Sahoba ismi orqali taxrij qilish
Hadis matnidagi birinchi so’z orqali
Matndagi istalgan so‘z yoki gʻarib (kamyob) soʻz orqali
Hadislarni mavzusi bo’yicha
Matn va sanadning xususiyatiga qarab
100

Anasdan rivoyat qilingan quyidagi hadisni qaysi olim qaysi asarida keltiradi va bunday deydi: Bizga Affon rivoyat qildi, u: bizga Muborak rivoyat qildi, u dedi: Menga Ismoil ibn Abdulloh ibn Abu Talha Ansoriy rivoyat qildi, u dedi: Anas ibn Molikdan eshitdim, u shunday dedi: “Men Rasululloh (s.a.v.)ning xushboʻy narsa taqdim qilinganda biror marta rad etganlarini koʻrmadim”.

Imom Ahmad ibn Hanbal oʻzining “Musnad”ida

100

Hadis matnining birinchi soʻzidan foydalanib taxrij qilishning qanday turlari bor?

A) Xalq orasida keng tarqalgan hadislar jamlangan kitoblar.

B) Alifbo tartibda tuzilgan hadis toʻplamlari.

D) Maxsus kitoblar uchun tayyorlangan fihrist va mundarijalar.

100

Qaysi kitob Muhammad (s.a.v.) hadislaridagi soʻz va iboralarning lugʻat tarzidagi koʻrsatkichi boʻlib, “kutubi tisʼa” asosida tuzilgan.

 “al-Muʼjam al-mufahris li-alfoz al-hadis an-nabaviy”

100

Hadislarni mavzusi boʻyicha taxrij qilishda foydalaniladigan manbalarni necha guruhga bo’linadi va ular qanday?

Hadislarni mavzusi boʻyicha taxrid qilishda foydalaniladigan manbalarni uch guruhga boʻlish mumkin:

1. Barcha mavzulardagi hadislarni qamrab olgan toʻplamlar. Bunday manbalar qatoriga jomeʼlar, jomeʼlar asosidagi mustaxrajlar, mustadraklar, majomiʼlar, zavoid toʻplamlari hamda “Miftoh kunuz as-sunna” kitobi kiradi.

2. Aksar mavzularni qamrab olgan toʻplamlar. Bunday toʻplamlar qatoriga sunanlar, musannaflar, muvattolar, sunan toʻplamlari mustaxrajlari kiradi.

3. Alohida bir mavzuga bagʻishlangan toʻplamlar. Bunday toʻplamlarga juz, targʻib va tarhib, zuhd, fazilat, odob va axloq haqidagi kitoblar, ahkom va boshqa fan sohalari mavzulariga doir toʻplamlari, taxrij toʻplamlari, hadis sharhlari kiritiladi.

100

Matn va sanadning xususiyatlari qaysi usul orqali yuzaga keldi.

Mavzusiga qarab

200

Sahobiyni bilish orqali taxrij qilishga asosiy manbalar qaysilar?

Musnad,mu’jam,tarix ar-rijol

200

Xalq orasida keng tarqalgan hadislar jamlangan kitoblar ulardagi avvalgi soʻzning alifbodagi oʻrni boʻyicha tartiblangan. Bu mavzudagi mashhur kitoblarni sanang.

• Badriddin Muhammad ibn Abdulloh Zarkashiy (vaf. 794 h.)ning “At-Tazkira fi al-ahodis al-mushtahira”

• Jaloliddin Abdurahmon Suyutiy (vaf. 911 h.)ning “Ad-Durr al-muntasira fi al-ahodis al-mushtahira”

• Ibn Hajar Asqaloniy (vafoti: 852 h.)ning “al-Laoliy al-mansura fi al-ahodis al-mashhura mimmo alifahu at-tabʼu va laysa lahu aslun fiy ash-sharʼi”

• Muhammad ibn Abdurahmon Saxoviy (vaf. 902 h.)ning “al-Maqosid al-hasana fi bayoni kasir min al-ahodis al-mashhura ala al-alsina”

• Abdurrahmon ibn Ali ibn Diybaʼ Shayboniy (vaf. 944 h.)ning “Tamyiz at-tayyib min al-xabis fimo yaduru ala al-alsina min al-hadis”

• Abdulvohid ibn Ahmad Shaʼroniy (vaf. 973 h.)ning “Al-Badr al-munir fi gʻarib ahodis al-bashir an-nazir”

• Muhammad ibn Ahmad Xaliliy (vaf. 1057 h.)ning “Tasʼhil as-sabil ila kashf al-altibos ammo dora min al-ahodis bayna an-nos”

• Najmiddin Muhammad ibn Muhammad Gʻazziy (vafoti: 985 h.)ning “Itqon ma yahsunu min al-ahodis ad-doira ala al-alsina” (kitobda Zarkashiy, Suyutiy va Saxoviyning asarlarini jamlab, qoʻshimchalar qoʻshgan)

• Ismoil ibn Muhammad Ajluniy (vaf. 1162 h.)ning “Kashf al-xafo va muzil al-ilbos ammo ishtahara min al-ahodis ala al-alsina an-nos”

• Muhammad ibn Darvish Hut Bayrutiy (vaf. 1276 h.)ning “Asna al-matolib fi ahodis muxtalifa al-marotib” asarlari.

200

“kutubi tisʼa” ni sanab bering.

