Nemis tilshunosi Avgust Shleyxer Darvin ta'limoti ta'siri ostida tilni tabiiy organizm sifatida o'z-o'zidan paydo bo'lishi, rivojlanishi, ma'lum hayot davriga ega bo'lishi va organizm kabi o'lishi to'g'risidagi qarashni ilgari suradi.
Biologik faraz.
Shimoliy Amerikadagi hind qabilalari orasida keng tarqalgan. Shnurlarga bog'langan chig'anoqlardan iborat. Shnurlarning to'quvlari odatda kamar sifatida kiyiladigan tasma hosil qiladi.
Vampum
Xitoy klassik tilshunosligining qo'lga kiritgan muhim yutug'i nimada?
Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi
Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bo'lishi va rivojlanishi nima bilan bog'liq?
Amaliy ehtiyojlar bilan bog'lanadi. Ya'ni bu davrda Qur'on tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi. Qur’ondagi so'zlarni to'g'ri va aniq talaffuz qilish hamda klassik arab tilini shevalar ta'siridan saqlash maqsadida arab olimlari til masalalari bilan jiddiy shug'ullanishga kirishdilar.
U qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratildi. Ammo u qiyosiy yoki chog'ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy-tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o'z oldiga «barcha tillarga xos umumiy prinsiplarni va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini» aniqlash vazifasini qo'yadi.
Por-Royal grammatikasi
Bu til asosini lotin va grek tillaridan olingan baynalminal so'zlar tashkil qilib, istisnosi bo'lmagan 16 ta grammatik qoida mavjud. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. Barcha so'z turkumlari muqim tugalliklarga ega: otlarda – o, sifatlarda – a, fe’llarda – i, ravishlarda esa – e.
Esperanto
Yozuvdа tаlаffuz qilinmаydigаn, аmmо shаkli bir хil, mа'nоsi fаrqli (оmоnim) sо'zlаrni bir-biridаn fаrqlаsh uchun qо'llаnаdigаn bеlgilаr. Ulаr аsоsаn yozuvdаgi nоаniqliklаrni bаrtаrаf etishgа хizmаt qilgаn.
Dеtеrminаtivlаr
Rim grammatikachilari yunon tiliga xos bo'lgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artikl yo'q edi. Artiklni o'rniga qaysi so'z turkumi kiritilgan?
Undovlar
Arab tilshunoslari o'z ona tillaridan tashqari qaysi tillar bilan shug'ullanganlar?
Fors, mo'g'ul va turkiy til masalalari bilan shug'ullanganlar.
Pyotr Simon Pallas kim va tilshunoslikka qanday hissa qo'shgan?
«Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug'ati» asari muallifidir. 272 tilga oid to'rt tilli bu lug'at Peterburgda 1786-1791 yillarda nashr qilingan bo'lib, unda ruscha so'zlarning 272 tilga qilingan tarjimasi beriladi va qiyoslanadi. Bu lug'at qiyosiy-tarjima lug'at sifatida e'lon qilinadi. Mazkur lug'atga Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika tillari kiritiladi, ushbu tillarga oid materiallar beriladi.
Bu 2001-yilda kanadalik tilshunos Sonja Lang tomonidan yaratilgan, maksimal darajada soddalashtirilgan sun'iy til. Til atigi 120–125 ta asosiy soʻzdan iborat. Murakkab tushunchalar ushbu oddiy soʻzlarni birlashtirish orqali ifodalanadi. Atigi 9 ta undosh va 5 ta unli tovush mavjud. Til "yaxshi hayot" va oddiylik falsafasiga asoslangan boʻlib, u foydalanuvchini murakkab fikrlarni eng sodda shaklda bayon qilishga undaydi.
Toki Pona
Ochiq ma'lumotlarni shifrlashni, mahfiylashtirish usullarini o'rganadi. Mahfiy matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni o'zgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan foydalaniladi.
Kriptografiya
Ular nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bo'lib o'rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.
Stoiklar
Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag'ishlangan bo'lsa ham, lekin ko'p o'rinlarda, ayniqsa, V bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham qo'llaniladi. Shuning uchun ham mazkur asar Sibavayhiy singari o'ziga qadar bo'lgan filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag'ishlanganligi bilan ajralib turadi.
Asbobi xudut al xuruf
“Grammatikasiz notiqlik ma'nosiz (“o'tmas”), she'riyat to'mtoq, falsafa asossiz, tarix yoqimsiz, huquq ishonchsizdir”. Ushbu jumla kimga tegishli?
