Qadimgi hind tilshunosligining diniy va lingvistik asosini tashkil etgan matnlar hamda ular yozilgan til qanday nomlanadi?
Vedalar va sanskrit
Yunon tilshunosligida tilga dastlab qanday nuqtai nazardan yondashilgan?
Falsafiy yondashuv
Arab tilshunosligining ikki asosiy maktabini ayting.
Basra va Kufa
Por-Royal grammatikasining asosiy maqsadi nima edi?
Tilni mantiqiy tizim sifatida tushuntirish
Til va nutq o‘rtasidagi munosabat qanday falsafiy tushuncha bilan izohlanadi?
Dialektika
Qadimgi hind tilshunosligida morfologiya qanday uch bo‘limga ajratilgan?
So‘z turkumlari, so‘z yasalishi va so‘z o‘zgarishi
Stoiklar oqimi tilshunoslik rivojida qanday rol o‘ynagan?
Grammatik tushunchalarni rivojlantirgan
Xalil al-Farohidiy va Sibavayhiy yaratgan asarlar tilshunoslikning qaysi ikki asosiy yo‘nalishini ifodalaydi?
Lug‘atchilik (“Kitob ul-ayn”) va grammatika (“Al-kitob”)
Komparativistika nimani o‘rganadi?
Tillarning qiyosiy-tarixiy rivojini
Tilning mazmun va shakl jihatlari qanday atamalar bilan ifodalanadi?
Substansiya va forma
Panini grammatikasi qanday shaklda yozilgan va taxminan nechta qoidani o‘z ichiga oladi?
She’riy sutralar shaklida, 3996 ta qoida
Aleksandriya maktabi tilshunoslikda nimani markazga qo‘ydi?
Grammatik tahlil va norma
Sa‘g‘oniy, Ibn Mansur va Feruzobodiy faoliyati arab tilshunosligining qaysi jihatini rivojlantirdi va bu nimada namoyon bo‘ladi?
Lug‘atchilik — katta hajmdagi ko‘p jildli lug‘atlar yaratishda
Shleyxer tilni qanday model asosida tushuntirgan?
Biologik organizm modeli
Tilni tizim sifatida tushuntirishda qaysi tushunchalar ishlatiladi?
Sistema va struktura
Yunon tilshunosligining falsafiy bosqichida til masalalari qaysi faylasuflar va asarlar orqali o‘rganilgan?
Geraklit va Platonning “Kratil” asari
Rim tilshunoslari tilni o‘rganishda qanday yangi komponentni kiritdilar?
Stilistika
Forobiy, Beruniy va Ibn Sino tilshunoslikka turli jihatdan yondashgan — ularning qarashlari qaysi yo‘nalishlarni qamrab oladi?
Ilmlar tasnifi, fonetika, sintaksis va nazariy tilshunoslik
Psixologizm tilni qanday ichki jarayon bilan bog‘laydi?
Inson ruhiyati va tafakkuri
F. de Sossyur tilni qanday asosiy qarashlar asosida tavsiflaydi?
Belgilar sistemasi, ichki/tashqi lingvistika, sinxroniya/diaxroniya
Yunon tilshunosligining grammatik bosqichi qaysi maktab bilan bog‘liq va uning asosiy vakillari kimlar?
Aleksandriya maktabi va Dionisiy, Apolloniy Diskol
Yunon va Rim tilshunosligidagi so‘z turkumlari tizimining evolyutsiyasi nimani ko‘rsatadi?
Til tavsifining moslashuvi va rivojini
Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiy asarlari orqali turkiy tilshunoslikda qanday ikki muhim ilmiy yondashuv shakllangan?
Qiyosiy-tasnifiy (Devon) va tilning ijtimoiy-estetik tahlili (Muhokamat)
Gumboldt, Shteyntal, Potebnya va Boduen de Kurtene qarashlarida til taraqqiyoti nimaga bog‘liq deb tushuntiriladi?
Inson tafakkuri va psixikasiga bog‘liq
F. de Sossyurga ko‘ra til va nutq o‘rtasidagi beshta asosiy farqni umumlashtirib tushuntiring.
Til — ijtimoiy, sistem, potensial, sinxron, mohiyat; nutq — individual, real, diaxron, hodisa