Qaysi ilmda hadisning manbalardagi oʻrni, roviylari, rivoyat yoʻllari kabi masalalar oʻrganiladi?
“Ilm at-taxrij”
Mavzu nomi nima?
TAXRIJ ILMINING NAZARIY ASOSLARI
Taxrij soʻzi lugʻatda qanday maʼnolarini anglatadi?
ikki bir-biriga qarama-qarshi ishni bir narsada jamlash”, “chiqarib yuborish”, “roʻyxatdan oʻchirish”, “tayyorlash, taʼlim berish”, “tarbiya berish”, “tushuntirish, sharhlash”, “tanlangan hadislar kiritilgan toʻplam” maʼnolarini anglatadi.
Istilohda taxrij nechta maʼnoga ega:
3ta
.......... «Fathul-mugʻis»da: «Taxrij – muhaddisning hadislarni juzlar, mashiyxalar, kitoblar va shular kabidan chiqarib olishdir va uni oʻzidan yoki shayxidan yoki yaqinidan (aqron) yoki shu kabilardan rivoyat qilib va uni kitob va toʻplamlarga nisbat berishidir».
Imom Saxoviy
«Tazkira al-huffoz» muallifi kim?
Zahabiy
Taxrijning istilohiy taʼrifi qanday?
Taxrij — hadisning isnod bilan rivoyat qilingan asl manbadagi oʻrnini koʻrsatishdir. Shuningdek, zarur oʻrinlarda uning hukmi va darajasini ham bayon qilishdir
“hadisning oʻrnini koʻrsatish” deganda uning qaysi ............. tushuniladi.
muhaddisning qaysi kitobida kelganini bayon qilish
«Tuhfa al-ashrof bi maʼrifa al-atrof» asari muallifi kim?
Hofiz Mizziy
Asliy manba hisoblanmaydigan kitoblarga quyidagilar kiradi:
• faqat hukmlarga oid hadislarni jamlagan kitoblar.
• hadislar alifbo tarzida tartiblangan hadislar toʻplamlari.
• hadislar turli mezonlar bilan jamlangan boshqa kitoblar.
“hadisning darajasini bayon qilish” degani .....................demakdir.
uning sahih, zaif yoki toʻqima ekanini aniqlab berish
.............dan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: “Islomda qaysi amal yaxshiroq?”, deb soʻradi. Rasululloh: “Taom bermogʻing va tanish-notanishga salom bermogʻing”, dedilar.
Abdulloh ibn Amr
Nechanchi asrlar fiqh, tasavvuf, tarix, adabiyot manbalarida hadislarni sanadsiz keltirish anʼanasi shakllandi?
IV-VI/X-XII
Taxrij ilmining paydo boʻlishi haqida ............shunday deydi: “Oldingi ulamolarning odati, oʻz asarlariga kiritgan hadislar haqida, (bu) hadislar kimlarning asarlariga kiritilgani, ularning sahih yoki zaif ekanini aytmasdan, sukut saqlash edi. Hatto hadis imomlaridan boʻlsa ham, keltirgan hadisining manbasini ochiq aytish holati juda kam uchrar edi. Navaviy (vaf. 676/1277-y.) oʻz davrida bu masalalarni, yaʼni, hadislar kimning asarida borligini, sahihlik va zaiflik darajalarini bayon qildi”.
Hofiz Zayniddin Iroqiy (vaf. 806/1403- y.)
“al-Favoid almuntaxoba as-sihoh va-l-gʻaroib” asari muallifi kim?
Abu Qosim Mihrovaniy
Kim Abu Isʼhoq Sheroziyning shofeiy fiqhiga doir “al-Muhazzab” asaridagi hadislarni taxrij qilgan?
muhaddis Hozimiy
Taxrij ilmidagi asosiy unsur ................. koʻrsatishdir.
hadisning asl manbasini, uning sanadini yoki roviysini va hadisning ishonchlilik darajasini
Muhaddis hadisni taxrij qilayotganda albatta, nimalarni aniq bayon qilishi kerak boʻlib, bu umumiy qoida hisoblanadi.
roviy, kitob, bob, juz, sahifa, hadis raqami va nashr nomini
Taxrij asarlar uchun asosiy manba sifatida qabul qilinadigan birinchi daraja kitoblari qaysilar?
imom Buxoriy va Muslimlarning “as-Sahih”lari, imom Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Mojalarning “as-Sunan”lari, musnadlar, imom Molik ning “al-Muvatto”si, Hokim Naysaburiyning “alMustadrak”, Abdurazzoq ibn Humomning “al-Musannaf” asarlaridir.
Ikkinchi darajada qaysi kitoblar turadi?
1-guruhda sanalgan asarlarga ergashuvchi sunan asarlari. Muhammad ibn Futuh Humaydiyning “al-Jomeʼ bayn asSahihayn” va “al-Atrof” kitoblari shular jumlasidandir.
Uchinchi darajada qaysi asarlar?
hadis ilmidan boshqa: tafsir, fiqh va tarix sohasida yozilgan asarlar.
Shihobiddin Qastalloniyning “al-Mavohibu-l-laduniya” asari .........ga doir manba hisoblanadi.
siyrat
“Buxoriyga (خ(, Muslimga ( م(, Ibn Hibbonga (حب(, Hokimga (ك(, Ziyo Maqdisiyga “al-Muxtor” uchun ( ض (belgisini qoʻydim. Bu beshovidagining barchasi sahih. Ularga bogʻliq boʻlganlar sahihligi bilan maʼlum, biroq “al-Mustadrak”dagilarni diqqat bilan oʻrganish va eʼtibor qaratish lozim. Ushbu fikrni kim aytgan?
alloma Suyutiy “al-Jome al-kabir”ning muqaddimasida
Taxrij asarlarni mavzulariga koʻra qanday guruhlarga ajratiladi?
Aqoid ilmiga doir, hadis ilmiga doir, usul al-fiqhga doir, fiqh ilmiga doir, tasavvuf va axloqqa doir, lugʻat va nahvga doir asarlar
Ulamolar taxrijning nechta usuli mavjudligini qayd qilganlar. va ular qaysilar?
1. Hadis roviysi boʻlgan sahobiyni bilish orqali taxrij qilish.
2. Hadis matnining birinchi soʻzidan foydalanib taxrij qilish.
3. Matnning istalgan qismidagi gʻarib (kamyob) yoki diqqatga sazovor soʻz orqali taxrij qilish.
4. Hadis mavzusi yoki bir nechta mavzularidan kelib chiqib taxrij qilish.
5. Hadisning matn va sanadidagi oʻziga xos xususiyatlardan foydalanib taxrij qilish.