Yahudiylik dinining buyuk payg'ambari kim?
Muso (a.s.)
Yahudiylik dining muqaddas va eng asosiy birlamchi manbasi nima?
TaNaX
Muqaddas chodir nima deb nomlanadi?
Skiniya
Kodesh Kodashim nima va unda nima saqlanadi?
Muqaddas chodirning eng muqaddas xonasi.
Unda Ahd Sandig'i saqlangan.
Mexitsa nima?
Erkak va ayollarning ibodat joylari mexitsa yordamida ajratiladi
Yahudiy so’zi Ya’qub (a.s.) ning nechanchi o’g’li nomidan olingan va uning ismini yozing?
4-o'g'li Yahuzo
Tavrot va Zabur matni qaysi tillarda yozilgan?
Tavrot va Zabur matni ibriy va aramey (eski yahudiy) tillarida yozilgan. Ularda Sulaymon paygʻambarning matallari, “Xudo yarlaqagan” Isroil xalqining tarixi bayon qilingan.
Ner tamid nima?
Abadiy shamchiroq
Tales nima?
Yahudiylar maxsus ibodat choyshabi
Bima nima?
Sinagoga markazida joylashgan minbar.
Qaysi podshoh tomonidan Quddus shahri bosib olinadi va bu shahar yahudiy davlatining poytaxtiga aylantirilgan?
Podshoh Dovud payg'ambar (a.s.) tomonidan
Yahudiylikdagi TaNaX kitobining 3 ta bo’limini sanang!
1. Tavrot (Tora),
2. Payg‘ambarlar (Neviim),
3. Kitoblar (Xetuvim).
Menora nima?
7 shamga mo'ljallangan shamchiroq
Fimiam nima?
Tutatqi qurbongohi (xushbo'y tutatqilarga mo'ljallangan joy)
Yahudiylik ta'limotiga ko'ra Yahvening nomini har doim ham zikr qilish mumkin emas. Yahudiylar Yahvening o'rniga Uni qaysi nomlar bilan zikr qilishadi?
Adonay va Elohim
Sulaymon ibodatxonasi necha marta, kim tomonidan va qaysi yillarda vayron qilindan?
(Iloji boricha to'liq ayting!)
1. Mil.avv. 586-yili bobilliklar tomonidan unda Novoxodonosor boshchilik qilgan.
2. Mil.avv. 70-yillarda rimliklar tomonidan.
Tavrot tarkibidagi kitoblarni sanang!
1) “Borliq” yoki “Ibtido”
2) “Chiqish”
3) “Levit”
4) “Sonlar”
5) “Ikkinchi qonun”
Talesda ... ta ta'qiq va ... buyruq bor.
248 ta ta’qiq va 365 ta buyruq
Paroxet nima?
Ahd sandig'ini to'sib turuvchi parda.
Shofar nima?
Hayvon shohidan yasalgan sur.
Yahudiylik ta’limotilarini sanang!
1. Olamni yaratuvchi yagona xudo Yahvega imon keltirish.
2. Yahudiylar Yer yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi” va u dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi ekanligi haqidagi ta’limot.
3. Messiya-xaloskorning kelib chiqishi haqidagi ta’limot.
4. Yahudiylikda Muso paygʻambar Tur togʻida Yahve bilan uchrashganda Yahve tomonidan 10 ta lavha tushirilgan degan ta’limot mavjud.
Yahudiylik bo’yicha 10 ta lavha tushirilgan. Ularni sanang!
1. Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
2. But va sanamlarga sigʻinmaslik;
3. Zaruratsiz Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4. Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun bagʻishlash;
5. Ota-onani hurmat qilish;
6. Nohaq odam oʻldirmaslik;
7. Zino qilmaslik;
8. Oʻgʻirlik qilmaslik;
9. Yolgʻon guvohlik bermaslik;
10. Yaqinlarning narsalariga koʻz olaytirmaslik.
Ahd Sandig'i nima deb nomlanadi?
Aron Kadesh
Tavrotni o'qish uchun mo'ljallangan tayoqcha nima deb nomlanadi?
Yad
9 shamga mo'ljallangan shamchiroq nima deb nomlanadi?
Xanukiya