Didaktika atamasini ilk bor fanga kim kiritgan?
Nemis olimi Volfgang Ratke
Ta'lim mazmuni deganda nima tushuniladi?
Ta’lim mazmuni deganda — o‘quvchilarga beriladigan bilim, ko‘nikma, malaka va dunyoqarashni shakllantiruvchi axborotlar majmui tushuniladi.
Ta'lim metodlari deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim metodlari — bu o‘qituvchi va o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida qo‘llaydigan usul va yo‘llari.
Ta'lim vositalari atamasiga izoh bering.
Ta’lim vositalari — bu o‘quv jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yordam beradigan barcha moddiy va texnik vositalar
STEAM nima?
STEAM — bu inglizcha qisqartma bo‘lib, quyidagi sohalarni bildiradi:
S – Science (Fan)
T – Technology (Texnologiya)
E – Engineering (Muhandislik)
A – Art (San’at)
M – Mathematics (Matematika)
STEAM ta’lim — bu fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtirib o‘qitish tizimi, ya’ni o‘quvchilarni ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va amaliy yechim topishga o‘rgatadigan yondashuvdir.
Didaktika atamasini ilmiy jihatdan chuqur asoslab bergan va keng yoygan shaxs kim va uning shu haqidagi mashhur asarining nomi nima?
Yan Amos Komenskiy
Taʼlim mazmunini belgilab beruvchi asosiy hujjatlarga nimalar kiradi?
1. Davlat ta’lim standarti (DTS)
2. O‘quv rejalar
3. O‘quv dasturlari
4. Darsliklar va boshq
Ta'lim metodlarining turlarini ayting.
Ogʻzaki metodlar, koʻrgazmali metodlar, amaliy metodlar, an'anaviy metodlar, muammoli ta'lim metodlari va interfaol metodlar
Ta'lim vositalarining turlari qaysilar?
1. Bosma vositalar
2. Ko‘rgazmali vositalar
3. Texnik vositalar
4. Tabiiy vositalar
5. Elektron vositalar
Tarbiya vositalarini ayting.
Oila, maktab, jamoa
Kitob, matbuot, kino, internet, san’at
O‘qituvchi shaxsi va namunasi
Ta'limning asosiy vazifalarini ayting.
Ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
DTS nima?
DTS — bu ta'limning maqsadlari, mazmuni, natijalari va sifatini belgilab beruvchi asosiy me'yoriy hujjat.
Ogʻzaki metodlarga misollar ayting.
Ma'ruza, suhbat, tushuntirish, hikoya va boshq.
Texnik vositalarga misollar keltiring.
Kompyuter, proyektor, mikrofon, elektron doska...
STEM nima va qayerda ishlab chiqilgan?
Aqshda
STEM — bu inglizcha qisqartma bo‘lib, quyidagi sohalarni bildiradi:
S – Science (Fan)
T – Technology (Texnologiya)
E – Engineering (Muhandislik)
M – Mathematics (Matematika)
STEM ta’lim — bu shu to‘rtta yo‘nalishni birlashtirgan holda o‘qitish tizimi bo‘lib, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni maqsad qiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalaridan 5tasini sanang.
Bilim, oʻrganish, oʻrgatish, oʻqitish, koʻnikma, malaka, vosita, metod, shakl, ta'lim va boshq.
Ta'lim mazmunining tamoyillarini sanang.
Ilmiylik, izchillik, tizimlilik, yoshlarga xoslik, amaliy yoʻnaltirilganlik, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni singdirish...
Metod soʻzining ma'nosini ayting.
Metod” so‘zi yunoncha “methodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “yo‘l”, “usul”, “tadqiqot yoki o‘rganish yo‘li” degan ma’noni anglatadi.
Didaktik vositalarning vazifasi nima?
Audiovizuallik tafsilotida motivatsion axborot, ta'lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.
Tarbiya metodlarini sanang.
Ishontirish (tushuntirish, suhbat, nasihat)
Rag‘batlantirish (maqtov, mukofot)
Jazo (tartibni buzganda ogohlantirish)
Mashq va odatlantirish
Namuna ko‘rsatish (o‘rnak bo‘lish)
Kompetensiya nima?
Kompetensiya — bu shaxsning ma’lum bir faoliyatni samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, tajriba va shaxsiy sifatlar majmuidir.
Oddiyroq aytganda, kompetensiya — bu bilgan narsasini amalda qo‘llay olish qobiliyati.
Integratsiya atamasiga ta'rif bering.
Integratsiya — bu bir necha fan, tushuncha yoki faoliyat yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash, bir butun tizimga birlashtirish jarayoni.
Koʻrgazmalilik metodi nimalarni oʻz ichiga oladi?
Rasm, video, model, jadval va boshqa koʻrgazmali vositalar
Koʻrgazmali vositalarga nimalar kiradi?
Koʻrgazma, plakat, tarqatmalar, illustratsiya, rasm, sxema, jadval chizmalar...
Tarbiya turlarini ayting.
1. Aqliy tarbiya
2. Axloqiy tarbiya
3. Jismoniy tarbiya
4. Estetik tarbiya
5. Mehnat tarbiyasi
6. Ekologik tarbiya
7. Huquqiy tarbiya
8. Vatanparvarlik tarbiyasi