90° li burchak qanday nomlanadi?
To'g'ri burchak
Tekislikda umumiy nuqtasi bo'lmagan ikki to'g'ri chiziq qanday nomlanadi?
Parallel to'g'ri chiziqlar
Uchburchaklar o'xshashligining nechta asosiy alomati bor?
3 ta
Uchala tomoni teng uchburchak qanday nomlanadi?
Teng tomonli uchburchak
Uchburchak uchidan qarshi tomonga tushirilgan perpendikulyar nima deyiladi?
Balandlik
Qo'shni burchaklar yig'indisi necha gradus?
180°
Parallel chiziqlarni kesuvchi kesganda hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar qanday bo'ladi?
Teng
Bir uchburchakning ikki burchagi ikkinchisining ikki burchagiga teng bo'lsa, uchburchaklar o'xshashmi? Bu qaysi alomat?
Ha, o'xshash. Ikki burchak bo'yicha (birinchi alomat)
Bir burchagi 90° bo'lgan uchburchak qanday nomlanadi?
To'g'ri burchakli uchburchak
Uchburchak uchini qarshi tomonning o'rtasi bilan ttutashtiruvchi kesma nima deyiladi?
Mediana
Vertikal burchaklardan biri 57° bo'lsa, ikkinchisi necha gradus?
57° (vertikal burchaklar teng)
Parallel chiziqlarni kesuvchi kesganda ichki bir tomonli burchaklardan biri 65° bo'lsa, ikkinchisi necha gradus?
115°
Tomonlari 3, 4, 5 va 6, 8, 10 bo'lgan uchburchaklar o'xshashmi? Koeffitsientni ayting.
Ha, o'xshash, k = 2 (uch tomon bo'yicha)
Burchaklari 50°, 60°, 70° bo'lgan uchburchak burchaklariga ko'ra qanday turga kiradi?
O'tkir burchakli
Medianalar kesishgan nuqta har bir medianani uchidan boshlab qanday nisbatda bo'ladi?
2 : 1
Ikki qo'shni burchakdan biri ikkinchisidan 40° katta. Kichik burchakni toping.
70° (x + x + 40 = 180)
Parallel chiziqlarni kesuvchi kesganda mos burchaklar hosil bo'ldi: biri (3x + 10)°, ikkinchisi 100°. x ni toping.
x = 30
O'xshashlik koeffitsienti 3 bo'lsa, perimetrlar nisbati va yuzalar nisbati nechaga teng?
Perimetrlar 3 : 1, yuzalar 9 : 1
Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi 40° bo'lsa, asosidagi burchagi necha gradus?
70° ((180 − 40) : 2)
To'g'ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan mediana 5 sm bo'lsa, gipotenuza necha sm?
10 sm (mediana gipotenuzaning yarmiga teng)
Qo'shni burchaklar bissektrisalari orasidagi burchak necha gradus?
90°
Parallel chiziqlarni kesuvchi kesganda hosil bo'lgan ichki bir tomonli burchaklarning ayirmasi 20° bo'lsa, kichigi necha gradus?
80° (x + x + 20 = 180)
ΔABC ~ ΔA₁B₁C₁, AB = 6, A₁B₁ = 9, ΔABC ning yuzi 20 bo'lsa, ΔA₁B₁C₁ ning yuzini toping.
45 (k = 1,5; k² = 2,25; 20 · 2,25 = 45)
Uchburchak burchaklari 1 : 2 : 3 nisbatda. Burchaklarini toping va turini ayting.
30°, 60°, 90°; to'g'ri burchakli uchburchak
ΔABC da AD bissektrisa, AB = 6, AC = 9, BC = 10. BD ni toping.
BD = 4 (BD : DC = AB : AC = 2 : 3)