Shu javobli savoldan boshlaymiz. London Eye 32 ta SHU SHAKLDAGI kabinkalardan iborat. Qanday shakldagi?
Tuxumsimon.
Izoh: Ab ovo …
UNING xatlaridan birida “Yangi Dunyo” jumlasi ishlatilgan bo`lib, bu so`zlar keyinchalik geografiya sohasida inqilobiy yangilikka aylangandi. Savol: Kim u?
Amerigo Vespuchchi.
Ajoyib mushaklarga ega bo`lgan bu multqahramon “Big and Chunky” (big end chanki) qo`shig`i bilan ilk bora ko`rinish bergandi. Qaysi qahramon?
Moto-Moto.
Madagaskardagi personaj
Forobiy tarjimayi holida “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va “U” eslab o`tilgan. “U” NI ayting.
“Metafizika”.
Izoh: Forobiy tomonidan tarjima qilingan Aristotel asarlari.
Bu asar “Panchatantra” va “Jataki” kabi hind xalqi og`zaki ijodi durdonalari ta`sirida yaratilgan. Bu asar nomini ko`pincha bosh qahramoni nomi bilan atashadi. Savol: Qaysi asar?
“Changalzor kitobi”.
Izoh: Ko`pincha “Maugli” nomi bilan atashadi.
Qizil maydonda panjasida qilich tutgan sher tasvirlangan. 1951-yilda bayroqqa yashil va to`q sariq chiziqlar qo`shilgan bo`lib, musulmon va hinduizm tarafdorlarini ifodalaydi. Qaysi bayroq?
Shri Lanka bayrog`i.
Yuqorida aytganimizdek London Eye 32 ta kabinkadan iborat. Savol: Nega 32 ta?
London 32 ta rayon (boro) dan iborat.
Qabul: London 32 ta ma`muriy birlikdan iborat.
U Milandagi “La-Skala” teatrida kuylarkan esidan chiqib qolgan joyida “tra-la-la tra-la-la tra-la-la” deya davom ettirgan. Kim u?
Enriko Karuzo.
1873, Неаполь, Королевство Италия — 2 августа 1921, там же) — итальянский оперный певец. Самый знаменитый и высокооплачиваемый тенор первой четверти XX века
1992-yil iyul oyida Durbandagi "Kings Park" stadionida JAR termasi Kamerunni mag'lub etayotganida tribunalardagi muxlislar baqira boshlaydi. Uch nafar jurnalist bu holatdan hayratga tushadi va keyinchalik o'z maqolalarida mazkur jumlani terma jamoani ifodalash uchun ishlata boshlashadi. Qaysi so`zlarni?
Bafana Bafana.
Izoh: Zulu tilidan “Olg`a bolalar, olg`a bolalar” deb tarjima qilinadi.
Ikkinchi savolimiz. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, SHUNDAY nom bilan e`zozlangan. Savol: Qanday?
“Ikkinchi muallim”.
Qabul: “Al-muallim as-soniy”, “Sharq Arastusi”.
Izoh: Yunon tili va falsafasini yaxshi bilgan Forobiy Arastuning “Metafizika” asariga sharh yozgan.
BU manbada 0 dan 5 gacha bo`lgan shkaladan foydalaniladi. Agar shkala 5 ga teng bo`lsa, demak xavf deyarli qolmagan. Savol: Qaysi manba?
“Qizil kitob”.
Qizil fon mamlakatning xalqaro aloqalarga ochiqligini bildirsa, yashil yulduz ham mamlakatning boshqa davlatlar bilan munosabat o`rnatish masalasida ochiq siyosat yuritishini ifodalaydi. Qaysi bayroq?
Marokash bayrog`i.
Charxpalakning tezligi shundayki, uni to`xtatib o`tirmasdan bo`shagan kabinkaga boshqa mijozlarni bemalol chiqarib olishga ulgurishadi. Faqat IKKINCHILAR va UCHINCHILAR tufayli charxpalak to`xtab turishi mumkin. Savol: IKKINCHILAR va UCHINCHILARNI kimligini ayting.
Nogiron va yoshi kattalar.
Izoh: Metrodagi e`londa birinchilar – yosh bolalilar)
“Frimenning orzusi” nomli asari uchun muharrirdan 100 dollar mukofot olgan yozuvchi ma`lum muddat Mark Tven bilan qo`shni bo`lib yashagan. 1862-yilgi Oq uyga tashrifida emansipatsiya masalasi nega ortga surilayotgani haqida savollar bergandi. Savol: U kim?
Garriet Bicher Stou.
Izoh: Frimen – ozod odam degani, Stouning eng mashhur asari qulchilikka bag`ishlangan. Linkoln bilan uchrashuvda u haqida: Katta urushni boshlagan kichikkina ayol – degan ta`rif olgani haqida eshitgansiz.
UNING laqablari: “Abadiy chempionlar”, “Oqlar”, “Qabila sardorlari”, “Mashhur” kabilardir. O`z nomini ispanlarga qarshi ozodlik harakatini boshlagan sardor sharafiga olgan. UNI ayting.с
“Kolo-Kolo”.
Izoh: Chilining eng mashhur futbol klublaridan biri.
Forobiy ULARNI tanqid qilib, ularning qilayotgan ishlari safsata ekanligini aytgan. “U” jahon adabiyotidagi mashhur asar. Savol: U o`rnidagi so`zni ayting.
“Alkimyogar”.
