1
2
3
100

Vijdon erkinligi tushunchasiga ta'rif bering. Bu qanday huquq hisoblanadi?

Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

100

Konstitutsiyaning 35-moddasi mazmunini so'zlab bering.

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.

100

Huquq tizimi tushunchasiga ta'rif bering.

Huquq tizimi – huquqning tarkibiy elementlarining ichki tuzilishidir.

200

Voyaga yetmaganlarni diniy tashkilotlarga jalb etish borasida qonunda qanday cheklov bor?

Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga yoki ota-onasi/qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo'l qo'yilmaydi.

200

Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga munosabatini ko'rsatish mumkinmi? Nima uchun?

Yo'q, mumkin emas. Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.


200

Huquq normasi tushunchasiga ta'rif bering.

  • Huquq normasi – davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki ma'qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor qoidasidir.

300

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida vijdon erkinligi kafolatlangan?

35

300

Diniy yoki ateistik e'tiqodga asoslangan adovat va nafrat uyg'otish uchun qonunda qanday javobgarlik nazarda tutilgan?

Diniy yoki ateistik e'tiqodga asoslanib adovat va nafrat uyg'otish, fuqarolarning his-tuyg'ularini haqorat qilish yoki muqaddas diniy e'tiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi (4-modda).

300

Huquqiy munosabatlar tushunchasiga ta'rif bering.

  • Huquqiy munosabatlar – shaxslar o'rtasidagi yuridik aloqa bo'lib, bu ularning o'zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi.

400

Diniy ta'lim muassasalarida o'qishga fuqarolar qachon qabul qilinadi va bu yerda kim dars berish huquqiga ega?

Fuqarolar umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki professional ta'lim olganidan keyin diniy ta'lim muassasalariga qabul qilinadi. Diniy professional ta'lim olgan shaxslar esa diniy ta'lim muassasalarida diniy fanlarni o'qitish huquqiga ega.

400

Huquqiy institut tushunchasiga ta'rif bering

  • Huquqiy institut – bu bir huquq sohasi doirasidagi yoki ular tutashuvidagi bo'lgan, sifat jihatidan bir xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning alohida guruhidir.
400

Amal qilish hududiga ko'ra huquq normalari qanday turlarga bo'linadi?

umumiy va mahalliy

500

Huquqiy munosabatlarning elementlarini sanab bering.


  1. Huquq obyekti, huquq subyekti, yuridik fakt (harakat va hodisa)lar, subyektiv huquq va yuridik majburiyat.





500

Gipoteza, dispozitsiya va sanksiya nima ekanligini tushuntiring.

  • Gipotezada — huquq normasida belgilanadigan qoida qanday sharoit va holatda, kim tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatiladi. Dispozitsiyada — gipotezada ko'rsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalanadi. Sanksiya — dispozitsiyada ko'rsatilgan qoidani buzgan shaxsga nisbatan davlat organi qo'llashi mumkin bo'lgan ta'sir chorasini belgilaydi.

500

Fuqaroning dinga bo'lgan munosabatini belgilashda majburlashga yo'l qo'yiladimi? Qonunning qaysi moddasida bu ko'rsatilgan?

Yo'q. Fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki qilmaslikka nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni majburlashga yo'l qo'yilmaydi (4-modda).

M
e
n
u