Badaviylar yashaydigan joy
Sahro (cho‘l)
Muhammad (s.a.v.) qaysi qabiladan?
Quraysh, Hashimiylar urug‘i
Qur’on necha suradan iborat?
114
Islomning birinchi ustuni nima?
Iymon – Allohning birligiga va Muhammad (s.a.v.)ning payg‘ambarligiga ishonish.
Islomdagi asosiy ikki yo‘nalish nima?
Sunniylik va shialik.
Tuya terisidan nima tayyorlashgan?
Suv saqlaydigan idish
Uning bolalikdagi asrab oluvchi onasi.
Halima
Qur’on qancha yil davomida nozil bo‘lgan?
23 yil
Musulmonlar uchun ikkinchi yirik bayram qaysi?
Qurbon hayiti (Ramazon hayitidan 70 kun keyin).
Sunniylikda nechta asosiy fiqhiy mazhab bor?
4 ta (Hanafiy, Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy).
Arabistonning savdo markazi bo‘lgan shahar.
Makka
Hijrat qachon sodir bo‘lgan?
622-yili
Qur’on nima degan ma’noni anglatadi?
“O‘qish”, “qiroat”
"Ro‘za" qachon va kimlar uchun farz?
Ramazon oyida, voyaga yetgan, sog‘lom, safarda bo‘lmagan har bir musulmon uchun farz.
Sunniylikdagı "Sunna" nima degani?
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari, ishlari va roziligini o‘z ichiga olgan an'ana va yo‘l-yo‘riq.
Yaman qanday nom bilan atalgan?
“Baxtli” yoki “janubiy baxt”
Muhammad (s.a.v.) qachon vafot etganlar?
632-yilda, Madinada
Qur’on qanday vosita orqali nozil qilingan?
Vahiy orqali
"Haj" qachon va qanday shartlar bilan farz bo‘ladi?
Hayit oylarida (Zul-hijja), voyaga yetgan, sog‘lom, ozod, yo‘l xarajatlarini qoplaydigan har bir musulmon uchun hayotida bir marta farz.
“Mazhab” so‘zi arabcha nima degan ma’noni anglatadi?
Yo‘nalish, oqim, yo‘l (biror diniy masalada muayyan olimning fikriga ergashish).
Arabistonning janubiy va g'arbiy qismlarida qaysi ikki muhim savdo yo‘li o‘tgan va ular qaysi mamlakatlarni bog‘lagan?
Shimoldan janubga: Vizantiya (hozirgi Turkiya)dan Afrika sharqigacha boʻlgan yoʻl.
Sharqdan g'arbga: Hindistondan Vizantiyagacha boʻlgan yoʻl (ziravorlar, matolar, marvaridlar tashilgan).
Muhammad (s.a.v.)ning otalari Abdulloh qayerda va qachon vafot etgan?
Savdo safaridan qaytayotib, Madina yaqinida vafot etganlar.
Qur’onning ilk nozil boʻlgan oyatlari qaysi surada joylashgan?
Al-Alaq surasining ilk besh oyati.
Islomda "zakot" nima va u qanday hisoblanadi?
Mol-mulkning 2,5% miqdorida beriladigan majburiy sadqa.
Islom tarixida Xorijiylar (Xavorij) deb kimlar atalgan?
Xorijiylar – VII asrda paydo bo‘lgan, Ali ibn Abu Tolib va Muoviya o‘rtasidagi kelishmovchilikdan keyin Ali tarafini tark etgan guruh.