Empatiya va tushunish

Motivatsiya berish

Moslashu
vchanlik
Hamkorlik

100

Nega empatiya o‘qituvchining uzoq muddatli kasallik bilan davolanayotgan bola bilan samarali ishlashi uchun zaruriy shaxsiy sifat hisoblanadi?


Chunki empatiya bolaning his-tuyg‘ularini chuqur tushunishga yordam beradi va o‘qituvchi bilan ishonchli munosabat o‘rnatishga zamin yaratadi.


100

O‘qituvchi bolani o‘z imkoniyatlariga ishonishi va bilim olishda faol bo‘lishi uchun qanday psixologik yondashuvlardan foydalanishi kerak?


Ijobiy fikrlashni targ‘ib qilish, shaxsiy yutuqlarni tan olish va maqsad sari harakat qilishga ruhlantirish orqali.

100

Uzoq muddatli davolanayotgan bolaga ta’lim berishda moslashuvchanlikni amalga oshirishda qanday metodlar ishlatiladi?

Masofaviy ta’lim, individual dars rejalari, qisqa muddatli va bosqichma-bosqich o‘rganish yondashuvlari.

100

O‘qituvchi, ota-ona va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning o‘qish va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bolaga sog‘lig‘iga mos, qulay, barqaror va individual ehtiyojlarga mos o‘quv muhitini yaratadi.

200

O‘qituvchining empatik yondashuvi bolaning psixologik holatiga qanday uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir qanday o‘quv samaradorligiga olib keladi?


Empatik yondashuv bolaning o‘zini tushunilgan va qadrlangan his etishiga olib keladi, bu esa ruhiy barqarorlikni mustahkamlaydi va o‘quvga bo‘lgan ichki motivatsiyani oshiradi.


200

Kasallikdan aziyat chekayotgan bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasaygan holatda o‘qituvchi qanday strategiyalar bilan uni darsga jalb qilishi va faol o‘rganishga undashi mumkin?


Unga mos kichik maqsadlar belgilab, har bir yutuqni e’tirof etish, ijobiy til ishlatish, shaxsiy e’tibor berish hamda ilgari erishgan natijalar bilan solishtirib motivatsiya yaratish orqali.

200

Moslashuvchanlik tamoyiliga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi bolaning sog‘lig‘i, emotsional holati va bilim darajasini qanday integratsiyalab, samarali o‘quv rejasini tuzishi mumkin?

Bolaning tibbiy holati, psixologik ehtiyojlari va o‘quv yutuqlarini birgalikda hisobga olib, dinamik o‘zgaruvchi, bosqichli va individuallashtirilgan reja ishlab chiqadi.

200

Uzoq muddatli davolanuvchi bolaning o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishda o‘qituvchi va boshqa mutaxassislar o‘rtasida qanday axborot almashinuvi va roldagi aniqlik muhim ahamiyatga ega?


Doimiy axborot almashinuvi — bolaning sog‘lig‘i, emotsional holati va ta’limdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida aniqlik yaratadi; rollar aniq bo‘lsa, har bir tomon o‘z vazifasini to‘g‘ri bajaradi va bola uchun yaxlit qo‘llab-quvvatlov muhitini yaratadi.


300

O‘qituvchi empatiyani namoyon qilish orqali bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishida qanday o‘zgarish yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi?

Bola o‘zini tushunilgan va qadrlangan his qiladi, bu esa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

300

O‘qituvchi uzoq muddatli kasallikka chalingan bola uchun ichki va tashqi motivatsiyani uyg‘otishning qanday strategiyasini qo‘llashi mumkin?


Bolaning harakatini e’tirof etib, rag‘batlantirish orqali uni o‘qishga ruhlantiradi.


300

Moslashuvchanlik prinsipiga asoslanib, o‘qituvchi sog‘ligi yomonlashgan bola bilan qanday ta’limiy aloqani saqlab qolishi mumkin?

