Standartlar
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiyasini qabul qilgan yoki tan olgan davlatlar uchun ushbu deklaratsiya rasmiy yuridik jihatdan majburiyatga egami?
YO'Q ( deklaratsiya moddalari va xulosalari tafsiyaviy xususiyatga ega)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?
1948- yil 10-dekabr
Diskriminatsiya — nima?
bu insonning muayyan belgilari (irqi, jinsi, dini, tili, millati va h.k.) tufayli unga boshqalarga nisbatan noqulayroq munosabatda bo'lish, uning huquq va imkoniyatlarini asossiz cheklashdir.
1967-yilda qabul qilingan xalqaro shartnomaga ko‘ra, inson huquqlari va xalqaro huquq nafaqat Yerda, balki qayerda ham amal qilishi belgilab qo‘yilgan?
Ochiq kosmosda (va Oyda)
Sergey Kovalyovning yozishicha, huquq himoyachilari kimningdir huquqlari poymol qilinsa, bong uradi, xavf yaqinlashganda shovqin ko'taradi va shu bilan jamiyatni qutqaradi. Savol: Kovalyov huquq himoyachilarini nimaga qiyos qiladi ?
G'ozlar
Rimni qutqargan g'ozlarga o'xshab, inson huquqlari faollari ham g'ozlardir.
Dunyodagi deyarli barcha davlatlar (196 ta) "Bolalar huquqlari to'g'risidagi konvensiya"ni tan olgan. Ammo faqat 1 ta BMT a'zosi bo'lgan davlat uni hali ham ratifikatsiya qilmagan. Bu qaysi davlat?
AQSH (Amerika Qo'shma Shtatlari)
Yevropa kengashining asosiy organlari nechta va ular qaysilar ?
2 ta
Vazirlar Qo'mitasi, Parlamet Assambleyasi
Derogatsiya (Derogation) — nima?
Favqulodda holat yoki urush paytida davlatning o‘z xalqaro majburiyatlaridan (inson huquqlari bo‘yicha paktlardan) vaqtincha va qonuniy ravishda chekinishi qanday ataladi?
Dunyoda birinchi bo‘lib (1893-yilda) ayollarga saylov huquqini bergan va inson huquqlari tarixida inqilob qilgan davlat qaysi?
Yangi Zelandiya
Savol matnida U so‘zi boshqa 4 so‘z bilan almashgan. Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatishdagi roli uchun Teodor Ruzvelt, Xalqaro diplomatiyadagi sa’y-harakatlari uchun Obama va inson huquqlari faoli bo‘lgan Lyu Syaobolar turli yillarda Unga ega chiqishgan. Savol: Nimaga ega chiqishgan?
Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti
Inson huquqlari bo'yicha xalqaro billni (International Bill of Rights) tashkil etuvchi uchta asosiy hujjatdan birini ayting (Deklaratsiyadan tashqari).
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt YOKI Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt
BMTning inson huquqlari bo‘yicha 9 ta asosiy xalqaro shartnomasidan eng oxirgisi — "Barcha shaxslarni majburiy yo‘qolib qolishdan himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya" qaysi yilda kuchga kirgan?
2010-yil (10-dekabr)
Davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilishini tekshiruvchi, fuqarolarning shikoyatlarini ko'rib chiquvchi va davlatdan mustaqil ishlaydigan mansabdor shaxs (vakil) xalqaro miqyosda nima deb ataladi?
Ombudsman
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi dunyodagi eng ko'p tilga tarjima qilingan hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda u taxminan necha tilda mavjud?
500 dan ortiq (aniqrog'i 560+)
Bunday odamlar yer sharida kam topiladi. Ular bizdan anchagina farqliligi bilan ajralib turishadi. Amerika qonunlariga ko‘ra bunday odamlardan biri qasddan jinoyat qilganda ham ular hech qanday axloq tuzatish kaloniyasiga ham, qamoqqa ham jo‘natilmaydi, negaki bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson huquqlarini poymol qilish hisoblanadi. Savol: Bunday qanday insonlar?
Gap siam egizaklari haqida edi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida qaysi uchta fundamental huquq e'lon qilingan?
Yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.
