Kompaniyaning chet elda o'z filialiga ega bo'lmasdan, mahsulotini xorijga sotishining eng oddiy shakli nima?
Eksport
Bozorga kirishdan oldin o'rganilishi kerak bo'lgan, mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni tahlil qiluvchi model nomi?
PEST tahlili
Porterning fikricha, bozordagi raqobat darajasiga ta'sir qiluvchi eng asosiy kuch nima?
Mavjud raqobatchilar o'rtasidagi raqobat
Xorijiy kompaniyaning kamida 10% ulushini sotib olish va boshqaruvda ishtirok etish nima deyiladi?
FDI
Mahsulotni xorijda uning tannarxidan yoki ichki bozordagi narxidan arzonroqqa sotish strategiyasi?
Dumping
Ikki yoki undan ortiq mustaqil kompaniyaning ma'lum bir loyihani amalga oshirish uchun birlashishi qanday nomlanadi?
Strategik alyans yoki Qo'shma korxona/Joint Venture
Psixologik masofa (Psychic Distance) tushunchasi nimani anglatadi?
Uy bozori va xorijiy bozor o'rtasidagi madaniy va til farqlari
Tarmoqqa yangi ishtirokchilarning kirishiga to'sqinlik qiluvchi omillarga bir misol keltiring.
Masshtab tejamkorligi, kapital talabi yoki litsenziyalar
Kompaniyaning nomoddiy aktivlariga uchta misol keltiring
Patent, savdo belgisi, brend obro'si, nou-xau
Narx belgilashda "Skimming" strategiyasi qachon qo'llaniladi?
Innovatsion mahsulot bozorda yangi bo'lganda va raqobat yo'qligida yuqori narx qo'yish
Kompaniya o'z brendi, texnologiyasi va biznes modelidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga haq evaziga berishi nima?
Franchayzing
Kompaniya birinchi navbatda o'ziga geografik va madaniy jihatdan eng yaqin bozorlarga kirishi kerakligini aytuvchi nazariya?
Uppsala modeli
Xaridorlarning savdolashish qobiliyati (Bargaining power) qachon yuqori bo'ladi?
Xaridorlar kam bo'lib, sotib olish hajmi katta bo'lganda yoki muqobil mahsulotlar ko'p bo'lganda
Greenfield Investment (Yashil maydon investitsiyasi) ning mazmuni nimada?
Xorijda korxonani noldan, yangi bino va uskunalar bilan qurish
Eksport qilinayotgan tovarning narxi transport, bojxona va sug'urta xarajatlari tufayli oshib ketishi qanday ataladi? x2
Narx eskalatsiyasi
Markaziy qarorgoh strategik qarorlarni qabul qiladigan, ammo mahalliy bo'linmalar yuqori darajada moslashuvchanlikka ega bo'lgan struktura turi?
Matritsali struktura (Transmilliy)
Kompaniya o'zi uchun mutlaqo yangi bo'lgan xalqaro bozorga, o'zi ilgari ishlab chiqarmagan yangi mahsulot turi bilan kirib borishni rejalashtirmoqda. Ansoff matritsasiga ko'ra, ushbu strategiya qanday nomlanadi? Nima uchun ushbu strategiya matritsadagi boshqa uchta kvadrantga nisbatan eng yuqori riskli (xatarli) hisoblanadi?
Strategiya nomi: Diversifikatsiya (Diversification).
Yuqori risk sababi:
Bozor noaniqligi
Mahsulot noaniqligi
O'rinbosar mahsulotlar (Substitutes) xavfi tarmoq foydasiga qanday ta'sir qiladi?
Narxlarning yuqori chegarasini belgilab qo'yadi va foydani cheklaydi
Dunningning "OLI" paradigmasidagi "L" harfi nimani anglatadi va u aktivlarga qanday bog'liq?
Location/Joylashuv - ma'lum bir hududdagi resurslar yoki aktivlarning afzalligi
Transfer narxlari (Transfer Pricing) deganda nima tushuniladi?
Transmilliy kompaniyaning turli mamlakatlardagi bo'linmalari o'rtasida tovar va xizmatlar uchun o'rnatilgan ichki narx
Ierarxik tuzilmaning kamchiliklarini sanang? (3ta)
1. Qaror qabul qilishning sustligi
2. Kommunikatsiyadagi to'siqlar va axborot buzilishi
3. "Silo" effekti (Bo'linmalararo izolyatsiya)
Born Global kompaniyalarining an'anaviy xalqaro bozorga kirish jarayonidan asosiy farqi nimada?
Ular tashkil etilgan ilk kunlardanoq xalqaro bozorni maqsad qiladi, bosqichma-bosqich emas
Porter modeliga ko'ra, yetkazib beruvchilar (Suppliers) qachon bozorda ustunlikka ega bo'ladi?
Mahsulot noyob bo'lganda yoki boshqa yetkazib beruvchiga o'tish xarajatlari yuqori bo'lganda
Portfel investitsiyalari va To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (FDI) o'rtasidagi asosiy farq nimada?
Portfel investitsiyada maqsad faqat dividend/foyda, FDIda esa korxonani nazorat qilish va boshqarish
Louis Vuitton kompaniyasi xalqaro bozorga kirishda oddiy narx strategiyasidan emas, qanday narx startegiyasini qo'llaydi va qanday psixologiyani qo'llaydi?
"Prestige Pricing" (Nufuzli narx belgilash)
"kamlik = yuqori qiymat"- psixologiyasi