Imij tushunchasi nimani anglatadi?
Inson haqida boshqalar ongida shakllanadigan barqaror tasavvurlar tizimi
Qaysi omil muloqot madaniyatining birinchi namoyon bo'lish joyi hisoblanadi?
Nutq madaniyati, tashqi ko'rinish va o'zini tutish uslubi
Mansabdor shaxs bilan muloqotda suhbat qanday bo'lishi lozim?
Qisqa, aniq va mazmunli
Biznes protokoli qanday vazifalarni bajaradi?
Ishonch muhitini shakllantiradi, muloqotni osonlashtiradi, tashkilot imijini mustahkamlaydi
Noverbal muloqot vositalari qaysilar?
Yuz ifodasi, qo'l harakatlari, tana holati, qarash va ovoz ohangi
Verbal muloqot deganda nima tushuniladi?
So'z orqali axborot yetkazish jarayoni
Nutq kompozitsiyasi qanday tuzilishdan iborat?
Kirish, asosiy qism va xulosa
Korporativ kodeksda sovg'alar borasida nimalar belgilanadi?
Sovg'aning mumkin bo'lgan qiymati, qabul/rad etish qoidalari, ro'yxatga olish tartibi
Gul tanlashda asosiy mezon nima?
Vaziyatga moslik va hurmat ifodasi
Muzokara stoli ustidagi gul kompozitsiyasi qanday bo'lishi lozim?
Past va ko'rishga xalaqit bermaydigan
Sovg'ani taqdim etishning maqbul vaqti qaysi?
Uchrashuv oxirida yoki rasmiy marosim vaqtida
Yaponiyada vizitka berish odobi qanday?
Ikkala qo‘l bilan ehtirom orqali
Birinchi taassurot qancha vaqt ichida shakllanadi?
(masalan:10-15 soniyaga o`xshash shaklda ayting)
7-15 soniya
Vizitka kartochkalari birinchi bor qayerda paydo bo'lgan?
XVII asrda Yevropa mamlakatlarida (Frantsiya va Angliyada)
Diplomatiyada "Persona non grata" e’lon qilish nimani anglatadi?
Qabul qilinmaydigan shaxs deb topish, ya`ni agar biror diplomat qoidalarni buzsa yoki josuslikda gumon qilinsa, mezbon davlat uni persona non grata deb e’lon qiladi.