URL qisqartmasining to'liq ma'nosi nima?
Uniform Resource Locator (Resurslarning bir xil joylashuvi).
Dunyodagi eng mashhur va eng ko'p ishlatiladigan qidiruv tizimi qaysi?
Google.
Savol: URL tarkibidagi "https://" qismi nimani anglatadi?
Protokol (ma'lumot uzatish qoidasi, 's' harfi xavfsiz ekanligini bildiradi).
Qidiruv tizimlari internetdagi sahifalarni skanerlash uchun ishlatadigan maxsus dasturlar nima deb ataladi?
Crawler (Krouler) yoki O'rgimchak-botlar (Spider-bots)
Savol: www.google.com manzilida ".com" qismi nima deb ataladi?
Yuqori darajali domen (Top-Level Domain - TLD).
"Indexing" (Indekslash) jarayoni deganda nima tushuniladi?
Topilgan ma'lumotlarni qidiruv tizimining ulkan ma'lumotlar bazasiga saralab joylashtirish.
URL tarkibidagi "domain" va "path" (yo'l) o'rtasidagi farq nima?
Domen - bu saytning nomi (masalan, kun.uz), yo'l esa o'sha sayt ichidagi aniq sahifa yoki fayl manzili (masalan, /news/12).
Qidiruv tizimi natijalari sahifasida (SERP) birinchi bo'lib chiqish uchun saytni optimallashtirish jarayoni nima deyiladi?
SEO (Search Engine Optimization).
Subdomen nima va unga misol keltiring?
Asosiy domen tarkibidagi kichik domen. Masalan, "mail.google.com" dagi "mail" qismi.
Qidiruv tizimi algoritmlari foydalanuvchiga natija chiqarishda qanday asosiy tamoyilga tayanadi? .
Relevanthik (ma'lumotning foydalanuvchi so'roviga qanchalik mos kelishi)