Richard Hodgetts va Fred Luthans fikricha, xalqaro menejment qanday ta’riflanadi?
Bu menejment tushunchalari va usullarini ko‘p millatli muhitda tashkilot maqsadlariga erishish uchun qo‘llash jarayonidir.
Koontz va Weihrich ta’rifiga ko‘ra, xalqaro menejment nima?
Bu turli mamlakatlarda faoliyat yuritish san’ati bo‘lib, u mahalliy madaniyat va global biznes strategiyalariga mos kelishi kerak.
Menejment fanining asoschisi Henry Fayol menejment funksiyalarini nechta deb belgilagan va ular qaysilar?
5 ta funksiya: Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish va koordinatsiya qilish.
Menejment tamoyillari deganda nima tushuniladi?
Boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish uchun qo‘llaniladigan asosiy qoidalar, qonuniyatlar va yo‘nalishlardir.
McDonald's kompaniyasi qaysi strategiya orqali har bir mamlakatda mijozlar talablariga mos mahsulotlarni taklif qiladi?
"Think Global, Act Local" (Global o‘yla, mahalliy harakat qil) strategiyasi.
Xalqaro biznesda tavakkalchilikning asosiy turlaridan biri bo‘lgan siyosiy tavakkalchilik nimani anglatadi?
Davlat hukumatining biznesga ta’siri, qonunlarning o‘zgarishi, siyosiy beqarorlik va milliylashtirish xavfi bilan bog‘liq.
2022-yilda Turkiyada inflyatsiya darajasi necha foizga yetgan va bu xorijiy investorlarga qanday ta’sir qilgan?
80% ga yetgan; xalqaro kompaniyalar narxlarni moslashtirishga qiynalib, ko‘pchilik xorijiy investorlar mamlakatdan chiqib ketgan.
Chet el investitsiyalari va xorijiy korxonalarni o‘z hududida qabul qiluvchi mamlakat qanday nomlanadi?
Qabul qiluvchi davlat (Host Country).
Tesla kompaniyasi Germaniyada zavod ochganida qanday afzalliklardan foydalangan?
U yerdagi yuqori malakali ishchi kuchi va zamonaviy texnologik infratuzilmadan.
Yangi industrial mamlakatlarga (Newly Industrialized Countries) qaysi davlatlar misol bo‘la oladi?
Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya va Meksika.
Baynalmilallashtirish (Internationalization) tushunchasining mazmuni nima?
Kompaniyalar va korxonalar o‘z faoliyatini milliy chegaralardan tashqariga kengaytirish jarayoni.
Singapur xorijiy kompaniyalarga qancha miqdorda korporativ soliq qo‘llaydi?
Standart 17% (innovatsion texnologiyalar bilan ishlasa, 10% yoki 0%).
Dunyoning eng tez ro‘yxatdan o‘tish tizimiga ega bo‘lgan, kompaniyani atigi 1 kunda ro‘yxatdan o‘tkazadigan mamlakat qaysi?
Gruziya.
McDonald's kompaniyasi Rossiyada qish faslida qanday menyu joriy qilgan?
“Qishki menyu” (issiq ichimliklar va yuqori kaloriyali taomlar).
McDonald's kompaniyasining Hindiston bozoriga moslashtirilgan vegetarian va tovuqli burgeri qanday nomlanadi?
“McAloo Tikki”.
Yevropa Ittifoqi talabiga ko‘ra, Apple kompaniyasi o‘z qurilmalarida qaysi port standartiga o‘tishga majbur bo‘ldi?
USB-C standartiga.
Afrika davlatlaridagi issiq ob-havo va tuproq sharoitiga moslashish uchun John Deere o‘z traktorlarini nimalar bilan jihozladi?
Changga chidamli filtrlar va issiqqa moslashgan dvigatellar bilan.
O‘z faoliyatini asosan bir davlat hududida amalga oshiradigan, bosh ofisi va ishlab chiqarish quvvatlari o‘z mamlakatida joylashgan tashkilot qanday ataladi?
Milliy kompaniya.
O‘zbekistonning yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi qaysi kompaniyasi dastlab faoliyatini ichki bozordan boshlab, keyinchalik xalqaro darajaga chiqdi?
Artel.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti mutaxassislarining fikricha, uzoq vaqt davomida yillik aylanmasi qancha bo‘lgan tuzilmalar xalqaro iqtisodiy korporatsiyalar sifatida tan olingan?
100 000 000 AQSh dollaridan ortiq.
Turar joydan tashqarida (tashqi bozorda) sotuvlar ulushi eng yuqori bo‘lgan, sotuvining 98 foizi boshqa mamlakatlarda amalga oshiriladigan eng yirik xalqaro transmilliy korporatsiya qaysi?
Nestle.
Transmilliy kompaniya (TK) nima?
O‘z faoliyatini bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatda amalga oshiradigan, ishlab chiqarish, sotuv, marketing, moliyaviy va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan yirik xalqaro korporatsiya.
Tarixdagi eng dastlabki transmilliy kompaniyalardan biri – Birlashgan Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi qaysi yilda tashkil topgan?
1602-yilda.
2024-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi eng yirik transmilliy kompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan AQShning texnologiya kompaniyasi qaysi?
Apple Inc..
2024-yilgi reyting bo‘yicha dunyodagi eng yirik transmilliy kompaniyalar orasida Saudiya Arabistonining qaysi energetika kompaniyasi ikkinchi o‘rinni egallagan?
Saudi Aramco.