Bilish jarayonlarini sanab bering.
Sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq (ba'zi olimlarga k貌ra - diqqat)
Psixikaga ta'rif bering.
Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini subyekt o始zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o'z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. (E.G'oziyev)
Psixologiyaning tadqiqot metodlarini sanab bering.
Kuzatish, eksperiment, suxbat, biografiya
Irodaviy jarayonlarni sanab bering.
motiv, motivitsiya, extiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish
BONUSGA O'YIN 馃槑
Fan doirasida 3 ta atama va unga izoh ayting!
Eksperimental psixologiya bo'yicha birinchi laboratoriyani kim nechinchi yilda ochgan?
1879-yilda V. Vund
Umumiy psixologiya - bu...
..umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog'lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o始zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jixatdan tadqiqot qiladigan soxa.
BONUSGA O'YIN 馃槣
Har bir raqib jamoangizga 20 ball beriladi! (lekin... agar bu ballarni ulardan tortib olmoqchi bo'lsangiz, ularning bitta savoliga javob bera olishingiz kerak.. istasangiz ballni indamay berib qo'yaverishingiz mumkin 馃榿)
脪z-貌zini kuzatish metodining ikkinchi (ilmiy) nomini ayting.
Introspeksiya
Tabiiy eksperiment metodini kim yaratgan?
Professor A. F. Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchilik laridan saqlanish va ikkala metodning foydali tornonlarini qo'shish maqsadida yaratgan.
BONUSGA O'YIN 馃槂
Istalgan raqib jamoangizdan 100 ballini o'zingizga olib qo'yishingiz mumkin.. agar ularning bitta savoliga javob bera olsangiz. Javob bera olmasangiz 300 ball ularga o'tadi 馃巵
Biorafiya metodi haqida ma'lumot bering.
Odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishilarning hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlar, ayniqsa, ularning o'zlari bergan ma'lumotlari (tarjimayi hol, kundalik daftarlar, memuarlar, xatlar) , shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya ma'lumotlari (biografiyalar, esdaliklar, xatlar, xarakteristikalar va shunga o'xshashlar)ni tahlil qilish, o'rganish.
Shaxs rivojlanish faoliyatining 3ta turini ayting.
1. 脪yin faoliyati
2. Bilim olish faoliyati
3. Mehnat faoliyati
Qiyosiy psixologiya - bu...
Qiyosiy psixologiya- psixologiyaning murakkab bo始limlaridan biri bo'lib, psixikaning filogenetik xolatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan soxasi.
Psixofiziologiya - bu...
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o始rganuvchi psixologiya soxasi.
B.G. 袗nanyev psixikani o'rganish metodlarini nechta katta guruhga ajratgan va ular qaysilar?
4 ta katta guruh:
tashkiliy, empirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistika, hamda natijalarni sharxlash
Psixikaning reflektor tabiatining birinchi ilmiy talqini kim tomonidan amalga oshirilgan?
Rus fiziologi I.M.Sechenov
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplarini ayting.
determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi
Psixologiya predmetiga nimalar kiradi? To'liq javob bering.
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab oladi:
1) psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va xokazo);
2) psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala);
3) psixikaning xolatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar);
4) psixikaning xodisalari;
5) psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari;
6) psixikaning qonuniyatlari;
7) psixikaning mexanizmlari;
8) psixik sharoit, muxit, vaziyat;
9) o'zaro sababiy bog'lanishlar;
10) tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, prinsiplari va hokazo.
Determinizm psinsipi nima?
Determinizm prinsipi (belgilayman ma始noni bildiradi) - tabiat va jamiyat xodisalari, shu jumladan, psixik xodisalarning obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta始limotdir.
Psixofiziologiyaning ikkita asosiy tadqiqot yondashuvi mavjud. Ular qaysilar?
1) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik va psixologik natijalarni o'zaro solishtirish, qiyoslash;
2) biron bir faoliyatda fiziologik funksiyalar o始zgarishini o'rganish.
Rus olimi I.M. Sechenovning qanday nazariyasini yaratilishi psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari va o'ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berdi?
reflektor nazariyasi
Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan xolda amalga oshishi ham obyektiv, ham subyektiv shart-sharoitlarga bog'liq. Shundan kelib chiqib javob bering: subyektiv shart-sharoitlarga nimalar kiradi?
shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi, ehtiyoj, motiv, maslak, saloxiyatining puxtaligi, o'zini o'zi boshqarish uslubining qat始iy ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar o'zaro uyg'unlashganligi kabilar kiradi.
Ong bilan faoliyat birligi prinsipi psixologiya fanida qanday ma始noni anglatadi?
a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan bir-biriga o始xshash xam emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir (E.G始oziyev).
Qaysi olim ongni katta ko始lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik ya始ni yakkol narsa deb tushuntirdi? (馃槈yordam: ushbu olim determinizm ta始limotining targ'ibotchisi edi).
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677)