Xalqaro mehnat standartlari nima?
Javob: Mehnat va u bilan bog‘liq ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi, minimal talablarni belgilovchi huquqiy normalar majmuasi.
Xalqaro mehnat standartlarining nechta asosiy belgisi ko‘rsatilgan?
Javob: 5 ta: xalqaro xarakter, minimal talab, universallik, nazorat va milliy huquqqa ta’siri.
“Minimal talab” deganda nima tushuniladi?
Javob: Davlat xalqaro standartda belgilangan darajadan past tushmaydi, lekin undan qulayroq shartlarni belgilashi mumkin.
Xalqaro mehnat standartlarining asosiy manbalaridan birini ayting.
Javob: XMT konvensiya va tavsiyanomalari.
O‘zbekiston XMTga qachon a’zo bo‘lgan?
Javob: 1992-yilda
Xalqaro mehnat standartlarining uchta asosiy belgisini ayting.
Javob: Xalqaro xarakter, minimal talab va universallik
XMT konvensiyasi va tavsiyanomasining huquqiy farqi nimada?
javob: Konvensiya ratifikatsiyadan keyin majburiy, tavsiyanoma esa majburiy emas va yo‘l-yo‘riq beradi.
Xalqaro mehnat standartlari mazmuniga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Javob: Fundamental huquqlar; mehnat sharoitlari; xavfsizlik va salomatlik; bandlik va ijtimoiy ta’minot; alohida toifalar.
“Munosib mehnat”ning to‘rt ustunini sanang.
Javob: Bandlik, ijtimoiy himoya, mehnatdagi huquqlar va ijtimoiy muloqot
O‘zbekistonda xalqaro mehnat standartlarining huquqiy asoslari sifatida qaysi hujjatlar ko‘rsatilgan?
Javob: Konstitutsiya, Mehnat kodeksi va “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonun.
Xalqaro mehnat standartlari milliy huquqqa qanday ta’sir qiladi?
Javob: To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki transformatsiya orqali amal qiladi.
Konvensiya va tavsiyanomaning ratifikatsiya masalasidagi farqi nimada?
Javob: Konvensiyani ratifikatsiya qilish talab etiladi, tavsiyanoma esa ratifikatsiya qilinmaydi.
1919-yilda XMT qanday hujjat asosida tashkil topgan?
Versal tinchlik shartnomasining XIII qismi asosida tashkil topgan.
1944-yilgi Filadelfiya deklaratsiyasida ilgari surilgan uchta asosiy g‘oyani ayting.
Javob: Mehnat tovar emas; so‘z va uyushish erkinligi taraqqiyotning shartidir; qashshoqlik hamma joyda farovonlikka tahdid soladi.
O‘zbekistonda xalqaro mehnat standartlari doirasida qanday islohotlar amalga oshirilayotgani ko‘rsatilgan?
Javob: Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurash hamda mehnat qonunchiligini takomillashtirish.
Xalqaro mehnat standartlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy vazifalarini ayting.
Javob:
1998-yilgi Fundamental tamoyillar deklaratsiyasida ko‘rsatilgan tamoyillarni sanang.
Javob: Uyushish erkinligi va jamoaviy muzokaralar; majburiy mehnatni bartaraf etish; bolalar mehnatini bekor qilish; kamsitishni bartaraf etish; xavfsiz va sog‘lom mehnat muhiti.
XMTning tashkil topish tarixidagi 1890, 1906, 1919 va 1944-yillardagi asosiy voqealarni ayting.
Javob: 1890 — Berlin konferensiyasi; 1906 — Bern konvensiyalari; 1919 — XMT tashkil topdi; 1944 — Filadelfiya deklaratsiyasi.
Xalqaro mehnat standartlari globallashuv sharoitida qanday xavfni kamaytiradi?
Javob: Mehnat huquqlarining “pastga qarab poygasi” xavfini kamaytiradi.
5. O‘zbekistonda xalqaro mehnat standartlari doirasida qanday islohotlar amalga oshirilayotgani ko‘rsatilgan?
Javob: Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurash hamda mehnat qonunchiligini takomillashtirish.
Xalqaro mehnat standartlarining tushunchasi, asosiy belgilarini ayting.
Javob: Xalqaro mehnat standartlari — mehnat va u bilan bog‘liq ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi, minimal talablarni belgilovchi huquqiy normalar majmuasi. Asosiy belgilari: xalqaro xarakter, minimal talab, universallik, nazorat va milliy huquqqa ta’sir.
Konvensiya va tavsiyanomani huquqiy tabiati, ratifikatsiyasi, vazifasi va nazorati bo‘yicha taqqoslang.
Javob: Konvensiya ratifikatsiyadan keyin majburiy bo‘ladi, ratifikatsiya qilinadi, aniq majburiyatlarni belgilaydi va muntazam hisobot hamda nazoratni nazarda tutadi. Tavsiyanoma esa majburiy emas, ratifikatsiya qilinmaydi, yo‘l-yo‘riq beradi va konvensiyani to‘ldiradi.
1919-yildan 1998-yilgacha xalqaro mehnat standartlari shakllanishining asosiy bosqichlarini ayting.
Javob: 1919-yil — XMT tashkil topdi; 1944-yil — Filadelfiya deklaratsiyasi; 1998-yil — Fundamental tamoyillar deklaratsiyasi
Munosib mehnat” tushunchasining to‘rt ustunini ayting.
Javob: Bandlik, ijtimoiy himoya, mehnatdagi huquqlar va ijtimoiy muloqot.
O‘zbekiston va xalqaro mehnat standartlari bo‘yicha ratifikatsiya qilgan 2 ta qonun hujjatini ayting.
XALQARO MEHNAT TASHKILOTINING XALQARO MEHNAT
NORMALARI QOʻLLANILISHIGA KOʻMAKLASHISH UCHUN UCH
TOMONLAMA MASLAHATLASHUVLAR TOʻGʻRISIDAGI 144-SONLI
KONVENSIYASINI (JENEVA, 1976-YIL 21-IYUN) RATIFIKATSIYA
QILISH HAQIDA