Lingvistik korpus nima?
Ma’lum bir til yoki nutq materiallarini kompyuterda saqlovchi, tahlil uchun mo’ljallangan elektron matnlar to’plami.
Korpus menejeri nima vazifani bajaradi?
Korpusdagi matnlarni izlash, tahlil qilish va boshqarishni taminlaydi
Korpus annotatsiyasi deganda nima tushuniladi?
Matnlardagi birliklarga morfologik, sintaktik, semantik izohlar qo’shish jarayoni.
Korpus nutq turiga ko‘ra nechta asosiy turga bo‘linadi?
Uchta: yozma, og‘zaki, aralash.
Erkin va yopiq korpus o‘rtasidagi farq nima?.
Erkin korpusdan hamma foydalanadi, yopiq korpus esa cheklangan
Elektron kutubxona bilan lingvistik korpus o’rtasidagi asosiy farq nima?
Korpus tilshunoslik tahliliga mo’ljallangan; kutubxona esa faqat matnlarni saqlaydi.
Konkordans nima?
Malum bir so’z yoki iboraning kontekstdagi barcha qo’llanishlarini ko’rsatuvchi ro’yxat.
Razmetkalangan va razmetkalanmagan korpus o’tasidagi farqni toping?
Birinchisida izohlar (teglar) bor, ikkinchisida yo’q
Yozma korpusga misol keltiring.
Braun korpusi yoki LOB korpusi.
Dinamik (monitoring) korpusning asosiy xususiyati nimada?
U doimiy ravishda yangilanib, matnlar bilan to‘ldirib boriladi.
Sub korpus atamasi nimani anglatadi?
Korpusning malum qismi yoki kichik bo’lagi, avtonom to’plam.
Konkordans hosil qiluvchi dasturlarga misol keltiring.
AntConc, SketchEngine, WordSmith Tools.
Annotatsiyada teg nima rol o’ynaydi?
Til birliklarining turini, vazifasini yoki grammatik shaklini ko’rsatadi.
Og‘zaki korpusni tuzishdagi asosiy qiyinchilik nimada?
Og‘zaki nutqni yozuvga to‘g‘ri va to‘liq ko‘chirish murakkab.
Turg‘un korpusga misol keltiring.
Britaniya milliy korpusi (BNC).
Qaysi turdagi korpus standart shaklga keltirilgan matnlar jamlanmasidan iborat?
Elektron kutubxona
Korpus menejeri foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratadi?
So’z chastotasini topish, kontekst ko’rish, filtr qilish, matnlarni tahlil qilish.
Annotatsiya qanday turlarga bo’linadi?
Morfologik, sintaktik, semantik, prosodik va boshqalar.
Ko‘p tilli korpusning afzalligi nimada?
Turli tillarni taqqoslab o‘rganish imkonini beradi.
Maxsus korpus deganda nima tushuniladi?
Ma’lum bir mavzu yoki soha uchun tuzilgan korpus.
V.V. Rikov korpusni tasniflashda nechta asosiy belgi (daraja)ni ajratadi?
Olti: tashkiliy, xronologik, ko’rsatkichli, tilga ko’ra, qo’llanish usuli, mavjudlik usuli.
Konkordansdan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat?
Til birliklarini kontekstda tahlil qilish, semantik va uslubiy farqlarni ko‘rish imkonini beradi.
Qaysi korpus turlari morfologik, sintaktik, semantik malumotlarni o’z ichiga oladi?
Annotatsiyalangan (teglangan) korpuslar.
Aralash korpusda odatda qaysi turdagi matnlar birlashtiriladi?
Yozma va og‘zaki matnlar
Universal korpus qanday maqsad bilan yaratiladi va unga misol keltiring.
Turli janrlarni qamrab olgan umumiy til tahlili uchun; misol – Milliy korpuslar.