"Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas." Konstitutsiyaning qaysi bobida bu qoida aks etgan?
VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat xizmatlaridan foydalanishda qanday imtiyozlar mavjud?
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz beriladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.
guruh azolaridan biri istalgan she'rni aytsin
-------
Ayni bir shaxs surunkasiga qancha muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emas.
ikki muddatdan ortiq
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan qancha muddatga saylanadi.
yetti yil
Nikohni qayd etishda bir oylik muddat qaysi holatlarda qisqartirilishi mumkin?
FHDY organi mudiri uzrli sabablar bo‘lganda hamda arizachilarning iltimoslariga ko‘ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin.
Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi yoki bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko‘rsatiladi.
........... turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
siyosiy partiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran qancha muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
o‘n kundan kechiktirmay
yo'q mumkin emas, bevosita shaxsning o'zi ishitirok etishi kerak
Mavsumiy ishlarning davomiyligi muddati qancha?
qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak
omadli tanlov
1 ballga ega bo'ldiz
Konstitutsiyaga ko'ra mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish qaysi organ mutloq vakolatiga kiradi?
95-moddaga ko'ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga kiradi.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa ........
qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
........... qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish qanday amalga oshiriladi
84-modda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Kim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.
omadsiz tanlov
1 ball olib qo'yildi
Men pedagogika sohasida oliy ma’lumotga egaman. Hozirda iqtisodiyot sohasida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olyapman va shu sohada ishlayapman. Menga o‘qishim uchun ish joyimdan ish haqi saqlangan holda ta’til beriladimi?
386-modda. Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Sudlar tomonidan alimentni kamaytirishga doir ishlar ko‘rilayotgan vaqtda qanday asoslar aliment miqdorini kamaytirishga yoki bekor qilishga asos bo‘ladi?
Oila kodeksi 105-modda. Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish
Aliment to‘layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek aliment to‘layotgan ota (ona) nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan minimal miqdori qancha?
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
FHDYo organlarida familiya, ism hamda ota ismini o‘zgartirish tartibi va asoslari qanday?
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
arizalar:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq;
sudning hal qiluv qarori asosida;
agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;
xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa;
bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;
16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati qancha
91-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati 5 yil.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam olish bo‘yicha murojaatlari online tarzda qanday axborot tizimi yaratilgan?
"Yuridik yordam"
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan qanday normativ huquqiy hujjatlar chiqaradi.
farmonlar, qarorlar va farmoyish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ........... taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi.
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining