Yaqin Sharqadagi mojarolar
Isroil va Falastin
Geosiyosiy o'yinchilar
Qiziqarli malumotlar
Zakovat savollari
100

2020-yilda imzolangan va Isroilning BAA, Bahrayn hamda Marokash bilan munosabatlarini normallashtirgan kelishuvlar qanday nomlanadi?

"Ibrohim kelishuvlari" (Abraham Accords).

100

BMTga a'zo davlatlarning nechtasi Falastin davlatini tan olgan?

157 ta

100

Rossiya Yaqin Sharqdagi o'z ishtirokini "O'rta dengizdagi xavfsizlik" bilan bog'laydi. Dunyoda Rossiyaning sobiq Ittifoq hududidan tashqarida joylashgan yagona harbiy-dengiz bazasi aynan shu mintaqada, aniqrog'i Suriyaning qaysi port shahrida joylashgan?

Tartus

100

1994-yilda tinchlik o'rnatish yo'lidagi harakatlari uchun Nobel Tinchlik mukofotini bir vaqtning o'zida uch kishi olgan: Yasir Arofat, Itshak Rabin va ...? (Uchinchi shaxsning ismi sharifi).

Shimon Peres

100

1948-yilda, boshqalar qatorida, Sion va Iudeya kabi variantlar ko'rib chiqildi. Natijada qanday nom tanlandi?

Isroil

200

Eronning mintaqadagi ta'sirini cheklash maqsadida Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari tomonidan shakllantirilgan, norasmiy ravishda "Arab NATOsi" deb ataluvchi tashabbusning rasmiy nomi nima?

MESA (Middle East Strategic Alliance)

200

Isroil davlati tashkil topganidan so‘ng, 1952-yilda ushbu davlatning prezidenti bo‘lish taklifi rasman yuborilgan, biroq "mening odamlar bilan ishlashga qobiliyatim yo‘q" deb bu taklifni rad etgan dunyoga mashhur inson kim?

Albert Eynshteyn

200

Mintaqadagi eng yirik geosiyosiy loyihalardan biri — "Qarshilik o‘qi" (Axis of Resistance) deb ataladi. Ushbu koalitsiya G'arb va Isroil ta'siriga qarshi kurashishni maqsad qilgan. Ushbu o'qning markaziy "miyasi" va asosiy homiysi Eron bo'lsa, uning Arab dunyosidagi eng asosiy, rasmiy va suveren davlat darajasidagi yagona ittifoqchisi qaysi?

Suriya (Bashar Asad hukumati)

200

Qaysi davlat 2018-yilda oʻz elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirib, ushbu shaharni Isroilning poytaxti sifatida tan oldi?

AQSH

200

O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab u dunyoning deyarli barcha hududini zabt etdi. U devorlarda, futbolkalarda, yuzlarda va hatto g‘arbda hokimyat binolarini ham zabt etdi. Yurtimizda esa u insonlarning ijtimoiy “yuzini” egalladi. Uning eng kattasini ya`ni 100 metrligisini 2024-yilning 5-iyul sanasida Tehronda ko‘rdik. Savol. Uni ikki so‘zda ayting.

Falastin bayrog'i

300

Isroil va Livan o'rtasidagi chegara chizig'i rasmiy xalqaro chegara emas, balki 2000-yilda BMT tomonidan chizilgan vaqtinchalik chiziqdir. U nima deb ataladi?

"Moviy chiziq" (Blue Line)

300

1948-yilgi urush paytida 700 mingdan ortiq falastinlikning o‘z uylarini tashlab chiqib ketishi va Isroil davlatining tashkil topishini anglatuvchi, arab tilida "falokat" ma'nosini beruvchi atama?

Nakba (Al-Nakba).

300

2023-yilda Xitoy vositachiligida Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalarni tiklash to‘g‘risidagi tarixiy bitim aynan qaysi shaharda imzolangan?

Pekin

300

Quddusdagi "Maʼbad togʻi" (Temple Mount) ustidan tarixiy vasiylik (custodianship) huquqiga ega boʻlgan arab davlati qaysi?

Iordaniya (Hoshimiylar sulolasi)

300

Yaqinda ilmiy jamoatchilik o'z obunachilarini "U" tasvirlangan otkritkalar bilan tabrikladi. Bu savolni keyinga qoldiramiz. Isroilning oltita kesishgan qilich shaklida yasalgan va o'rtasiga zaytun novdasi joylashtirilgan "Jasorat medali"ning ko'rinishi "U"ni eslatadi. Tel-Avivdan topilgan ibroniycha qo'lyozmalarda Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn ramziy ma'noda unda joylashgani aytib o'tilgan. Diqqat savol: uni ibroniycha bir so'zda yozib bering.

Menora

Izoh: Menora - ibroniycha yetti shamdon deb tarjima qiladi. Menora Dovud yulduzi singari Isroilning asosiy ramzlaridan biri bo'lib, yettita shamdondan iborat. Hanukka ma'rosimlarida uning sakkiz shamdonli ko'rinishidan foydalaniladi. Yetti sayyora - yetti shamdonga ishora qilindi va savol tartib raqami ham yetti ekani sizga yordam berdi deb o'ylaymiz.

400

"Qora sentyabr" voqealaridan so'ng, 1972-yilgi Myunxen olimpiadasidagi terrorchilarni jazolash uchun Isroil tomonidan oʻtkazilgan koʻp yillik maxfiy operatsiya nomi nima?

"Xudo qahri" operatsiyasi (Operation Wrath of God).

400

2024-yilda Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Falastinni davlat sifatida tan olgani uchun diplomatik jazo sifatida Quddusdagi konsulligi orqali falastinliklarga xizmat ko‘rsatishi taqiqlangan Yevropa davlati qaysi?

Ispaniya

400

1948-yilda mustaqillik e'lon qilgan Isroil davlatini de-yure (rasman) tan olgan dunyodagi birinchi davlat AQSH bo'lsa, oradan ikki kun o'tib uni de-yure (to'liq huquqiy) tan olgan ikkinchi buyuk davlat qaysi?

SSSR (Sovet Ittifoqi).

Izoh: Ko'pchilik buni faqat AQSH qilgan deb o'ylaydi, lekin Stalin Isroil orqali Britaniyani mintaqadan siqib chiqarishni ko'zlagan.

400

1977-yilda kutilmaganda Isroilning Knesset (parlament) binosiga tashrif buyurib, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘ygan birinchi arab yetakchisi bo‘lgan va keyinchalik bu "shijoati" uchun o‘z mamlakatida suiqasd qurboni bo‘lgan shaxs kim?

Anvar Sadat

400

Tutqunlik” nomli o’zbek filmi voqealari ISHIDga qo’shilgan o’zbeklarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi. Epizodlardan birida Suriya harbiy lageridagi terrorchi yoniga kelgan odamdan bolalarga deraza yonida o’ynashni tayinlashini so’raydi. Uning bunday deyishiga ERKAK ASALARILAR sabab edi. Savol: Biz savolda ERKAK ASALARILAR so’zlari bilan almashtirgan bir so’zni yozib bering.

Dronlar.

Izoh : Lagerdagi terrorchining aytishicha, dronni boshqaruvchilar bolalar o’ynayotgan joyni bombardirovka qilmas ekan. Dron so’zi inglizcha “drone” so’zidan olingan bo’lib nar asalari ma’nosini anglatadi

500

1916-yildagi Sayks-Piko bitimidan farqli o‘laroq, 1920-yilda imzolangan va Yaqin Sharqning zamonaviy chegaralarini huquqiy jihatdan belgilab bergan, biroq unda va’da qilingan Kurd davlati va mustaqil Armaniston loyihalari amalga oshmay qolishi natijasida bugungi kundagi Turkiyadan tortib Iroq va Suriyagacha bo‘lgan mintaqadagi etnik mojarolarga poydevor qo‘ygan xalqaro shartnoma qaysi?

Sevr shartnomasi (Treaty of Sèvres)

Izoh: Ko'pchilik Sayks-Piko bitimini asosiy deb bilsa-da, aynan Sevr shartnomasi Usmonli imperiyasini butunlay bo'lib tashlagan va mintaqadagi milliy davlatlar chegarasini chizgan. Keyinchalik Turkiya mustaqillik urushi natijasida bu shartnoma Lozanna shartnomasi (1923) bilan almashtirilgan. Kurdlarga va'da qilingan muxtoriyatning bekor qilinishi esa bugungi kunga qadar davom etayotgan eng yirik etnik mojarolardan biriga sabab bo'lgan.

500

Quddus (Al-Quds) shahri Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroning eng chigal tugunidir. 1967-yildan beri shahar Isroil nazoratida bo‘lsa-da, u yerdagi islomiy muqaddas qadamjolar (Al-Aqso majmuasi) ustidan diniy boshqaruv huquqi Isroilga ham, Falastinga ham tegishli emas. 1924-yildan buyon davom etib kelayotgan va xalqaro shartnomalar (jumladan, 1994-yilgi tinchlik bitimi) bilan mustahkamlangan ushbu "Vasiylik huquqi" (Custodianship) rasman qaysi davlatning amaldagi hukmdori (qiroli) zimmasiga yuklatilgan?

Iordaniya (Hoshimiylar sulolasi).

Iordaniya qiroli Abdulloh II hozirgi kunda Quddusdagi islomiy va xristian muqaddas joylarining rasmiy vasiysi (himoyachisi) hisoblanadi. Bu diplomatik kelishuvga ko‘ra, majmua ichidagi tartib va diniy ishlar uchun Iordaniya tayinlagan "Vaqf" ma’muriyati javob beradi. Bu Yaqin Sharqdagi eng noyob siyosiy muvozanat nuqtalaridan biri bo‘lib, ushbu "Iordaniya vasiyligi" buzilishi mintaqada yirik urushlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan trigger hisoblanadi.

500

Sobiq Iroq rahbari Saddam Husayn ustidan bo‘lib o‘tgan sud jarayoni 2003-yilning 13-dekabridan 2006-yilning 30-dekabrigacha davom etgan. Umberto Eko esa bu jarayonni jahon adabiyotida mashhur bo‘lgan bir asar nomi bilan ataydi. Savol: Shu asar nomini aytib bering.

Ming bir kecha.

Izoh: Sud taxminan shuncha kun davom etgan. Eko Husaynni Shahrizodaga qiyoslagan.

500

2024-yilda Jeffri Epshteyn fayllarining (Epstein Files) ommaga e’lon qilinishi shuni ko‘rsatdiki, Epshteyn shunchaki "shantajchi" emas, balki Isroil razvedkasi — Mossadning global miqyosdagi eng yirik loyihasi bo‘lgan. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — AQSH prezidentlari (Klinton, Tramp) va dunyo elitasini "tuzoqqa tushirish" orqali Isroilning Yaqin Sharqdagi har qanday xatti-harakatini (masalan, G‘azodagi urushlar yoki elchixonani Quddusga ko‘chirish) AQSH tomonidan so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash edi.

Ushbu zanjirning eng hayratlanarli va yashirin nuqtasi — "Promis" deb nomlangan maxfiy josuslik dasturi bilan bog‘liq. Isroil ushbu dasturni AQSH Adliya vazirligidan o‘g‘irlab, unga "orqa eshik" (backdoor) o‘rnatgan va butun dunyo razvedkalariga sotgan. Ushbu dastur orqali olingan ma’lumotlar Epshteynning "shantaj arxivi"ni to‘ldirib turgan.

Diqqat, savol: Isroil razvedkasi tomonidan dunyo liderlarini jilovlash uchun ishlatilgan ushbu strategiya, ya’ni bitta kichik davlatning buyuk davlat rahbarlarini "shaxsiy sirlari" orqali o‘ziga asir qilib olishi xalqaro maxfiy siyosatda qaysi dahshatli termin bilan ataladi va bu tizimning asosiy arxitektori bo‘lgan

"Honeytrap" (Asal tuzog‘i) operatsiyasi; Arxitektor — Robert Maksvell.

500

1980-yillarning oxirigacha Isroil hukumati Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) bayrog‘ini va uning ranglarini G‘arbiy sohil va G‘azo sektorida taqiqlab qo‘ygan edi. Hatto ushbu ranglar aks etgan san'at asarlari ham musodara qilingan. Shunda falastinliklar o‘z qarshiliklarini bildirish uchun bayroq ranglarini  o‘zida jamlagan bir mahsulotni ramziy belgi sifatida ko‘tarib chiqa boshlaydilar.

Diqqat, savol: Bugungi kunda ham Falastin qarshilik ramzi sifatida ishlatiladigan, mahsulot qaysi?

Tarvuz

M
e
n
u