1.Ularning “Ay-ay” deb nomlanuvchi turi Madagaskardagi boshqa turlardan juda farq qiladi. Animatsion filmlarning birida U qirol sifatida gavdalantirilgan.
Savol: U qaysi jonivor?
Javob: Lemur.
Izoh: Madagaskar multfilmidagi qirol Julian lemur edi.
6.OKTABR oyi oxirlarida ko‘plab mamlakatlarda UNI kesish, ishlov berish bo‘yicha turnirlar bo‘lib o‘tadi. Osiyoda UNDAN ba’zi bir kichik qushlar uchun in qurishadi.
Savol: U nima?
Javob: Qovoq.
Izoh: Oktabr oyi oxirida qovoqga shakl berib Xellouin bayramida foydalanishadi.
11.Polshalik jurnalist Vanda Blonskaya fikrini eshiting: “Ayol kishining eng yaxshi tabassumi UNGA atalgan”. Lev Tolstoyga berilgan ta’riflardan birida ham U mavjud.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Ko‘zgu.
Izoh: Lev Nikolayveich Tolstoyga berilgan ta'riflardan birida uni "Rus revolyutsiyasining ko'zgusi" deb atashgan.
16.Alfred Xichkok AQShlik hamkasbi haqida shunday degan “Bu insonga mazzada, u hech kimni kastingdan o‘tkazishga majbur emas. Yoqmasa maydalab tashlaydi”.
Savol: Bu fikrlar kim haqida?
Javob: Uolt Disney.
Izoh: Kinodan farqli ravishda multfilmlarda kasting shart emas, degan.
2.Uni keltirib chiqaruvchi kimyoviy reaksiyalarning bir nechta turi mavjud bo‘lib, eng keng tarqalgani kislorod va yoqilg‘i o‘rtasidagi reaksiyadir.
Savol: Uni unlilari bir xil so‘zda yozib bering.
Javob: Olov. Qabul: Alanga.
7.2021-yil 20-iyul kuni Bernar Arno bir necha daqiqa davomida IKSda eng boy insonga aylandi.
Savol: IKS o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering.
Javob: Yer.
Izoh: O‘sha kuni dunyoning eng boy insoni Jeff Bezos fazoga parvoz qilgan. Jef fazodaligida ma'lum vaqt Arno yerdagi eng boy insonga aylana olgan.
12.Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining she’rlaridan birida cho‘qay so‘zi eslanadi. Cho‘qay bu echkining terisidan ishlangan poyabzal. Uni kiygan insonning oyoq tovushlari eshitilmaydi va turli tikanlardan, chag‘ir toshlardan saqlaydi.
Savol: Cho‘qayni kimlar kiygan?
Javob: Ovchilar.
Izoh: Ovchilar ov vaqtida tovuch chiqarmasligi va turli tig‘li o‘simliklar va toshlardan saqlanishi kerak.
17.Angliya chempionatida bosh bilan gol urish rekordchisi Piter Krauch o‘zining avtobiografik kitobida hatto bir hayvon bilan bemalol bir darajada turib muloqot qila olishini hazil tarzida aytgan.
Savol: Qaysi hayvon?
Javob: Jirafa.
Izoh: Piter Krauch o'zining kitobida bo'yi uzunligi u bemalol hayvonot bog'ida jirafa bilan muloqot qilib, mashg‘ulot qilishi mumkinligini aytgan.
3.Forumlarning birida jahl chiqqanda BU ISHNI QILISH tavsiya qilinadi, aks holda boshqalarning ko‘nglini og‘ritib qo‘yish mumkin. “Uchrashuv” filmida kuyovning aytishicha, qaynotasi BU ISHNI QILGANI sabab gapirolmay qolgan.
Savol: BU ISHni nimaligini toping.
Javob: Tilini tishlash.
8.Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarida Santyago bir necha yil chinni sotuvchisining do‘konida ishlaydi. Chinni sotuvchisi Santyagoga “yoshligimda 3-4 tanga pul orttirib do‘kon sotib olaman va ishlab boyib ketsam, BU ISHni qilaman deb orzu qilardim” deydi. O‘zbekistonda bir yilda bu ishni 15 000 kishi qila olishi mumkin.
Savol: BU ISH o‘rnidagi so‘zlarini yozib bering.
Javob: Hajga borish.
Izoh: Sotuvchi hajga borish orzusi borligini aytgan. O‘zbekistonda ham bir yil uchun haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilangan.
