Xoja Bahouddin Nashqband Buxoriyning asl ismi nima?
Muhammad
Bahouddin Nashqbandning yashagan yillarini ayting.
1318-1389
Bahouddin Naqshband qayerda tug'ilgan?
Buxoro vilyatining Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlogʻida
"Orifon" so'zining ma'nosi nima?
Sufiylar
"Uvaysiy" deb nimaga aytiladi?
O'lib ketgan avliyoning ruhi kelib qaysi bir muridni tarbiyalasa, bu uvaysiy deyilgan.
Bahouddin Naqshband ham uvaysiy bo'lib, unga kimning ruhi kelib tarbiya bergan?
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy
Naqshbandiya silsilasi manbalarda qanday nom bilan tilga olinadi?
"Silsilat az-zahab"
Naqshbandiya tariqatining shiori qanday?
"Dil bo yoru dasr bo kor"
Naqshbandiya tariqatining zikri qanday?
"Ilohiy anta maqsudiy va ridoka matlubiy"
"Xilvat dar anjuman" ma'nosi nima?
Ko'pchilik ichida qalbni holi bo'lishi
"Vuqufi zamoniy"ning ma'nosi nima?
Vaqtga qat'iy rioya qilish, virdlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish
Bahouddin Naqshband asarlarini ayting
"Al-Avrod", "Dalil al-oshiqin", "Hayotnoma"
Yusuf Hamadoniy qachon Buxoroda tasavvuf ta'limotini targ'ib qilish uchun tashrif buyurdi?
XI asr boshlarida
Xojagon sulukini kim Movarounnahrga olib kirgan?
Yusuf Hamadoniy
Naqshbandiya tariqatining keng tarqalishiga va hozirda ham izdoshlariga ega bo'lgan tariqatga aylanishiga sabab bo'lgan omillarni ayting.
Zamon talablariga mosligi va barchaga ma’qulligi
Yusuf Hamadoniyni ilgari surgan xojagon tariqat raxshalari nimalarni o'z ichiga oladi?
Xush dar dam, nazar bar qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman
Abduxoliq G'ijduvoniy ilgari surgan xojagon tariqat rashxalari nimalarni o'z ichiga oladi?
Yod kard, boz gasht, nigoh dosht, yod dosht
Bahouddin Naqshband ilgari surgan xojagon tariqat rashxalari nimalarni o'z ichiga oladi?
Vuqufi zamoniy, vuqufi adadiy, vuqufi qalbiy
"Naqshbandiya" ta'limoti Markaziy Osiyoda qachon paydo bo'lgan?
XIV asrda
Kiming zamonasiga kelib Naqshbandiya o'z siyosiy va iqtisodiy ta'sirining eng yuksak cho‘qqisiga erishdi?
Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy
Alisher Navoiy kimni "jahon yerining dehqoni" deya ta'riflagan?
Xoja Ahror Valiyni
Shayboniylar hukmronligi davrida Naqshbandiya tariqatiga kim rahnamolik qila boshladi?
Mahmud A'zam Dahbediy Kosoniy
Naqshbandiya tariqatining bir tarmog'i sifatida "Naqshbandiya-mujaddidiya" tariqati qachon yuzaga keldi?
XVI asr oxiri XVII asr boshlarida
"Xush dar dam" nima ma'noni anglatadi?
Har nafasda aql-hushni oʻzda saqlash
Xojagon tariqatining asosiy g'oyasi qanday?
"Bu dunyoni deb u dunyoni unutmaslik kerak."