deydi?

«Yaʼni hadislarning mualliflariga nisbatini aniqlashda qattiq izlanish qildim. Faqatgina ishonchli mualliflarga nisbat berdim, hatto u mufassir boʻlsa ham yetarli deb hisoblamadim»

500

 “Kutubu sitta” mualliflaridan kimlar hadisning isnod va matnida ittifoq qilganlar

Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Nasoiy

500

muhaddis Hozimiy kimning asaridagi hadislarni taxrij qiladi

Abu Isʼhoq Sheroziyning shofeiy fiqhiga doir “al-Muhazzab”

500

Ulamolar taxrijning 5 ta usuli mavjudligini qayd qilganlar. Ular qaysilar

1. Hadis roviysi boʻlgan sahobiyni bilish orqali taxrij qilish.

2. Hadis matnining birinchi soʻzidan foydalanib taxrij qilish.

3. Matnning istalgan qismidagi gʻarib (kamyob) yoki diqqatga sazovor soʻz orqali taxrij qilish.

4. Hadis mavzusi yoki bir nechta mavzularidan kelib chiqib taxrij qilish.

5. Hadisning matn va sanadidagi oʻziga xos xususiyatlardan foydalanib taxrij qilish.

500

“asl manbalar” deganda qaysi kitoblar nazarda tutiladi

1. Hadislar mualliflari tomonidan ustozlaridan ishonchli sanad orqali Paygʻambar (s.a.v.)ga yetkazgan kitoblar. Masalan: «Kutubisitta», Imom Molikning «Muvatto»si, Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»i, Hokimning «Mustadrak»i, Abdurazzoqning «Musannaf»i va boshqalar.
2. Birinchi bandda zikr qilingan kitoblarga bogʻliq ravishda yozilgan “sunan” kitoblari. Ushbu tur manbalarda orasida yuqoridagi kitoblardan bir nechtasidagi hadislar jamlagan kitoblar, xususan, Humaydiyning «al-Jamʼubaynaas-sahihayn» kabilar mavjud.
3. Boshqa fan sohalariga doir manbalar. Masalan, tafsir, fiqh yoki tarixga oid manbalarda ham hadislar keltirilgan boʻladi.

M
e
n
u