Jahon valyuta tizimi
Xorijiy portfel investitsiyalar
Moliya
Davlatlar
100

Jahon valyuta tizimi nima?

Xalqaro hisob-kitoblar va valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalar va institutlar majmui.

100

Portfel investitsiyasiga qaysi qimmatli qog'ozlar kiradi?

Aksiyalar va obligatsiyalar.

100

Davlat byudjeti nima?

Davlatning yillik daromadlari va xarajatlari rejasi.

100

Italiyaning pul birligi nima?

Yevro

200

SDR nima

XVF yaratgan xalqaro zaxira aktivi (maxsus qarz olish huquqlari).

200

Investor bo'lib kim chiqishi mumkin?

Jismoniy shaxslar, pensiya fondlari, sug'urta kompaniyalari, investitsiya fondlari.

200

Moliya tizimining asosiy bo'g'inlari qaysilar?

Davlat moliyasi, korxonalar moliyasi, uy xo'jaliklari moliyasi, moliyaviy bozor va moliya institutlari.

200

Kanadaning inflyatsiya darajasi necha foiz?

3 foiz

300

Yamayka valyuta tizimi nimani o'zgartirdi?

Oltinning rasmiy pul rolini bekor qildi va suzuvchi kurslarni qonuniylashtirdi (1976-yil kelishuvi).

300

Kapital qochishi (capital flight) nima?

Kapitalning iqtisodiy yoki siyosiy xavf sababli mamlakatdan ommaviy chiqib ketishi.

300

Tijorat banki va markaziy bank farqi nimada?

Tijorat banki aholi va korxonalarga xizmat ko'rsatadi, markaziy bank pul emissiyasi va bank nazoratini amalga oshiradi

300

Italiyaning davlat qarzi qancha?

3,1 trillion yevro (€3 100 000 000 000).


400

Bretton-Vuds tizimida valyutalar qanday bog'langan edi?

Dollar oltinga (35 dollar = 1 unsiya), boshqa valyutalar dollarga bog'langan edi.

400

Kapital aktivlarni baholash modeli (CAPM) nimani aniqlaydi?

Aktivdan kutiladigan daromadni uning bozor xatariga (beta) nisbatan

400

Pulning vaqt qiymati tushunchasi nimani anglatadi?

Bugungi pul kelajakdagi shu miqdordagi puldan qimmatroq, chunki uni investitsiya qilib daromad olish mumkin.

400

Kanadada joriy etilgan real-time rail(RTR) nima?

Payments Canada tomonidan boshqariladigan Kanadaning kunu tun va yil davomida uzluksiz ishlaydigan milliy tezkor to‘lov infratuzilmasi

500

Maastrixt yaqinlashish mezonlariga ko'ra byudjet taqchilligi va davlat qarzi YaIMning necha foizidan oshmasligi kerak?

Taqchillik 3%, davlat qarzi 60%.

500

Valyuta xatariga qarshi himoya (hedging) qanday amalga oshiriladi?

Forvard, fyuchers, opsion va svop shartnomalari orqali kelajakdagi kursni oldindan qotirish.

500

Fisher effekti nimani ifodalaydi?

Nominal foiz stavkasi real stavka va kutilayotgan inflyatsiya yig'indisiga teng.

500

Universitetimizning yangi rektorining ism familyasi nima

Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov 


M
e
n
u