M.V. Lomonosov
Ushbu til funksiyasi “munosabat o'rnatish funksiyasi” deb ham yuritiladi. Salomlashuvlarda, tabriklarda, odatiy ob-havo haqidagi suhbatlarda namoyon bo'ladi.
Fatik funksiya
Yozma belgilarning paydo bo'lishi tarixini o'rganadigan tarixiy va lingvistik fan. Turli xalqlarning yozma tizimlarining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida yozma yodgorliklarni o'rganadi.
Paleografiya
Yunon va Rim tilshunoslik maktablarining kamchiliklari nimada?
1. Bu davr tilshunosligi ta'limotida tilga tarixiy yondashish prinsipi yo'q edi. Ya'ni ushbu davr tilshunosligi tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas edi.
2. Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Ya'ni bir til (yunon yoki lotin tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qo'pol til deb hisobladilar.
3. Ular ko'pgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.
«... beva xotin pulga muhtoj bo'lib, kitobfurushga eski qo'lyozmani ko'rsatdi: «Marhum aytgan edilar, agar qiynalib qolsanggina shu kitobni sotgin, lekin 30 liradan kam bo'lmasin». Ammo kitobfurush bunchalik qimmatga olgisi kelmadi va «kitob do'konda tura tursin, xaridor chiqsa, pulini olarsiz», deb javob qildi. Kunlar o'tdi, xaridorlar keldi, birontasi ham shu «eski qog'ozlar»ni 30 liraga olgisi kelmadi. Nihoyat, diyorbakirlik keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy do'konga kelib qoldi. U bu ko'rimsiz qo'lyozmani bir-ikki varaqlab chiqdi-yu, ammo olishga puli yo'q edi. Ko'chadan o'tib ketayotgan bir do'stini to'xtatib, undan qarz oldi. Qo'lyozmani olib ketgach, Ali Amiriy bir necha kun, erta-yu kech uni varaqlab, undan ko'zini uza olmas edi. «Kitob oldim, uyga keldim, yemak-ichmakni unutdim. Bu kitobga haqiqiy qiymat berilmak lozim bo'lsa, jahonning xazinalari kifoya qilmas».
Mahmud Koshg'ariy «Devonu lug'atit turk»
Yana bir katta lug'at ispaniyalik Lorenso Gervasning asaridir. Ushbu lug'at 307 tilga oid leksik va grammatik ma'lumotlarni berishi bilan ajralib turadi.
«Ma'lum xalqlar tillarining katalogi» asari
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi kurash natijasi chatishuvga misoldir. Fransuz tili Angliya hududida g'olib, ingliz tili esa mag'lub bo'ldi, lekin fransuz tili o'z vatanida yashar, rivojlanar ham edi. Xullas, til kurashlaridan keyin, g'oliblar o'z tillarini unutib, angtosakson tilini qabul qiladilar. Ingliz tili ham fransuz tilidagi so'zlarning ma'lum bir qismini saqlab qolib, tilning (kelgindi tilni) o'zini siqib chiqaradi. Demak, bu yerda kelgindilar tilining mahalliy tilga ta'siri sodir bo'lishi, lekin uni siqib chiqarolmasligi yuz bergan.
Superstrat hodisasi
Qo'l barmoqlari yordamida harflarni shakllantirish orqali so'zlarni ifodalovchi maxsus alifbo shaklidir. U kar-soqovlar muloqotida, shuningdek, taʼlim jarayonida asosiy muloqot vositasi sifatida qo'llaniladi. Bu usulda har bir harf alohida belgi bilan ko'rsatiladi, bu esa yozma nutqning barmoqlar orqali ko'rinishidir.
Daktil alifbosi
Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo'lganligi, asar tili o'ziga xos terminologiyaga egaligi sababli uzoq vaqtgacha Yevropalik olimlarga tushunarsiz bo'ldi.
Birinchi bo'lib asar mazmunini, undagi g'oyani rus tilshunos olimi izohlab berdi.
Panini grammatikasi
Otto Byotling
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va chog'ishtirma tilshunoslik asoschilari kimlar? Qaysi asarlarda namoyon bo'ladi?
Mahmud Koshg'ariy «Devonu lug'atit turk» asari
Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn» asari
Leksikografik tadqiqotlar yo'nalishida ma'lum bo'lgan ishlardan biri nemis olimlari I.K. Adelung va I.S. Faterlarning lug'atidir. Ushbu lug'at 500ta tilni qamrab olishi, ular haqida ma'lumotlar berishi bilan e'tiborga loyiq.
«Mitridat yoki umumiy tilshunoslik» lug'ati