1. Sahih Buxoriy

2. Sahih Muslim

3. Sunan Abu Dovud

4. Sunan Termiziy

5. Sunan Nasoiy

6. Sunan Ibn Moja

7. Muvattoi Molik

8. Musnad Ahmad

9. Sunani Dorimiy 

200

Qaysi olimlarning jomelari eng mashhurlari hisoblanadi?

Imom Buxoriy, Muslim, Abdurazzoq, Sufyon Savriy, Ibn Uyayna, Maʼmar, Imom Termiziy

200

Agar hadis matnida toʻqimalik (mavzuʼ) belgisi koʻrinsa, unda qaysi kitoblariga murojaat qilinadi.

“Mavzuot”

300

Hadis ilmida “taraf” so’zi nimani anglatadi?

Hadis ilmlarida “taraf” deganda hadis matnining bir qismi, yaʼni uning qolgan qismiga ishora qiluvchi ibora tushuniladi.

300

Muhaddislar hadis iboralarini birinchi soʻziga qarab tartiblashda qanday usullardan foydalangan?

Hadislarni qavliy (soʻziy) va feʼliy (amaliy) turlarga ajratish  va hadislarni faqat birinchi soʻziga qarab tartiblash.

300

“al-Muʼjam al-mufahris” kim boschiligida va qaysi davlatda chop etilgan?

Leyden universitetining professori Arent Yan Vensink (Arent Jan Wensinck, vaf. 1939-y.) boshchiligidagi sharqshunoslar tomonidan amalga oshirilgan. Gollandiyaning Leyden shahridagi Brill nashriyoti tomonidan nashr etilgan.

300

Hokimning “Mustadrak” ida uch turli hadislar jamlagan va ular qanday?

1. Ikki imom yoki birining shartiga asosan sahih boʻlganlar;

2. Ikki imom shartiga binoan boʻlmay, Hokimning sharti asosida sahih hadislar, bunday hadislarga “sahih al-isnod” atamasi qoʻllangan. 

3. Sahih boʻlmay alohida eʼtibor qaratilgan hadislar jamlangan.

300
Mulla Ali Qorining alifbo tartibidagi mavzuot hadisiga bag’ishlangan kitobini ayting.

“Masnuʼ fi maʼrifat al-hadis al-mavzuʼ

400
”Kutub al-atrof“ asarlari qanday jamlanadi?

Ushbu turdagi toʻplamlarda hadislar “muʼjam”larga oʻxshab tartiblanadi. Ammo, muhaddislar hadisning toʻliq matni emas, balki bir qismini zikr qilgach uning boshqa isnod zanjirlarini jamlaydilar.

400

 “Jamʼ al-javome” kimning asari hisoblanadi?

Jaloliddin Suyutiy

400

Hijriy nechinchi asrdan boshlab, muhaddislar bir asarga bir necha hadis toʻplamlarini jamlashni boshlab, unda turli uslublarni qoʻllaganlar.

To’rtinchi asr

400

Hadis ilmida zavoid deb nimaga aytiladi?

Ishonchli roviy boshqa ishonchli roviy rivoyatida kelgan hadisni ziyoda lafzlar bilan rivoyat qilishiga aytiladi.

400

Otasining oʻgʻlidan rivoyati. Bunday holatlarda “rivoyat al-obo an al-abno” kitoblaridan foydalaniladi.Bunda hadisning nimasi bog’liq holat hisoblanadi?

Sanadiga bog’liq

500

“Tarix ar-rijol” asarlari qanday to’plamlar?

Ushbu kitoblar maxsus hadis toʻplamlari emas, balki tarjima (biografiya) kitoblaridir.

500

«Bu ulugʻ va mukammal kitob boʻlib, Rasulullohning barcha muborak hadislarini oʻz ichiga olgan. Buni hadislar xazinasiga kalit sifatida tayyorladim va ikki qismga boʻldim” Bu qaysi kitob muqaddimasida keltirilgan?

Jaloliddin Suyutiyning  “Jamʼ al-javomeʼ” asarida

500

“Garib hadis“ bo’yicha yozilgan kitoblarni sanang.

Abu Sulaymon Xattobiy (vaf. 388 h.)ning “Gʻarib al-hadis”, Mahmud Zamaxshariyning “al-Foiq fi gʻarib al-hadis”, Abu Ubayd Qosim ibn Sallom Haraviyning  “Gʻarib al-hadis”

500

Zavoidlar bo’yicha yozilgan asarlar?

Imom Mugʻlatoy ibn Qulayj Bakjariy Hanafiyning (vaf. 762/1361-y.) “Zavoid Ibn Hibbon ala as-sahihayn”

Ahmad ibn Hanbalning “Musnad”ini zavoid qilgan va uni “Gʻoya al-maqsud fi zavoid al-Musnad”

500

Matn va sanadning xususiyatiga qarab taxrij qilishning ahamiyati nima?

• Hadisni va uning sanad va matnini kitoblardan topishni osonlashtiradi. Chunki bu kitoblarda bor boʻlgan hadislar boshqa joylarda topilishi qiyin boʻlishi mumkin.

• Hadisning sanadi va matniga oid baʼzi foydali maʼlumotlardan xabardor boʻlish imkonini beradi. Bu maʼlumotlar ushbu usulda foydalaniladigan kitoblarga xos boʻlishi mumkin.

M
e
n
u