Xorijiy investitsiya deganda nima tushuniladi?
A) Faqat davlat korxonalariga kiritilgan mablag‘lar
B) Chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga kiritilgan mablag‘lar
C) Tadbirkorlik subyektlarining ichki mablag‘lari
D) Faqat nomoddiy aktivlarga kiritilgan mablag‘lar
B) Chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga kiritilgan mablag‘lar
Xorijiy investitsiyalarning asosiy ikki turi qaysilar?
A) Real va moliyaviy investitsiyalar
B) Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar
C) To‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari
D) Jismoniy va yuridik investitsiyalar
C) To‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari
Davlatning xorijiy investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi nima?
A) Faqat soliqlarni oshirish
B) Investitsiya faoliyatini tartibga solish
C) Faqat importerlarni qo‘llab-quvvatlash
D) Faqat eksportni cheklash
B) Investitsiya faoliyatini tartibga solish
Tashqi investitsiyalarning asosiy riski qaysi?
A) Ishchi kuchining kamayishi
B) Valyuta va milliylashtirish xavfi
C) Soliq stavkalarining pasayishi
D) Tovar narxlarining arzonlashuvi
B) Valyuta va milliylashtirish xavfi
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan nimasi bilan farq qiladi?
A) Kichik miqyosda bo‘ladi
B) Xavfi past bo‘ladi
C) Chet eldan jalb qilinadi va qo‘shimcha risklarni o‘z ichiga oladi
D) Faqat bank kreditlaridan iborat bo‘ladi
C) Chet eldan jalb qilinadi va qo‘shimcha risklarni o‘z ichiga oladi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning (TTXI) asosiy belgisi qaysi?
A) Investor faqat obligatsiya sotib oladi
B) Investor korxona kapitalining 10% va undan ortig‘iga ega bo‘ladi
C) Faqat qisqa muddatga kiritiladi
D) Investor korxonani boshqarishda qatnashmaydi
B) Investor korxona kapitalining 10% va undan ortig‘iga ega bo‘ladi
Quyidagi omillardan qaysi biri davlatning xorijiy investitsiyalarni boshqarish zaruriyatiga kiradi?
A) Ichki bozorda monopoliyani kuchaytirish
B) Mahalliy investorlarni himoya qilish
C) Barcha korxonalarni davlat tasarrufiga o‘tkazish
D) Eksportni to‘liq taqiqlash
B) Mahalliy investorlarni himoya qilish
Quyidagilardan qaysi biri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakliga kirmaydi?
A) Qo‘shma korxonalar tashkil etish
B) 100% xorijiy kapitalga ega korxonalar
C) Soliq stavkalarini oshirish
D) Qimmatli qog‘ozlarni chet elliklarga sotish
C) Soliq stavkalarini oshirish
Chet el investitsiyalarining asosiy belgilaridan biri qaysi?
A) Faqat qisqa muddatga kiritiladi
B) Asosiy maqsad — iqtisodiy samara va daromad olish
C) Faqat intellektual mulk shaklida bo‘ladi
D) Mahalliy valyutada bo‘lishi shart
B) Asosiy maqsad — iqtisodiy samara va daromad olish
Quyidagilardan qaysi biri portfel investitsiyasiga kiradi?
A) Yangi zavod qurish
B) 10% dan kam ulushdagi aksiyalarni sotib olish
C) 100% xorijiy kapitalga ega korxona ochish
D) Lizing asosida uskunalar olib kelish
B) 10% dan kam ulushdagi aksiyalarni sotib olish
“Kamsitmaslik tartibi” qanday ma’noni anglatadi?
A) Faqat mahalliy korxonalarga imtiyoz berish
B) Xorijiy investorlarga fuqarolardan yomonroq sharoit yaratish
C) Xorijiy investorlarni mahalliy investorlar bilan teng qoida asosida qo‘llash
D) Faqat yuqori texnologiyalarga ruxsat berish
C) Xorijiy investorlarni mahalliy investorlar bilan teng qoida asosida qo‘llash
Yevropa davlatlarining xorijiy investitsiyaga munosabatida farq nima bilan belgilanadi?
A) Mamlakat aholisi soni
B) Siyosiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi
C) Qishloq xo‘jaligi maydoni
D) Hududining kattaligi
B) Siyosiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi
Xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq qo‘shimcha risklardan biri qaysi?
A) Inflyatsiya riskining yo‘qligi
B) Mamlakat xavfi va milliylashtirish ehtimoli
C) Faqat foiz stavkalarining pasayishi
D) Xodimlar malakasining oshishi
B) Mamlakat xavfi va milliylashtirish ehtimoli
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllaridan biri qaysi?
A) Faqat davlat kreditlari
B) Faqat ichki jamg‘armalarni safarbar etish
C) Qoshma korxonalar tashkil etish
D) Eksportni qisqartirish
C) Qoshma korxonalar tashkil etish
Amerikada investitsiya soliq krediti qaysi sohada qo‘llangan?
A) Energetika sohasida
B) Transport va logistika sohasida
C) Ishlov beruvchi sanoatda uskunalar xaridi uchun
D) Faqat startaplar uchun
C) Ishlov beruvchi sanoatda uskunalar xaridi uchun
Bonus
+400
Xorijiy investorlarga ma’qul davlatga xos asosiy omil qaysi?
A) Yuqori bojxona to‘lovlari
B) Siyosiy beqarorlik
C) Keng bozor va qulay investitsiya muhiti
D) Xorijiy valyutaga cheklovlar
C) Keng bozor va qulay investitsiya muhiti
Taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra 2026-yilgacha xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish bo‘yicha qanday maqsad belgilangan?
A) 20 mlrd. dollar
B) 40 mlrd. dollar
C) 50 mlrd. dollar
D) 70 mlrd. dollar
D) 70 mlrd. dollar
Yaponiyada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun tashkil etilgan JETRO kompaniyasining asosiy vazifasi nima?
A) Faqat eksportni nazorat qilish
B) Xorijiy investisiyalarni cheklash
C) Xorijiy investorlarni Yaponiyaga jalb qilish va ularga konsultativ yordam ko‘rsatish
D) Faqat davlat loyihalarini moliyalashtirish
C) Xorijiy investorlarni Yaponiyaga jalb qilish va ularga konsultativ yordam ko‘rsatish
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan ulushi qaysi?
A) Eksport salohiyatini kamaytiradi
B) Faoliyatni postindustrlashishga olib keladi
C) Texnologiyalarni yangilaydi, bandlikni oshiradi
D) Raqobatni yo‘q qiladi
C) Texnologiyalarni yangilaydi, bandlikni oshiradi