13.Agar yapon shaharlaridagi ko‘chalarda yo‘l ta’mirlash xodimlari o‘zlarini ish jarayoni sababli sizning yo‘lingizni to‘sishsa yoki yo‘lda erkin ketishingizga xalaqit berishsa u holda sizning oldingizga maxsus xodim kelib BU ISHNI QILADI. Buni qarangki, odatda yapon yo‘l tashkiloti BU ISH uchun maxsus proffesionallarni yollashadi.
Savol: Yollangan maxsus xodim qanday ishni amalga oshirishadi?
Javob: Kechirim so‘rashadi.
Izoh: Yo'ldagi noqulayliklar uchun kechirim so'rashadi.
18.Qoraqalpoq yangi alifbosidagi bu harflar oldingi alifbodagi ikki harflar o’rni almashib qolgandek.
Savol: Bu qaysi harflar?
Javob: I va Í harflari
4.U 2006-yilda Shvetsiyalik Daniel Ek hamda Martin Lorentson tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Yevropaning barcha mamlakatlarida ommalashgan. 2022-yildagi Barselona bilan shartnomasi esa uni yanada mashhur qildi.
Savol: U qaysi brend?
Javob: Spotify.
9.Hatto kechasi ham xizmat ko‘rsatuvchi stomatologiya klinikalaridan birining reklamasida U 90 gradusga burilgan holatda tasvirlangan.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Yarim oy.
Izoh: Yarim oy 90 gradusga burilgan holatda tabassumni eslatgan.
14.Mutaxassislar fikricha, Undan uzoq muddat foydalanish sog‘liq uchun zararli hisoblanadi. U niderland tilida “bo‘yin ro‘molchasi” degan ma’noni beradi.
Savol: U nima?
Javob: Galstuk.
Izoh: Galstukni uzoq vaqt taqib yurish bo‘yindan o‘tgan tomirlarni qisib, tananing bosh qismiga qon oqimini sekinlashtiradi.
19.Pablo Pikasso ko‘plab rassomlar orzulari kabi Parijda yashashni orzu qilgan. Biroq rassomning Parijdagi hayoti muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Ko‘plab rasmlarini ham yoqishga majbur bo‘lgan.
Savol: Pablo Pikasso nima maqsadda o‘z rasmlarini yoqib yuborgan?
Javob: Isinish uchun.
Izoh: Pablo Pikasso bu davrda hatto o‘tinga ham puli qolmagan. Isinish uchun rasmlarini yoqishga majbur bo'lgan.
5.Hazillardan birida Dmitriy Ivanovich BIRINCHI o‘ringa turmush o‘rtog‘ini ham farzandlarini ham qo‘ymagan.
Savol: Dmitiriy Ivanovich birinchi o‘ringa nimani qo‘ygan?
Javob: Vodorod.
Izoh: Dmitriy Ivanovich bu Mendeleyev edi. Mendeleyev davriy jadvalida joylashgan birinchi element bu vodorod hisoblanadi.
10.Shri-Lankadagi kasallik tashuvchi chivinlar asosan ertalab faollashadi. Shuning uchun UNING tarkibiga chivinlarga qarshi moddalar qo‘shishadi. Bu moddalar o‘z kuchini yo‘qotgandan so‘ng ham U bilan chivinlarga qarshi kurashish mumkin.
Savol: Uni italiyancha so‘zda yozib bering.
Javob: Gazeta.
Izoh: Ertalabki gazetalar tarkibiga chivinlarga qarshi moddalar qo'shib chop etishadi. Bu moddalar o'z kuchini yo'qotgandan so'ng ham siz gaetani buklagan holda ularga qarshi kurashishingiz mumkin.
15.Angliyada tugʻilgan bolalardan biridan tengdoshlari doim sehr va chandiqni koʻrsatishini soʻrab masxara qilishgan.
Savol: Bu bolakay qanday ism familiyaga ega edi?
Javob: Garri Potter.
20.Bir kuni Vilbald Gluk magazin yonidan o‘tayotganida oynani bexosdan sindirib qo‘yadi. Jarima 1,5 frank edi, Gluk 3 frank beradi. Magazinchi “qaytim yo‘q” deydi. Shunda Gluk magazin egasiga bu ishni taklif qiladi.
Savol:Nnimani taklif qiladi?
Javob: Yana bitta oyna sindirishni.