Umumiy pedagogikaning obyekti nima?
a) Tarbiya nazariyasi
b) Shaxs shakllanishi
c) Ta’lim-tarbiya jarayoni
d) Didaktika
c) Ta’lim-tarbiya jarayoni ✅
Ta’lim tushunchasining to‘g‘ri ta’rifi qaysi?
a) Shaxsni kasb-hunarga yo‘naltirish
b) O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayoni
c) Yosh avlodni ijtimoiylashtirish jarayoni
d) Jamiyat talablariga moslash
b) O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish jarayoni ✅
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi?
a) Tiflopedagogika
b) Logopediya
c) Surdopedagogika
d) Oligofrenopedagogika
c) Surdopedagogika ✅
Anketada qanday savollar bo‘ladi?
a) Faqat yopiq savollar
b) Faqat ochiq savollar
c) Ochiq va yopiq savollar
d) Faqat test savollari
c) Ochiq va yopiq savollar ✅
Pedagogika so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
a) Bilim beruvchi
b) Bola yetaklovchi
c) Tarbiyachi
d) O‘rgatuvchi
b) Bola yetaklovchi ✅
Umumiy pedagogikaning predmeti nima?
a) Shaxsni shakllantirish qonuniyatlari va ularni amalga oshirish yo‘llari
b) Ta’lim mazmuni
c) Tarbiya metodlari
d) Maktabshunoslik
a) Shaxsni shakllantirish qonuniyatlari va ularni amalga oshirish yo‘llari ✅
Tarbiya qanday jarayon?
a) O‘quvchilarning ko‘nikma va malakasini shakllantirish
b) Yosh avlodni ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida har tomonlama o‘stirish jarayoni
c) Bilimlarni tizimlashtirish jarayoni
d) Falsafiy g‘oyalarning amaliyotga tatbiqi
b) Yosh avlodni ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida har tomonlama o‘stirish jarayoni ✅
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi?
a) Surdopedagogika
b) Tiflopedagogika
c) Logopediya
d) Oligofrenopedagogika
b) Tiflopedagogika ✅
Pedagogik tajriba metodining vazifasi nima?
a) Muammoni amaliyotda sinab ko‘rish va samaradorligini aniqlash
b) Respondentlar bilan suhbatlashish
c) Fikrlarni yozma shaklda olish
d) Hujjatlarni o‘rganish
a) Muammoni amaliyotda sinab ko‘rish va samaradorligini aniqlash ✅
Shaxs tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
a) O‘quvchilarga bilim beruvchi shaxs
b) Jamiyatda yashovchi oddiy inson
c) Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o‘ziga xos xulq-atvor va dunyoqarashga ega jamiyat a’zosi
d) Tarbiyachi
c) Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o‘ziga xos xulq-atvor va dunyoqarashga ega jamiyat a’zosi ✅
Umumiy pedagogikaning tarkibiy qismlari qaysilar?
a) Didaktika, tarbiya nazariyasi, maktabshunoslik, metodologiya
b) Psixologiya, sotsiologiya, falsafa
c) Tarixiy pedagogika va maxsus pedagogika
d) Maktabgacha ta’lim
a) Didaktika, tarbiya nazariyasi, maktabshunoslik, metodologiya ✅
Faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati qanday atama bilan ifodalanadi?
a) Ko‘nikma
b) Malaka
c) Bilim
d) Tajriba
a) Ko‘nikma ✅
Aqli zaif bolalar bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi?
a) Surdopedagogika
b) Logopediya
c) Oligofrenopedagogika
d) Tiflopedagogika
c) Oligofrenopedagogika ✅
O‘quvchilar shaxsiy varaqalari, jurnallarini o‘rganish qaysi metodga kiradi?
a) Suhbat
b) Pedagogik tahlil
c) Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish
d) Anketa
c) Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish ✅
Ta’lim jarayonida shaxsning ongida tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui nima?
a) Ko‘nikma
b) Malaka
c) Bilim
d) Tajriba
c) Bilim ✅
Didaktika nimalarni o‘rganadi?
a) Tarbiyaning shakllari
b) Ta’limning mazmuni, metodlari, shakllari va qonuniyatlarini
c) Maktab tizimi
d) Maxsus tarbiya
b) Ta’limning mazmuni, metodlari, shakllari va qonuniyatlarini ✅
Respondentlarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan metod qaysi?
a) Anketa
b) Suhbat
c) Test
d) Intervyu
c) Test ✅
Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan shug‘ullanuvchi sohasi?
a) Surdopedagogika
b) Logopediya
c) Oligofrenopedagogika
d) Tiflopedagogika
b) Logopediya ✅
Metodologiyada deskriptiv vazifa nimani anglatadi?
a) Amaliyotda sinash
b) Ob’ektni nazariy jihatdan ifodalash
c) Qonuniyatlarni tekshirish
d) Tadqiqotchi yo‘nalishini aniqlash
b) Ob’ektni nazariy jihatdan ifodalash ✅
Muayyan faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli nima deb ataladi?
a) Ko‘nikma
b) Malaka
c) Bilim
d) Tajriba
b) Malaka ✅
Tarbiya nazariyasi nimani o‘z ichiga oladi?
a) Tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari
b) Faqat tarbiya shakllari
c) Faqat tarbiya mazmuni
d) Tarixiy jarayonlarni
a) Tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari ✅
Didaktik tizim nimalardan iborat?
a) Faqat ta’lim mazmuni va metodlari
b) Ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalari
c) Tarbiya va ta’lim birliklari
d) Ta’lim va tarbiya metodlari
b) Ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalari ✅
Shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish bilan shug‘ullanuvchi pedagogika sohasi?
a) Umumiy pedagogika
b) Tarixiy pedagogika
c) Ijtimoiy pedagogika
d) Maxsus pedagogika
c) Ijtimoiy pedagogika ✅
Pedagogik tahlil metodining maqsadi nima?
a) Pedagogik muammoni nazariy jihatdan asoslash
b) Bolalarning ijodini o‘rganish
c) Nazariy bilimlarni tekshirish
d) O‘qituvchi faoliyatini kuzatish
a) Pedagogik muammoni nazariy jihatdan asoslash ✅
“Rivojlanish” pedagogikada qanday jarayonni ifodalaydi?
a) Bilimlarni tartibga solish
b) Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishidagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar
c) O‘quvchilarni faoliyatga yo‘naltirish
d) Ta’lim samaradorligini oshirish
b) Shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishidagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar ✅