Unchalik ham ijobiy bo'lmagan bu odatni inglizlar "it qulog'i yasash" deb atashadi. Qaysi odat?
Kitob o'qiyotganimizda to'xtagan joyni belgilab qo'yish uchun o'sha sahifani qayirib qo'yish!
Bayroq yashil fon va uning ichida joylashgan qizil aylanadan iborat. Yashil rang islomga, qizil aylana quyoshga ishora deyishgan. Savol: Qaysi bayroq?
Bangladesh bayrog`i.
1993-yilda London Eye ni qurish haqida gaplar paydo bo`ldi. Qurilish 1999-yilda yakunlangan. Bu loyiha UNI kutib olish uchun qurilishi kerak edi. Shu boisdan loyihaning ilk nomi “U Charxpalagi” deb atalgan. Savol: U o`rnidagi qo`sh undoshli xorijiy so`zni ayting.
Millenium.
Izoh: Yangi mingyillikni kutib olish uchun ushbu loyiha amalga oshirilgan.
Uning ijodi Vena operettasi taraqqiyot davrini yakunlab bergan. “Monmartr fialkasi”, “Sirk qirolichasi”, “Marinka” kabi ijod namunalarini meros qoldirgan. Savol: U kim?
Imre Kalman.
1882 — 30 октября 1953) — венгерский композитор,
Bu asosan Sharqiy Afrikada uchraydigan velosiped va mototsikl taksisi bo'lib, dastlab 1990-yillar o'rtalarida Keniya va Uganda o'rtasidagi Busia mintaqasida chegara bo'ylab odamlarni tashish uchun tashkil etilgan. Transport nomini ayting.
Boda-boda.
Izoh: Border border ya`ni chegara deb baqirishgani uchun shu so`z transport nomiga ko`chgan.
Forobiy ustozlaridan biri Yuhanna ibn Xiylondan tabobat va mantiq ilmini o‘rgandi. Boshqa bir ustozi Abu Bashar Matta ibn Yunusdan esa shu ikki sohani o`rgangan. Savol: Bu sohalardan birontasini ayting
Yunon tili va falsafasi.
Izoh: Forobiy bu sohalarni yaxshi bilganini eslab o`tdik.
Jorj Gissing shunday degandi: Men har bir kitobimni hididan taniyman, ularni hidlashim bilan turli narsalar haqidagi xotiralar esga tushaveradi. Savol: Jorj qaysi termin haqida gapirgan?
Bibliosmiya
bu kitoblarning hidini yoqtiruvchi kitobxonlarga nisbatan ishlatiladigan atama.
Qora, sariq, qizil, qora, sariq, qizil chiziqlar ketma-ketlikda joylashgan. Markazda esa sharqiy tojdor turna tasviri bor. Qora rang afrikaliklarni, sariq rang quyoshni, qizil rang birodarlikn ifodalaydi. Qaysi davlat bayrog`i?
Uganda bayrog`i.
Devid va Juliya loyihani taqdim etishganida qurilish borasida aniq taklif olishmaydi. Baxtli tasodifni qarangki, loyiha homiysi bo`lgan tashkilot rahbari juftlikning qo`shnisi bo`lgan. Savol: Qo`shni Bob Elling qaysi kompaniya rahbari bo`lgan?
British Airways.
Izoh: Charxpalakda siz osmonga ko`tarilasiz, faqat sal pastroqqa.
1938-yilda "Myunxen shartnomasi" imzolanganidan so'ng Angliyaga qaytgan bosh vaziri Nevill Chemberlen darhol UNGA qo'ng'iroq qilib, unga fyurerning minnatdorchiligini yetkazadi. U kim?
Genri Tendi.
Izoh: U boshliq ingliz harbiylari tarkibida Adolf Gitler bo'lgan nemis qo'shiniga hujum qiladi. Hujum muvaffaqiyatli o'tadi. Jangdan so'ng yaradorlar orasida Adolfni ko'rgan Tendi uni otib tashlamaslikka qaror qiladi.
XIX asrda UNGA tegishli ko`rsatkich 872-999 nafar bo`lgan deb baholanadi. U har safar o`z ishini bitirganidan keyin bittadan tosh tashlab ketgan. Bu toshlar Viti-Levu oroli shimolidagi Rokirakida saqlanib qolgan. Savol: U kim?
Unre Unre/Udre Udre.
Izoh: Fidji qabilalari sardori, "Ginnes rekordlar kitobi"ga "eng ko'p odam yegan inson (kannibal)" sifatida kiritilgan. Garchi bu to'liq isbotlanmagan fakt bo'lsada.
Forobiy uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn BALKI … BALKI. Savol: 1968-yilda yaratilgan manbani eslagan holda alloma ismining oxirgi ikki qismini toping.
O`zlug` va Tarxon.
Izoh: Asli nasli balki O`zlug`, Balki Tarxon O`zbegim.
Mashhur bir asarni ilk bora rus tiliga tarjima qilgan Aleksandr Sumarokov bosh qahramon ismini quymoq deb o`ylagan. Savol: Qaysi asar?
“Hamlet”.
Ko`k, oq, ko`k chiziqlardan tuzilgan bu bayroq markazida mamlakatga xos bo`lgan kvezal qushini, 1821-yil 15-sentyabr sanasi yozilgan pergamentni ko`rish mumkin. Davlat ikkita okean orasida joylashgani ko`k, oq, ko`k ketma-ketligiga monand. Qaysi bayroq?
Gvatemala bayrog`i.