Mustaqil O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha eng fundamental hujjat — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga aynan qaysi yilda qo'shilgan (ratifikatsiya qilgan)?
1991-yil (30-sentabr — bu Oliy Kengash tomonidan ratifikatsiya qilingan eng birinchi inson huquqlari hujjatidir).
Inson huquqlarini og'ir darajada buzgan jinoyatchilarni xalqaro miqyosda qidirish va ushlash uchun Interpol tomonidan chiqariladigan eng yuqori darajadagi bildirishnoma (order) nima deb ataladi?
Qizil bildirishnoma
1948-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi loyihasi muhokama qilinayotgan vaqtda, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi deklaratsiyaning 18-moddasiga (Dinni o‘zgartirish erkinligi) qat'iy qarshi chiqqan. Buning o‘rniga ular qaysi "huquq"ni kiritishni taklif qilishgan, lekin bu taklif rad etilgan?
(Merlin)
Sehrgarlik va afsunni taqiqlash huquqi.
Inson huquqlari deklaratsiyasida inson so‘zi 354 marta, huquq so‘zi 390 marta, deklaratsiyasi so‘zi 70 marta eslab o‘tilgan. Inson huquqlari deklaratsiyasining paydo bo‘lishi haqidagi maqolada Temur "Tuzuklar"i ham eslab o‘tilgan.
Savol: Inson huquqlari deklaratsiyasi so‘zlari bilan bir necha marta almashtirilgan uch so‘zni aytib bering
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston so‘zi 354 marta, Respublika so‘zi 390 marta, Konstitutsiya so‘zi 70 marta eslab o‘tilgan. Temur “Tuzuklar”i ham o‘z davri uchun Konstitutsiya vazifasini bajargan.
Xalqaro standartlarga ko'ra, inson huquqlari barchaga jinsi, irqi, dini yoki tili bo'yicha hech qanday farqsiz tegishli ekanligini anglatuvchi tamoyil nima deb ataladi?
Kamsitmaslik (Diskriminatsiyaga yo'l qo'ymaslik) yoki Universallik tamoyili.
Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi (ECHR) tarixidagi eng muhim islohot — 11-sonli Protokol qaysi yildan kuchga kirdi? Ushbu yil inson huquqlari tarixida "burilish yili" hisoblanadi, chunki aynan shu yildan boshlab jismoniy shaxslar davlatlarni to'g'ridan-to'g'ri sudga berish imkoniga ega bo'ldilar (avval Komissiya ruxsati kerak edi).
1998-yil (1-noyabr)
Bu huquqiy akt davlat tomonidan shaxslar guruhini jazodan ozod qiladi, biroq xalqaro standartlarga koʻra, qiynoq va genotsid kabi ogʻir jinoyatlarga nisbatan qoʻllanilishi qatʼiyan taqiqlangan. Bu nima?
Amnitsiya
Mahatma Gandi inson huquqlari deklaratsiyasi loyihasini o‘qib chiqib, Eleonora Ruzveltga xat yozadi. Unda u: "Men barcha inson huquqlari manbasini bitta narsada ko'raman, busiz huquqlar shunchaki qog'oz", — deydi. Gandi inson huquqlarining asosi sifatida nimani (qaysi tushunchani) ko'rsatgan?
Insoniy majburiyatlar (yoki inson burchlari). Uning fikricha, majburiyatlar bajarilgan joyda huquqlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.
Ko‘plab tezliksevar abxazlar bir kun bo‘lsa ham burgut bo‘lishni bir umr it kabi yashashdan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblaydilar. Shu sababli abxazlar X dan bosh tortadilar. AQSh va Yevropa mamlakatlarida ham X majburiy talab sifatida belgilangan dastlabki davrlarda «inson huquqlariga navbatdagi hujum» sifatida qabul qilingan. Savol: X ni ikki so‘zda aytib bering.
Xavfsizlik kamari
Abxaziyaliklar avtohalokatga uchrasalar ham - bir umr bog'langan itdek xavfsizlik kamarini taqib yurgandan ko'ra - avtomobilning old oynasi (lobovoy) dan burgut kabi uchib chiqib o‘lishni afzal bilishar ekan.