VI A guruhining zamonaviy raqami nechanchi guruh hisoblanadi?
6-guruh
Oltingugurtning kimyoviy belgisi nima?
S
Selenning kimyoviy belgisi nima?
Se
Kislorod odatdagi sharoitda qanday rangli gaz?
Rangsiz gaz
Suvning kimyoviy formulasi qanday?
H2O
VI A guruh elementlari qanday umumiy nom bilan ataladi?
Xalkogenlar
Kislorodning kimyoviy belgisi nima?
O
Tellurning kimyoviy belgisi nima?
Te
Oltingugurt odatdagi sharoitda qanday rangli qattiq modda?
Sariq
Oltingugurt(IV) oksidning formulasi qanday?
SO₂
VI A guruhining asosiy elementlarini sanab bering.
Kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy
Kislorodning oddiy modda holatidagi formulasi qanday?
O2
Poloniyning kimyoviy belgisi nima?
Po
Kislorod yonishni o‘zi yonmasdan qo‘llab-quvvatlaydimi?
Ha
SO₂ birikmasining nisbiy molekulyar massasini toping.
Mr=32+(2*16)=64
VI A guruh elementlarining tashqi elektron qavatida nechta elektron mavjud?
6 ta
Ozonning kimyoviy formulasi qanday?
O3
VI A guruhidagi qaysi element radioaktiv metalloid/metall xususiyatlari bilan ajralib turadi?
Poloniy — radioaktiv metall
Vodorod sulfidning formulasi qanday?
H2S
H₂SO₄ tarkibida nechta kislorod atomi bor?
4 ta
VI A guruhida yuqoridan pastga tushgan sari atom radiusi qanday o‘zgaradi?
Ortib boradi
Oltingugurt kislorodda yonganda asosan qanday modda hosil bo‘ladi?
SO₂
VI A guruhida metallik xususiyat yuqoridan pastga qarab qanday o‘zgaradi?
Ortib boradi
VI A guruh elementlarining vodorodli birikmalariga umumiy misol keltiring.
H₂O, H₂S, H₂Se, H₂Te
H₂SO₄ ning nisbiy molekulyar massasini hisoblang.
Mr=2+32+64=98