O'zaro morfologik jihatdan o'xshash, erkin chatishib nasldor avlod qoldiradigan organizmlar yig'indisi nima deb ataladi?
Tur.
Organizmlarning tashqi va ichki tuzilishidagi o'xshashliklarini belgilaydigan mezon qaysi?
Morfologik mezon.
Muhitning jonsiz tarkibiy qismlari (harorat, havo, suv, tuproq, yorug'lik) qanday omillar deb ataladi?
Abiotik omillar.
Organizmlarning muhit omillari o'zgarishiga chidash qobiliyati nima deyiladi?
Tolerantlik
Populyatsiyalardagi o'zaro ta'sir natijasida organizmlar soni o'zgarmasdan qoladigan (bir-biriga foyda ham, zarar ham keltirmaydigan) munosabat nima deyiladi?
Neytral munosabatlar.
Turning muayyan (ma'lum bir) hududda (arealda) ajralib yashaydigan va o'zaro erkin chatisha oladigan qismi nima deb ataladi?
Populyatsiya.
Oziqlanish, nafas olish, o'sish va ko'payish kabi hayotiy jarayonlarning o'xshashligi turning qaysi mezoni hisoblanadi?
Fiziologik mezon.
Boshqa tirik organizmlarning (bakteriyalar, o'simliklar, hayvonlar) bir-biriga ko'rsatadigan ta'siri qaysi omilga kiradi?
Biotik omillar
Ekologik omillarning organizm uchun eng qulay va u eng yaxshi ko'payadigan darajasi nima deb ataladi?
Ekologik optimum (Optimum zona).
Ikki organizmning o'zaro foydali va ijobiy hamkorlikda yashashi qanday munosabat deyiladi?
Simbioz munosabatlar.
Populyatsiya doirasida tirik organizmlar qanday guruhlar bo'lib yashashlari mumkin?
Oila, poda, gala.
Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga moslashish xususiyatlarini ifodalovchi mezon qanday ataladi?
Ekologik mezon.
Bonus
+ 300
Muhit omilining tirik organizm yashashi mumkin bo'lgan eng quyi chegarasi qanday ataladi?
Ekologik minimum.
Bir organizm ta'siri tufayli ikkinchi organizm soni kamaysa yoki salbiy ta'sir ko'rsatilsa, bunday munosabat nima deyiladi?
Antibioz munosabatlar.
Tyanshan tog' tizmasidagi qizil tulkilar va Hisor tog' tizmasidagi qizil tulkilar alohida nimalarni tashkil qiladi?
Alohida populyatsiyalarni (lekin ular bitta turga kiradi).
Bir turga kiruvchi organizmlarni aniqlashda faqat bitta mezonning o'zi yetarlimi?
Yo'q, yetarli emas. Bir nechta mezon birgalikda qo'llanilishi shart.
Bakteriyalar va zamburug'lar ekologik omillarning qaysi guruhiga misol bo'ladi?
Biotik omillarga.
Muhit omilining tirik organizm hayot kechirishi mumkin bo'lgan eng yuqori chegarasi qanday ataladi?
Ekologik maksimum.
Bonus
+ 400
O'simlik va hayvonlarni klassifikatsiyalashda (sistemaga solishda) eng asosiy sistematik birlik sifatida nima qo'llaniladi?
Tur.
Tur uchun xos bo'lgan belgi va xususiyatlar yig'indisiga fanda qanday umumiy nom berilgan?
Tur mezonlari.
Quyosh nuri va kimyoviy moddalar qaysi ekologik omillar turiga kiradi?
Abiotik omillarga.
Muhit omili optimum zonadan tashqariga chiqib, minimum yoki maksimum chegarasidan o'tib ketsa, organizm bilan nima sodir bo'ladi?
Organizm nobud bo'ladi (o'ladi).
Akula va uning atrofida suzib yuradigan mayda baliqlar (rasmda ko'rsatilgan) qaysi munosabat turiga yorqin misol bo'ladi?
Simbioz munosabat.