Xalqaro biznesning tuzilishi
Xalqaro bozorni tanlash jarayoni
Maykl Porter "5 kuchi"
Xalqaro aktivlar
Xalqaro bozorda narx
100

Kompaniyaning chet elda o'z filialiga ega bo'lmasdan, mahsulotini xorijga sotishining eng oddiy shakli nima?

Eksport

100

Bozorga kirishdan oldin o'rganilishi kerak bo'lgan, mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni tahlil qiluvchi model nomi?

PEST tahlili

100

Porterning fikricha, bozordagi raqobat darajasiga ta'sir qiluvchi eng asosiy kuch nima?

Mavjud raqobatchilar o'rtasidagi raqobat

100

Xorijiy kompaniyaning kamida 10% ulushini sotib olish va boshqaruvda ishtirok etish nima deyiladi?

FDI

100

Mahsulotni xorijda uning tannarxidan yoki ichki bozordagi narxidan arzonroqqa sotish strategiyasi?

Dumping

200

Ikki yoki undan ortiq mustaqil kompaniyaning ma'lum bir loyihani amalga oshirish uchun birlashishi qanday nomlanadi?

Strategik alyans yoki Qo'shma korxona/Joint Venture

200

Psixologik masofa (Psychic Distance) tushunchasi nimani anglatadi?

Uy bozori va xorijiy bozor o'rtasidagi madaniy va til farqlari

200

Tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirishiga to'sqinlik qiluvchi omillarga bir misol keltiring.

Masshtab tejamkorligi, kapital talabi yoki litsenziyalar

200

Kompaniyaning nomoddiy aktivlariga uchta misol keltiring

Patent, savdo belgisi, brend obro'si, nou-xau

200

Narx belgilashda "Skimming"  strategiyasi qachon qo'llaniladi?

Innovatsion mahsulot bozorda yangi bo'lganda va raqobat yo'qligida yuqori narx qo'yish

300

Kompaniya o'z brendi, texnologiyasi va biznes modelidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga haq evaziga berishi nima?

Franchayzing

300

Kompaniya birinchi navbatda o'ziga geografik va madaniy jihatdan eng yaqin bozorlarga kirishi kerakligini aytuvchi nazariya?

Uppsala modeli

300

Xaridorlarning savdolashish qobiliyati (Bargaining power) qachon yuqori bo'ladi?

Xaridorlar kam bo'lib, sotib olish hajmi katta bo'lganda yoki muqobil mahsulotlar ko'p bo'lganda

300

Greenfield Investment (Yashil maydon investitsiyasi) ning mazmuni nimada?

Xorijda korxonani noldan, yangi bino va uskunalar bilan qurish

300

Eksport qilinayotgan tovarning narxi transport, bojxona va sug'urta xarajatlari tufayli oshib ketishi qanday ataladi? x2

Narx eskalatsiyasi

400

Markaziy qarorgoh strategik qarorlarni qabul qiladigan, ammo mahalliy bo'linmalar yuqori darajada moslashuvchanlikka ega bo'lgan struktura turi?

Matritsali struktura (Transmilliy)

400

Kompaniya o'zi uchun mutlaqo yangi bo'lgan xalqaro bozorga, o'zi ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulot turi bilan kirib borishni rejalashtirmoqda. Ansoff matritsasiga ko'ra, ushbu strategiya qanday nomlanadi? Nima uchun ushbu strategiya matritsadagi boshqa uchta kvadrantga nisbatan eng yuqori riskli (xatarli) hisoblanadi?

  • Strategiya nomi: Diversifikatsiya (Diversification).

  • Yuqori risk sababi: 

    • Bozor noaniqligi

    • Mahsulot noaniqligi

400

O'rinbosar mahsulotlar (Substitutes) xavfi tarmoq foydasiga qanday ta'sir qiladi?

Narxlarning yuqori chegarasini belgilab qo'yadi va foydani cheklaydi

400

Dunningning "OLI" paradigmasidagi "L" harfi nimani anglatadi va u aktivlarga qanday bog'liq?

Location/Joylashuv - ma'lum bir hududdagi resurslar yoki aktivlarning afzalligi

400

Transfer narxlari (Transfer Pricing) deganda nima tushuniladi?

Transmilliy kompaniyaning turli mamlakatlardagi bo'linmalari o'rtasida tovar va xizmatlar uchun o'rnatilgan ichki narx

500

Ierarxik tuzilmaning kamchiliklarini sanang? (3ta)

1. Qaror qabul qilishning sustligi
2. Kommunikatsiyadagi to'siqlar va axborot buzilishi
3. "Silo" effekti (Bo'linmalararo izolyatsiya)

500

Born Global kompaniyalarining an'anaviy xalqaro bozorga kirish jarayonidan asosiy farqi nimada?

Ular tashkil etilgan ilk kunlardanoq xalqaro bozorni maqsad qiladi, bosqichma-bosqich emas

500

Porter modeliga ko'ra, yetkazib beruvchilar (Suppliers) qachon bozorda ustunlikka ega bo'ladi?

Mahsulot noyob bo'lganda yoki boshqa yetkazib beruvchiga o'tish xarajatlari yuqori bo'lganda

500

Portfel investitsiyalari va To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (FDI) o'rtasidagi asosiy farq nimada?

Portfel investitsiyada maqsad faqat dividend/foyda, FDIda esa korxonani nazorat qilish va boshqarish

500

Louis Vuitton kompaniyasi xalqaro bozorga kirishda oddiy narx strategiyasidan emas, qanday narx startegiyasini  qo'llaydi va qanday psixologiyani qo'llaydi?

"Prestige Pricing" (Nufuzli narx belgilash)
"kamlik = yuqori qiymat"- psixologiyasi

M
e
n
u