Amir Temur davrida yashagan, sangtaroshlik va xattotlikda juda mashhur bo'lgan san'atkor kim
Oltun
Temuriylar davrida miniatyura maktablari asosiy qaysi ikki yirik shaharda tashkil etilgan?
Samarqand va Hirot.
Kamoliddin Behzod qaysi temuriy hukmdorning saroyida "kitobdor" va bosh musavvir bo'lib ishlagan?
Sulton Husayn Mirzo
Go'ri Amir va Shohizinda kabi obidalarning eshiklari hunarmandchilikning qaysi turi asosida bezatilgan?
Yog'och o'ymakorligi
Temuriylar davrida qaysi to'qimachilik mahsulotlari yuksak san'at darajasiga ko'tarildi?
Gilamdo'zlik va kashtachilik
Mirzo Boysung‘ur o'z saroyida nechta xattotdan iborat maxsus guruhni to‘plagan edi?
40 nafar
Amir Temurning asl holatiga yaqin suratlari birinchi bo'lib qaysi asarning qo'lyozma nusxalarida uchraydi?
"Zafarnoma"
Behzodning shaxs sifatida shakllanishida va dunyoqarashida kimning o'rni beqiyos bo'lgan?
Alisher Navoiy
Temuriylar davri qabrtoshlari asosan qanday rangli marmardan va qanday shakllarda ishlangan?
Bo'z rangli marmardan; o'simliksimon va geometrik shakllarda
Metall buyumlar ishlab chiqarishda qaysi turdagi po'lat ayniqsa yuqori sifatli hisoblangan?
Kumush bilan quyilgan po'lat
Sultonali Mashhadiy qanday faxriy nomlar bilan ulug'langan?
"Qiblat ul-kuttob" va "Sulton ul-xattotin"
"Zafarnoma" asariga ishlangan boy kompozitsiyali miniatyurani kim boshlagan va kim yakunlagan?
Mirak Naqqosh boshlagan, Kamoliddin Behzod yakunlagan
Behzodning miniatyuralarida insonlardan tashqari yana qaysi detallar (me'moriy elementlar) alohida ahamiyat kasb etgan?
Peshtoqlar, minbarlar, ko'priklar, ayvonlar, binolar.
Metallga ishlov berish san'atining yuksak namunasi hisoblangan "Ikki tonnali bronza qozon" qaysi maqbarada saqlanadi?
Yassaviy maqbarasida
Temuriylar davri hunarmandlari qaysi mamlakat uslubida keramika (sopol) ishlab chiqarishgan?
Xitoy uslubida
Sultonali Mashhadiy ko'z charchamasligi uchun qog'ozni qanday rangga bo'yashni maslahat bergan va sariq rang uchun nimadan foydalangan?
Nimtatir rangga; sariq rang uchun za’farondan foydalangan.
Miniatyura asarlarida qaysi mamlakat rassomchiligining ta'siri va qaysi hudud san'atiga xos turkiy obrazlar sezilib turadi?
Xitoy rassomchiligi ta'siri va Sharqiy Turkiston san'ati obrazlari.
Behzodning eng mashhur asarlaridan biri bo'lgan "Yusuf va Zulayxo" miniatyurasi qaysi muallifning qaysi asari uchun tayyorlangan?
Sa'diy Sheroziyning "Bo'ston" asari uchun
XIV asrga oid yog'och o'ymakorligining eng murakkab va nafis namunalari qaysi maqbarada uchraydi?
Shayx Sayfiddin Boxarziy maqbarasida (Buxoro)
Hunarmandchilikda toshning qaysi turi o'ymakorligi ma'lum darajada mavjud edi?
Yashma toshi
Sharq manbalariga ko'ra, xattotlikda ishlatilgan ko'k va qizil rangli qog'ozlar qanday ma'nolarni anglatgan?
Ko'k rang — motamni, qizil rang — bayram kayfiyatini
Miniatyuralarda asosan qaysi adabiy qahramonlar va mavzular tasvirlangan? (Kamida 3 tasini ayting).
Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari
Behzod tomonidan Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asariga chizilgan 8 ta miniatyura hozirda qayerda saqlanadi?
Londondagi Chester Beyti kutubxonasida (Milliy kutubxonada).
Temuriylar davri kulolchiligida paydo bo'lgan yangilik — oppoq idishlarga qaysi kimyoviy element yordamida naqsh berish edi?
Kobalt elementi
Movarounnahrda ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga va iqtisodiy o'sishga sabab bo'lgan asosiy geografik va siyosiy omil nima edi?
Sharq va G'arbni bog'lovchi savdo yo'llarining o'tishi va siyosiy barqarorlik