1
2
3
4
5
100

Nima sababdan Qadimgi Ahd tom ma’noda yahudiylik tarixiga oid ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lishiga qaramay, Bibliya tarkibiga kiritilgan?

Iso Masih kelishi to‘g‘risida xabar beruvchi manba deb hisoblanganligi uchun

100

Ilk yozma rivoyatlar nechanchi yilda paydo bo'lgan?

Mil.50-yillarda

100

Bibliyaga munosabat borasida xristian yo‘nalishlari orasida farq kuzatiladi. Xususan, Katolik, anglikan va pravoslav yo‘nalishlari Bibliyaning ahamiyati va yagonaligi masalasida bir muncha bahsga kirishsalar, protestantlar esa qanday munosabatda bo'ladilar?

“Yagona kitob” (sola scriptura, or scripture alone) g‘oyasini yoqlab chiqadilar.

100

Miloddan avvalgi ikkinchi asrdan boshlab, yahudiy olimlari hozirda Bibliyaning Qadimgi Ahd qismiga mos tushuvchi kitoblar majmuasini muqaddas sifatida e’tirof etib, uni ibroniycha qanday nomlashdi?

“Kitve Kodesh”

100

Bibliyaning bugungi xristianlik talqini bo‘yicha ilk qo‘llanilishi qaysi yilga to‘g‘ri keladi?

milodiy 223-yilga

100

Yunon tilidagi ilk xristian diniy yozuvlari bo'lmish Yangi Ahd tarkibiga nimalar kiradi?

Qissalar, maktublar va apokrifik adabiyotlardan iborat bo‘lgan.

100

Taxmin qilinishicha, bugungi kunda nechtadan ortiq nusxaga egaligi bilan Bibliya dunyodagi eng xaridorgir kitob sanaladi?

5 milliarddan ortiq

100

Qadimgi Ahd tarkibiga qaysi kitoblar kiradi?

Tavrot,

Payg'ambarlar bitiklari,

Zabur

100

Dunyoda ilk marotaba bosmaxonada nashr qilingan kitob sifatidagi qaysi kitob, kitoblar bosmasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega?

Bibliya

100

O‘rta asrlar yunon tilidagi qaysi so‘z yunon tilidagi “biblia sacra” – “muqaddas kitob” so‘zining qisqartma shakli sifatida qo‘llanilgan?

“bibliya”

100

Xristianlik talqinicha Bibliya necha qismdan iborat va ular qaysilar?

Ikki qismdan iborat:

1. Qadimgi Ahd (Eski Ahd)

2. Yangi Ahd

100

Mark injili kimning hikoyalari asosida yozilgan?

Pyotr

100

Bibliyaga ta'rif bering? 

Xristianlar tomonidan ilohiy vahiy asosida Xudo va insonlar o‘rtasidagi munosabatlari tartibi qayd etilgan, deb e’tiqod qilinuvchi muqaddas matnlar to‘plami

100

Bibliyaning qaysi qismi ilk xristianlar (Iso Masihning aksariyati yahudiy bo‘lgan deb ishoniladigan shogirdlari) tomonidan yunon tilida yozilgan matnlar majmuasi sanaladi?

Yangi Ahd qismi

100

“Bibliya” so‘zi o‘zbek tilida qanday ma’noni bildiradi?

“kitoblar”

100

Yangi Ahd ilk bor qaysi tilda yozilgan? va nima sababdan shu tilda yozilgan?

Yunon tilida. Sababi: dastlabki xristian jamoalarining ko‘pchiligini yunon tilida gaplashuvchilarni tashkil qilgan.

100

Bibliyaning to‘liq holatdagi eng ko‘hna nusxasi IV asrga oid bo‘lib, u o‘ram kitob shaklida Vatikan kutubxonasida saqlanadi va u qanday nom bilan mashhur?

“Vatikan kodeksi” (Codex Vaticanus) 


100

Yangi Ahd nechta xushxabar (The Gospel)ni o‘z ichiga oladi va ular qaysilar?

to‘rtta xushxabar. Ular:
Matto, Mark, Luqo va Yuhanno

100

Xristianlar esa “Kitve Kodesh”ga Yangi Ahdni qo‘shgan holda uni qanday atashdi?

Xristian Bibliyasi yoki Muqaddas Bibliya

100

Nima sababdan Xristianlik muqaddas manbalariga “Bibliya” so‘zi nom qilib berilgan? Ya'ni, “Bibliya” so‘zining kelib chiqish tarixi qanday?

 

Taxmin qilinishicha, bu so‘z yunon tiliga Yunonistonga misr papiruslari eksport qilinadigan Finikiya dengizidagi Biblos (Jebal deb ham atalgan) porti nomidan kirib kelgan. Shundan kelib chiqib aytiladiki, yunonchadagi “ta biblia” (kichik papirussimon kitoblar) tushunchasi Yunoniston yahudiylari tomonidan o‘zlarining muqaddas kitoblari (Septuagint)ni ifodalash uchun qo‘llanilgan.

100

Apokrifa (The Apocrypha)ga tarif bering? 

qadimgi yunonchadan olingan bo'lib — "yashirilgan, maxfiy" degan ma'nolarni bildiradi va u atama cherkov tomonidan “soxta”, “ishonchsiz” deb topilib, tan olinmaydigan diniy kitoblar ma'nosini ham bildiradi hamda u atama Protestantlik Bibliyasi tarkibiga kirmagan qismni ham shunday deb nomlanadi

100

To‘liq shakldagi lotincha Bibliyaning eng qadimgi nusxasi nima deb ataladi? 

“Amiatinus kodeksi” (Codex Amiatinus)

100

Bibliya tarkibidagi Qadimgi Ahd asosini yahudiylar qo‘lidagi qaysi kitob tashkil etadi?

TaNaX

100

Bibliya XIII asrda Stivan Lengton (Stephen Langton) tomonidan bo‘limlarga ajratilgan bo‘lsa, XVI asrda fransuz yozuvchisi Robert Et’yen (Robert Estienne) tarafidan qanday taqsimlanib chiqildi?

Oyatlarga taqsimlandi

100

“Bibliya” so‘zi kelib chiqqan yunon tilidagi “βιβλίον” so‘zi aslida qanday ma’noni bildirgan?

“qog‘oz, o‘ram”

M
e
n
u