Xattotlik so'zi arabchada qanday ma'noni anglatadi?
Husnixat yozuvchi, go'zal yozuv san'ati bilan shug'ullanuvchi shaxslar.
“Arab lafzida birinchi yozgan zot Ismoil ibn Ibrohim a.s”degan rivoyat kimdan keltirilgan?
Ibn Abbos (r.a.)
Arab yozuvining dastlabki shakli qanday atalgan?
Ma'qaliy xati
Qur'on dastlab qaysi yozuvda bitilgan?
Ma'qaliy xatida.
Qur'on nusxalari Hazrati Usmon (r.a) davrida qaysi shaharga yuborilgan?
Kufa shahriga.
"Kufi xati” nomi qayerdan kelib chiqqan?
Kufa shahridan yuborilgan Qur'on nusxalari asosida.
“Al-xutut as-sab’a” iborasi nimani anglatadi?
Yetti xil xat turi
Muhaqqaq xati qanday shaklda yoziladi?
Asosan tekis, ba'zi qismlari yumaloq shaklda.
“Muhaqqaq" xatini kim nomlagan va rivojlantirgan”?
Ibn Muqla.
“Suls” so'zi nimani bildiradi?
“Uchdan bir” degan ma'noni.
Suls xatida qalamning nechanchi hissasi ishlatilgan?
Qalamning uchdan bir qismi.
Suls xatining asoschisi kim?
Ibn Muqilla.
Rayhoniy xati nomi nimaga ko'ra qo'yilgan?
Yozuv shakillari rayhon barglariga o'xshaganligi sababli
Rayhoniy xatining ixtirochisi kim?
Ibn Bavvob.
Nasx xatining nomi nimadan kelib chiqqan?
“Ko‘chirmoq” ma’nosidagi so‘zdan.
“Tavqi" xati asosan qaysi maqsadda ishlatilingan?
Hukmdorlarning farmonlariga imzo qo'yish uchun.
"Riqo" xatining dastlabki qo'llanilishi qanday bo'lgan?
Maktublar, dostonlar va shaxsiy mahsulotlar uchun.
Ta'liq xati noming ma'nosi nima?
“Osilib turuvchi, ilingan yozuv.”
Ruq'a xati dastlab qaysi tilda yozish uchun yaratilgan?
Turk tilida
Xattotlikda “Sen harflarni emas, ular seni tanlaydilar” degan hikmat nimani bildiradi?
Xattotlikda san'atkorning didi, tab'i va shaxsiy yozuvida aks etadi.