Xalqaro tribunal nizomi qachon qabul qilingan?
BMT Xavfsizlik Kengashining 1993-yil 25-maydagi rezolyutsiyasi asosida
Xalqaro gumanitar huquqning huquqiy tartibga solish predmeti nima?
Qurolli mojarolar borasida xalqaro huquq subyektlari o'rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar.
Xalqaro jinoyat turlarini sanab bering.
1. tinchlikka qarshi jinoyatlar
2. insoniyatga qarshi jinoyatlar
3. harbiy jinoyatlar
4. xalqaro xarakterdagi jinoyatlar
Qachondan "qurolli mojaro" tushunchasi "urush" tushunchasining o'rnini egalladi?
1949-yildan
Xalqaro jinoyat huquqi maxsus prinsiplari dastlab qaysi hujjatda , keyinchalik esa qaysi hujjatda mustahkamlangan?
dastlab Nyurenberg tribunall nizomida
keyinchalik Xalqaro jinoyat sudi statuti 3-bo'limida
Xalqaro jinoyat huquqiga ta'rif bering.
xalqaro huquqning subyektlari tomonidan sodir etilgan xalqaro jinoyatlar yoki xalqaro xarakterdagi jinoyatlar uchun aybdor jismoniy shaxslar va davlatlarni javobgarlikka tortish orqali xalqaro huquq-tartibotni jinoiy harakatlardan himoya qilish maqsadida yaratilgan prinsip va normalarni o'z ichiga olgan xalqaro huquq sohasi.
Qurolli mojarolar tushunchasiga umumiy ta'rif bering va qanday turdagi qurolli mojarolar bor ekanligini farqlab bering.
Davlat o'rtasida yuz beradigan va qurolli kuchlar aralashuviga olib keluvchi har qanday kelishmovchilik, agar tomonlardan biri urush holati mavjudligini inkor etayotgan bo'lsa-da, qurolli mojaro hisoblanadi.
xalqaro qurolli mojaro (davlatlar o'rtasida)
ichki qurolli mojaro (davlat qurolli kuchlari va hukumat o'rtasida)
Xalqaro jinoyat huquqining yordamchi manbalarini sanab bering.
- davlatlarning ichki qonunchiligi
- sud qarorlari
- xalqaro tashkilotlar va konferensiyalarning majburiy aktlari
Ichki qurolli mojaro vaziyatda 1949-yilgi Jeneva Konvensiyasining 3-moddasi qo'llanish tartibi qanday?
qurolli mojaroning mavjudligi va bu ichki xususiyatga ega ekanligi
2 guruhga:
1. Tinchlik davrida hamda qurolli to'qnashuvlar davrida ham sodir etilgan harakatlarni ko'rib chiquvchi xalqaro shartnomalar
2. Faqat qurolli to'qnashuvlar davrida kuchga kiradigan xalqaro shartnomalar
Xalqaro jinoyat huquqi prinsiplari tamoyillarini manbasi jihatidan kvalifikatsiya qilib bering.
1. Xalqaro huquqning umum tan olingan prinsiplari
2. Xalqaro jinoyat sudi statutida aks etgan prinsiplar
3. Jinoyat ishlari bo'yicha davlatlararo hamkorligiga oid xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikdagi o'ziga xos rahbariy prinsiplar
Ichki qurolli mojaro bilan xalqaro qurolli mojaroni farqlab bering.
- qarama qarshi tomonlarning huquqiy maqomi bilan
- xalqaro qurolli mojaroga nisbatan Xalqaro gumanitar huquq barcha normalari qo'llanishi
"aut dedere aut judicare" atamasiga ta'rif bering.
"topshir yoki sud qil"
1949-yilgi Jeneva konvensiyasiga Qo'shimcha protokol qachon qabul qilingan?
1977-yil
Qaysi jinoyatlar "jiddiy huquqbuzarliklar" deb tasniflangan?
harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar
Genotsid nima va unga misol keltiring.
har qanday milliy, irqiy, etnik yoki diniy guruhlarni qisman yoki to'liq yo'q qilish niyatida amalga oshiriladigan harakatlar.
Germaniya, Chili, Janubiy Afrika, Kampuchiya kabi mamlakatlarda totalitar rejim hukm surgan paytdagi qirg'inbarotlar.
Qo'llanadigan zo'ravonlik darajasiga qarab qurolli mojarolarni qanday kvalifikatsiya qilish mumkin?
1. qurolli mojaro darajasiga yetmagan ichki tartibsizliklar va g'alayonlar
2. past jadallik shaklidagi noxalqaro xarakterdagi qurolli mojaro
3. yuqori jadallikdagi ichki xarakterdagi qurolli mojaro
4. xalqaro qurolli mojaro
Ekotsid va biotsid jinoyatlarini farqlab bering.
Ekotsid - xalqaro harbiy jinoyat, atrof-muhitga, tabiatga tajovuz. Unga quyidagilar kiradi:
- geofizik urushlar
- meteorologik urushlar
- taqiqlangan qurollardan foydalangan holda urush qilish
Biotsid - insoniyatga qarshi jinoyat. Manbai agressiv urush va qurolli to'qnashuvlar.
"milliy ozodlik urushlari" qurolli mojaroning qanday turi va bu qaysi hujjatda mustahkamlangan?
xalqaro qurolli mojaro
I Qo'shimcha protokolning 1-moddasi
Terrorizm deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari mavjud?
lotin tilidan olingan bo'lib, sarosimaga solish, qo'rqitish ma'nolarini anglatadi
- yadroviy terrorizm
- biologik terrorizm
- kimyoviy terrorizm
- kiberterrorizm
- samoviy terrorizm
qaysi jinoyatda aholi irqiy kamsitilishga uchraydi, davlatlarning butun bir aholisining guruhi, irqiga ko'ra davlatdagi boshqa aholiga nisbatan huquqlari kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadilar?
aparteid
To'rtta Jeneva konvensiyalarning har biri qurolli to'qnashuvlar jabrdiydalarining u yoki bu toifasining himoyasini nazarda tutadi. Qaysi konvensiya kimni himoya qilishini ajratib bering.
I Jeneva konvensiyasi - yaradorlar va bemorlarni
II Jeneva konvensiyasi - yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga yo'liqqan shaxslar
III Jeneva konvensiyasi - harbiy asirlar
IV Jeneva konvensiyasi - qarama-qarshi tomon hokimiyati ostida bo'lgan fuqaro shaxslarni
"Nullum crimen sine lege", "Nulla poena sine leg" va "Ratione personae" prinsiplari tarjimasini ayting.
1. shaxs sodir etgan harakat sud yurisdiksiyasida belgilab qo'yilgan jinoiy harakatlarga mos kelmasa, u Statut bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
2. sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs Xalqaro jinoyat sudi Statutidagi qoidalarga mos tarzda javobgarlikka tortiladi.
3. shaxs Statut kuchga kirguncha bo'lgan davrda sodir qilgan harakatlari uchun Statutda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
1949-yilgi Jeneva konvensiyasiga II qo'shimcha protokolni qo'llash shartlarini sanab bering.
- bir-biriga qarama-qarshi turuvchi tomonlarning mavjudligi
- ma'sul qo'mondonlik
- hududning bir qismi ustidan nazorat
- harbiy harakatning uzluksiz va kelishilgan xarakteri
- II protokolni qo'llash layoqati
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksi loyihasi nechinchi yil qaysi organ tomonidan yoki kim tomonidan qabul qilinan?
1991-yil Xalqaro huquq komissiyasi