Masofaviy darslar yoki individual topshiriqlar orqali bog‘lanishni davom ettiradi.

300

Ko‘p tomonlama hamkorlikda bolaning ta’lim jarayoni muvofiqlashtirilishi uchun o‘qituvchi qanday yetakchilik rolini o‘z zimmasiga oladi?


O‘quv jarayonini boshqarib, barcha mutaxassislar bilan aloqani muvofiqlashtiradi.

400

Agar o‘qituvchi empatiyadan foydalana olmasa, bu uzoq muddatli davolanayotgan bolaning psixologik holati va o‘quv faoliyatiga qanday salbiy oqibatlarga olib keladi?


Bola o‘zini yolg‘iz, tushunilmagan his qilishi mumkin, bu esa depressiya, ijtimoiy izolyatsiya va o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga olib keladi.

400

Murakkab sog‘liq muammolari bilan kurashayotgan bolani motivatsiyalashda o‘qituvchining noto‘g‘ri yoki haddan ziyod bosimli yondashuvi qanday salbiy natijalar keltirib chiqarishi mumkin?


Bola o‘zini yetarli emas deb his qilishi, o‘qishga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi yoki o‘zini chetga tortishi mumkin.

400

O‘qituvchi moslashuvchanlikka amal qilmaslik orqali bolaning individual ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirsa, bu uning bilim olish sur’atiga va psixologik holatiga qanday ta’sir qiladi?


Bola darslardan orqada qoladi, o‘zini muvaffaqiyatsiz his qiladi, stress kuchayadi va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi yo‘qoladi.

400

O‘qituvchi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilmasa yoki noto‘g‘ri axborot almashinuvi yuz bersa, bu bolaning o‘quv jarayoniga qanday murakkabliklar olib keladi?

Davolanish va ta’lim jarayoni o‘zaro nomuvofiq bo‘ladi, bola ortiqcha zo‘riqish yoki e’tiborsizlik tufayli jismoniy va ruhiy holatidan aziyat chekadi.

500

o‘qituvchi empatiyani faqat rahm qilish sifatida qabul qiladi. Bu noto‘g‘ri tushunchaning bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi va o‘quv motivatsiyasiga qanday zararli ta’siri bo‘lishi mumkin?


Rahm qilish bolaning o‘zini ojiz his etishiga olib keladi, bu esa passivlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi va faol bilim olishdan chekinishga sabab bo‘ladi.

500

Motivatsiyaning individual xarakterga ega ekanini hisobga olmasdan, barcha bolalarga bir xil rag‘bat va metodni qo‘llash qanday xatoliklarga olib keladi? Misol bilan tushuntiring.

Boshqalarga yordam beradigan usul ayrim bolalarda aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin bu esa bolaning o‘zini anglashida ichki qarama-qarshilik va qiziqish yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.


500

Agar o‘qituvchi ta’lim moslashuvini faqat texnik vositalar (masofaviy platformalar) bilan cheklab qo‘ysa, bola uchun qanday chuqur pedagogik muammolar yuzaga keladi?

Ta’lim jarayoni yuzaki va jonli aloqa yetishmaydigan bo‘ladi, bolaning individual ehtiyojlari, emotsional jihatlari e’tiborsiz qoladi, bu esa bilimning yuzaki o‘zlashtirilishiga va hissiy ajralishga olib keladi.

500

Hamkorlikda yagona strategiya va umumiy maqsad yo‘qligida (o‘qituvchi, ota-ona, shifokor, psixolog o‘rtasida), bolaning ta’lim jarayoni qanday tartibsizliklarga duch keladi va bu uning shaxsiy rivojlanishiga qanday xavf tug‘diradi?


Tashabbuslarning uyg‘unlashmaganligi bolaning o‘z ustida ishlashiga to‘sqinlik qiladi, maqsadlar chalkashadi, ziddiyatli signal va bosimlar tufayli bola ruhiy tushkunlik va charchash holatiga tushishi mumkin.

M
e
n
u