B. Sarimisoqov "maxsus tur" deb atagan xalq og'zaki ijodi janrlarini ayting
Maqol, topishmoqlar
O‘zbek folkloridagi turlar nechta va ular qaysilar?
4 ta : lirik, epik, dramatik, maxsus
Qanday dostonlar baxshilar tomonidan kuylanadi?
Xalq dostonlari
Askiya janri qaysi turga mansub?
Dramatik tur
Epik turga mansub bo‘lgan janrlarni ayting
Afsona, doston, latifa
Insonning his-tuyg'u, kechinmalari ifodalanadigan og'zaki ijod janri nima?
Qo‘shiq
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra qanday ajratiladi?
2 turga: nasriy va she’riy topishmoqlar
“Rustamxon” dostonlarning mazmuni jihatdan qaysituriga mansub?
Ishqiy-sarguzasht
Sultonxon Huroyim yoriga Qurudum mamlakatidan qancha yilda qaytishini aytadi?
14 yilda
Qaysi folklor janri ”otalar so‘zi ” deb ham ataladi?
Maqol
Sultonxon Qurudum mamlakatiga nechta mahram bilan ketadi?
600 ta
Folklor atamasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan?
1846-yilda Vilyam Toms tomonidan
Huroyim Oqtosh mamlakatida podsholik qilayotgan vaqt uning bir kanizi bor edi. Uning ismi nima?
Ximcha
Qaysi dostonda ota o‘z o‘g‘lini “nor kalla qo‘chqor” deb ataydi?
“Rustamxon” dostonida
Inson hayotida yoki tabiatda ro'y bergan biror hodisadan ta'sirlanish natijasida paydo bo'lgan munosabatni his-tuyg'u vositasida ifodalovchi asarlar qaysi turga mansub?
Lirik turga
Rustam va Huroyimning tirikligini bilib, shum kampirni ishga solganlar kim edi?
Huroyimning 2 kundoshi
Mavsumiy-marosim qo‘shiqlariga 2 ta misol ayting
“Chittigul”, “Boychechak”
“Dunyoda “Bir qo‘rqqan yomon, bir quvonganyomon”, degan gap bor”.
Ushbu jumla qaysi xalq dostoni qahramoni tilidanaytilgan?
“Rustamxon” da Sultonxon tilidan
Ikki kundoshning kirdikorlari oshkor bo‘lgandan keyin ularga qanday jazo beriladi?
O‘limga mahkum etiladi
Qo’ylarni sog’ish paytida qaysi qo’shiq aytiladi?
“Turey-turey”
Shum kampir Huroyimni zindonband etib, uning qiyofasiga kirib , dev yordamida kimni o‘ldirmoqchi bo‘ladi?
Rustamni
Sultonxon kimga “Dunyoda «bir qo‘rqqanyomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Men quvongandan yuragim yorilib o‘lib qolmayin... oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdantanga-tilla berarman, balki qo‘rg‘onbegi qilarman” deydi?
Huroyim yoriga
Ustozdan savol
…
“Rustamxon” dostonida “Ajab suratli bir qiz, jamolikunni xira qilgudek, aqli ketib otdan yiqilib qolgudek” degan ta’rif kimga tegishli?
Oftoboyim
Kim Rustam va Huroyim tirikligini bilib avf so‘rash ilinjida o’zini qalandar qiyofasiga kiritib yurt kezadi?
Sultonxon