Kapital so‘zining lotincha manosi nima?
Capitalis – bosh, asosiy
Islom Karimov qachon va qayerda tug‘ilgan?
1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri
Mustaqil O‘zbekistonda ilk “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?
1992-yil iyul
Umumiy o‘rta ta’lim nechta bosqichdan iborat?
Boshlang‘ich (I–IV), tayanch o‘rta (V–IX), o‘rta ta’lim (X–XI)
“Menejment” so‘zining ma’nosi nima?
Boshqaruv
Inson kapitali deganda nimani tushunamiz?
Millatning bilim, malaka, intellekt va ma’naviy salohiyati yig‘indisi
Karimov qaysi institutlarda ta’lim olgan?
O‘rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo‘jaligi instituti
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qachon qabul qilingan
1997-yilda
Maktabgacha ta’lim qaysi yosh oralig‘ini qamrab oladi?
6 yoshdan 7 yoshgacha
Ta’lim muassasasi menejerining asosiy vazifalaridan bittasini ayting.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish
Sh.M. Mirziyoyev 2019-yil 17-iyuldagi yig‘ilishida maktab haqida qanday fikr bildirgan?
Maktab inson resurslarini rivojlantirishning poydevori ekanini ta’kidlagan
Karimovning ta’limga oid mashhur asaridan biri nomini ayting.
“Barkamol avlod orzusi” (1998)
2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun nechta bob va moddadan iborat?
11 bob, 75 moddadan
Oliy ta’limning nechta bosqichi mavjud?
Ikki bosqich – bakalavriat va magistratura
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi uchta vazirlikni ayting.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Inson kapitalining konstruktivligi va kreativligini oshirish uchun qanday omil muhim?
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalar kiritish
Karimov nechanchi yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini e’lon qilgan?
1991-yil 31-avgust
2020-yilgi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni qaysi organlar qabul va ma’qullagan?
Qonunchilik palatasi – 19-mayda, Senat – 7-avgustda
Inklyuziv ta’lim kimlar uchun mo‘ljallangan?
Jismoniy, aqliy, sezgi yoki ruhiy nuqsoni bo‘lgan shaxslar
Ta’lim inspeksiyasining asosiy vazifasi nima?
Ta’lim sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish
XXI asrda milliy boylikning hal qiluvchi omili sifatida qaysi omil belgilangan?
Intellektual-ma’naviy omil
Islom Karimov nomi bilan bog‘liq xotira tadbirlaridan bittasini ayting.
2016-yilda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tashkil etildi
Ta’lim qonunining asosiy maqsadi nima?
Ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
Eksternat tartibidagi ta’lim qanday amalga oshiriladi?
O‘quv dasturlarini mustaqil o‘zlashtirish va yakunida attestatsiya topshirish orqali
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi bir vakolatini ayting.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni belgilash