Hyman Minsky moliyaviy inqirozni qanday taʼriflaydi ?
Minsky fikricha moliyaviy inqiroz moliyaviy barqarorlikdan beqarorlikka oʻtish bosqichi, bunda qarzlarning haddan tashqari ortishi va ularning qaytarishning imkonsizligi oqibatida moliya tizimining izdan chiqishi sifatida taʼriflaydi
2013-yil 1-yanvar maʼlumotiga koʻra SDR valyuta savatida AQSH dollarining ulushi necha foiz edi?
41.9 foizga teng
Qaysidir davlatlar uchun qaysidir koʻrsatkich YAiMga nisbatan 60% foizda belgilanadi. Qaysi koʻrsatkich?
Yevropa davlatlari uchun davlatning umumiy qarzi ( ichki va tashqi qarzlar yigʻindisi)
Valyuta inqirozi nima?
Bu mamlakat milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy muammo boʻlib, u odatda xalqaro bozorlarda ishonchsizlik ortishi natijasida sodir boʻladi
Charlz Kindleberger moliyaviy inqirozni qanday taʼriflaydi ?
Kindleberger moliyaviy inqirozni bozor ishtirokchilari xatti harakatlaridagi beqarorlik oqibatida yuzaga keladigan , narxlar va aktivlar qiymatining haddan tashqari oʻzgarishidir
2001-2004 yillarda boʻlgan qaysi hodisa natijasida yevrozonaga kiruvchi mamlakatlarning eksport salohiyati yomonlashdi?
Yevroning AQSh va boshqa yetakchi jahon valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi
Yaponiya toʻlov balansining joriy operatsiyalar boʻlimida qancha defitsit qayd etilgan
172.8 milliard iyen defitsit qayd etilgan
Majburiy valyuta intervensiyasini amalga oshirish uchun kuchli valyuta emitenti tomonidan zaif valyuta emitentiga chegarasiz kredit liniyasi ochilishi kerak , bu kreditlar dastlab necha kun amal qilgan ?
45 kun
Valyuta inqiroziga qaysi holatlar mos?
Fond bozorining hajmi 20 foizdan ortiq qisqarishi , banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki baravar oshishi , shuningdek milliy valyutaning kursi 10 foizdan yuqori pasayishi
Majburiy valyuta intervensiyasini amalga oshirish uchun qanday vazifa bajarilishi shart?
Kuchli valyuta emitenti tomonidan zaif valyuta emitentiga chegarasiz kredit liniyasi ochilishi shart
2008-2009 yillarda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi natijasida Markaziy banklar Tijorat banklariga avvalgidan koʻra koʻproq kredit ajratishni boshladi . Shunday ekan oʻsha paytda qaysi davlatlar markaziy banklari umumiy hisobda 600 milliard yevrodan ziyod kredit ajratgan ?
AQSH , Yevropa Markaziy banki , Angliya , Yaponiya , Shveytsariya
XX asrning 70-90 yillarida koʻplab markaziy banklar valyuta intervensiyasini qaysi valyutaga nisbatan olib borishgan?
AQSH dollariga nisbatan
Valyuta inqirozi bir necha omillar taʼsirida vujudga keladi , ular nechta?faqat nechtligini ayting
6 ta
1992-1993 yillarda yuz bergan valyuta inqirozi paytida qaysi davlatlar olib borgan intervensiyalar foyda bermadi?
Angliya va Italiya
Angliya Markaziy banki inqirozning dastlabki davrida qayta moliyalashtirish kreditlarini oshirishga shoshilmadi sababi nima edi buni?
Chunki bank hukumat qimmatli qogʻozlari , shuningdek kompaniyalar , va banklarning obligatsiyalari hamda ipoteka obligatsiyalarini garovga olib tijorat kredit ajratish amaliyotini oldindan bajarib kelgan
AQSHdagi qaysi toʻfonlarni oqibatlarini bartaraf etish AQSH dollarining taklifini koʻpayishiga olib keldi?
Katrina va Rita
Valyuta inqirozi bir necha omillar taʼsirida vujudga keladi , ularni sanang?
1. Toʻlov balansining muvozanatsizligi 2. Past foiz stavkalari va investitsion ishonchsizlik; 3. Davlat qarzining ortib borishi; 4. Siyosiy barqarorlikning yoʻqligi; 5. Valyuta siyosatidagi notoʻgʻri qarorlar; 6. Spekulyativ hujumlar.
XX asrda yuz bergan jahon valyuta inqirozlari asosan qaysi omillar bilan bogʻliq boʻlgan
Yirik rivojlangan mamlakatlarning uzoq muddat davomida davlat byudjeti defitsiti va salbiy tashqi savdo balansiga ega boʻlishi ;
Davlatning tashqi qarzi hajmining YaIMga nisbatan tez suratda oshishi;
Ipoteka kreditlarini berish siyosatining ortiqcha yumshatilishi va uy joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin oshishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari va ustav kapitali oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi
Yevropa Markaziy Banki inqirozdan oldin qayta moliyalashtirish kreditlari uchun davlat qimmatli qogʻozlari , kompaniyalar va banklarning aktivlari bilan taminlangan obligatsiyalarni garov sifatida qabul qilgan boʻlsa , inqirozdan keyin qaysi ikki qimmatli qogʻozlarni ham qabul qilishni boshladi
Korporativ aksiyalar va ipoteka obligatsiyalarini ham garovga qabul qilishni boshladi
2010 -yilda Yaponiya Markaziy banki qancha miqdorda muammoli aktiv sotib olgan?
55 trillion iyen