Qaysi sulola davrida Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan?
anushteginiylar
Anushtegin qaysi saljuqiy hukmdorning ko'zga ko'ringan va ishonchli mansabdorlaridan biri bo'lgan?
Sulton Malikshoh
Sulton Malikshoh taxminan qachon Xorazm hokimligi vazifasiga tayinlangan?
1077-yil
Anushteginning 1097-yilda Xorazm hokimi bo'lgan o'gli kim?
Qutbiddin Muhammad
Saljuqiylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
Marv
Qutbiddin Muhammad har yili kim orqali soliqlarni poytaxt Marvga yuborgan?
o'g'li Otsiz
Xorazmda anushteginiylardan oldin qaysi sulolar "Xorazmshoh" unvoni bilan davlatni boshqargan?
afrig'iylar, ma'muniylar, oltintoshlar
Otsiz otasi vafotidan so'ng qaysi hukmdor tomonidan Xorazmga hokim etib tayinlangan?
Sulton Sanjar
Xorazm saltanatining birinchi va asosiy potaxti qaysi shahar bo'lgan?
Gurganch
Otsiz Xorazm hokimligiga tayinlangan vaqtda necha yoshlar atrofida edi?
o'ttiz yoshga to'lmagan edi
Otsiz nima uchun Sulton Sanjarga xizmat qilishdan bosh torta boshlagan?
o'z mavqeyi mustahkamlanib, raqobatchilari zaiflasha boshlagach
Sulton Sanjar bilan sulh tuzgan Otsiz hukmdor Sulton Sanjar bilan uchrashuvda qanday hurmatsizlik ko'rsatgan?
o'rta asrlar odatiga ko'ra hukmdorning oyog'i ostidagi yerni o'pib, ta'zim etishi shart edi. Otsiz esa otdan tushmagan holda sultonga salom bergan
Otsiz va Sulton Sanjar o'rtasidagi munosabatlar haqida qaysi tarixchi tomonidan ma'lumotlar yozib qoldirilgan?
Otamalik Juvayniy
Sulton Sanjar Otsizni yenggach Xorazm boshqaruvini kimga berdi?
Otsizning jiyani Sulaymonshohga
qaysi tarixchilar Anushteginning Jaloliddin Malikshoh I tomonidan "Xorazm mutasarrufi" mansabiga tayinlanishi haqida ma'lumot yozib qoldirgan?
Rashiduddin va Hofizi Abro'
Sulaymonshohdan hokimiyatni tortib olgan Otsiz Buxoroni va yana qaysi shaharlarni egalladi?
Marv va Nishopurni
Otsizga kim tomonidan "Xorazm viloyati va u tomonidan Xorazmga qo'shib olingan hamda olinadigan g'arbiy, sharqiy chegaralardagi viloyatlarning hukmdori" deb tan olingan yorliq berilgan?
Bag'dod xalifasi
Qaysi Xorazmshoh qo'shinida 170 ming otliq askar bo'lgan?
Takash
Otsizning o'limidan so'ng uning hokimiyatini davom ettira boshlagan Elarslon Movarounnahrdagi to'qnashuvda qaysi davlat qo'shini mag'lub etgan?
Qoraxitoylar
Xorazmshoh Muhammad qaysi hududlarga q 100 ming suvoriy bilan yurish qilgan?
Fors Iroqi va Ozarbayjon
Alovuddin Muhammadning qaysi harkati uning obro'-etiborini nihoyatda oshirib yuborgan?
Movarounnahrdan qoraxitoylarni haydab chiqarishi
Anushteginiylar davrida Xorazmshohlar davlatining hududlari qaysi hududlarga cho'zilgan edi?
Orol dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan Sharqiy Turkistongacha
Sulton Muhammadning asosiy mqasadi qaysi hududlarni egallash bo'lgan?
Suriya, Kichik Osiyo va Misr
Alovuddin Muhammadning Bag'dodga qilgan yurishi qayerda va nima sababdan to'xtab qolgan?
Eronning Hulvon viloyatiga yetganida g'ayritabiiy ravishda havo sovib, uch-kechayu, uch kunduz qor yoqqan. jangchilar sovuqdan aziyat chekib, otlar, tuyalarga qiron kelgan
Qaysi Xorazmshoh xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlagan?
Alovuddin Muhammad