O‘zbekistonning eng yangi tarixi qaysi yildan boshlanadi?
1991 yildan
Tarixni davrlarga ajratish nima deb ataladi?
davrlashtirish
Tarix fanining asosiy maqsadi nima?
barkamol avlodni tarbiyalash
Tarix fanining predmeti nimani o‘rganadi? (bitta ibora bilan)
tarixiy jarayonlar
Sovet davrida tarix nechta formatsiyaga bo‘lingan?
5ta
buyuk g'alabaning 75 yilligi qachon nishonlangan
2020 yil 9may
Tarix fanida obyekt nima?
jamiyat va tarixiy voqealar
Davrlashtirish noto‘g‘ri qilinsa, tarixiy tushunchaga qanday zarar yetadi?
jarayonlar noto'g'ri talqin qilinadi
Tarixni xolis o‘rganishning asosiy prinsipi nima?
haqiqiylik va xolislik
Tarix fanida predmet nima?
jarayonlarning qonuniyatlari
Milliy davrlashtirish nimaga asoslanadi?
hududning o'ziga xos rivojiga
"Ilm dunyoning izzati,oxiratning sharofatidir.Ilm inson uchun g'oyat muqaddas bir fazilatdur ,zeroki,ilm bizga o'z ahvolimizni,harakatimizni oyna kabi ko'rsatur,zehnimizni,fikrimimizni qilich kabi o'tkir qilur,ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur".Bu fikrlar kimga tegishli?
Abdulla Avloniy
Tarixiy haqiqatni buzadigan asosiy omil nima?
mafkura yoki siyosiy ta'sir
vatanimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish,bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish,gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo'llab quvvatlashimiz lozim.O'tmishga berilgan baho albatta xolisona,eng muhimi,turli mafkuraviy qarashlardan holi bo'lishi zarur.Ushbu jumlalar kimga tegishli?
Shavkat Mirziyoyev
Bir davlatda tarixiy xotira asta-sekin yo‘qolib boradi: yoshlar o‘tmishni bilmaydi, tarixiy voqealar noto‘g‘ri talqin qilinadi. Qizig‘i shundaki, bu davlatda iqtisodiyot yaxshi ishlayapti, texnologiya rivojlangan.Shunday bo‘lsa ham, mutaxassislar bu holatni xavfli deb hisoblaydi.
Nega tarixiy xotiraning yo‘qolishi, hatto rivojlangan davlatda ham, jiddiy xavf hisoblanadi?
Chunki tarixiy xotira yo‘qolsa, jamiyat o‘zligini va birlikni yo‘qotadi, natijada uzoq muddatda barqarorlik izdan chiqadi va xatolar takrorlanadi.