Cho‘lda yashovchi ko‘chmanchi arablar qanday nom bilan atalgan?
Badaviylar
Muhammad (s.a.v.) qaysi yili Makkada tug‘ilganlar?
570-yil
Qur’on nechta suradan iborat?
114 sura.
Islomda ikkita asosiy yo‘nalish qaysilar?
Sunniylik va Shialik.
Badaviylar uzoq safarlarda suv tashish uchun teridan tayyorlagan an’anaviy idish qanday ataladi
Mesh
Muhammad (s.a.v.)ning bolalikda tog‘lik qabilada tarbiya olgan ayol onalari kim bo‘lgan?
Halima
Islomning besh ustunidan biri bo‘lgan “ZAKOT” qanday shaxslar tomonidan beriladi?
Moli nisobiga yetgan, voyaga yetgan va sog‘lom musulmonlar tomonidan.
Sunniylikda “Ahli sunna val jamoa” atamasi kimlarga nisbatan ishlatiladi?
Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlariga amal qiluvchi va musulmonlarning asosiy jamoasiga mansub kishilarga.
Badaviylar qadimdan qaysi turdagi tuyalarni boqishgan?
Bir o‘rkachli tuyalar
Muhammad (s.a.v.) nechanchi yoshlarida payg‘ambar bo‘lganlar?
40 yoshlarida.
Ramazon hayiti musulmonlar tomonidan qaysi ibodat tugagach nishonlanadi?
Bir oylik ro‘za tugagach.
Sunniylikdagi to‘rtta mashhur fiqhiy mazhabdan ikkitasi nomini ayting.(2 tasi yetarli)
Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy, Hanbaliy (Shulardan xohlagan 2tasi)
Arabistonning shimoldan janubga o‘tuvchi savdo yo‘llari asosan qaysi ikki hudud orqali o‘tgan?
Arabistonning janubi va g‘arbidagi o‘troq dehqonchilik hududlari – Xijoz va Yaman orqali.
12 yoshlarida Muhammad (s.a.v.) qaysi qarindoshlari bilan savdo safariga chiqqanlar?
Amakilari Abu Tolib bilan.
622-yilda sodir bo‘lgan Hijrat voqeasi musulmon yil hisobida qanday ahamiyatga ega?
Musulmonlar taqvimi – hijriy yil hisobining boshlanishi sifatida qabul qilingan.
O‘zbekiston va O‘rta Osiyoda eng ko‘p tarqalgan sunniy mazhab qaysi?
Hanafiylik mazhabi.
Arab qabilalarining ko‘p xudolikka asoslangan dinida Makkadagi Ka’ba qanday vazifani bajargan?
Qabila ilohlarini saqlaydigan umumiy ziyoratgoh bo‘lgan.
Muhammad (s.a.v.)ning Madinaga hijratlari musulmonlar tarixida qanday voqea sifatida qabul qilingan?
Hijriy taqvim (musulmon yil hisobi)ning boshlanishi sifatida.
Islom so‘zi arabchada qanday ma’nolarni bildiradi?
“Bo‘ysunish”, “itoat etish”, “o‘zini Allohga topshirish”.
Mazhablar bilan sekta (firqa)lar o‘rtasidagi muhim farq nimada?
Mazhablar shariat doirasidan chiqmaydi, faqat diniy-huquqiy masalalarda turlicha yengil yoki qattiq hukmlar beradi; sektalar esa an’anaviy diniy qarashlardan og‘ib ketadi.