Atmosferaga zararli gazlarning ko‘p chiqarilishi qanday global muammoni keltirib chiqaradi?
Iqlim o‘zgarishini
Quyosh energetikasida rivojlanayotgan davlat?
Hindiston
Ekologik loyihalarning sekin rivojlanishiga nima sabab bo‘ladi?
Texnologik yetishmovchilik
Biomassa energiyasi nimadan olinadi?
Organik chiqindilardan.
Global ekologik xavf bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinadigan hisobotni qaysi tashkilot chiqaradi?
BMT
Havo ifloslanishining asosiy sabablaridan biri nima?
Sanoat va transport chiqindilari
Bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda mashhur davlat?
Brazilya
Cho‘llanish jarayoni nimani kamaytiradi?
Hosildor muamollarni
Ekologik migratsiya nimaga bog‘liq?
Iqlim o‘zgarishiga.
Qaysi davlat elektr energiyasining katta qismini geotermal energiyadan oladi?
Islandiya
O‘rmonlarning kesilishi tabiatga qanday zarar yetkazadi?
Ekotizim buziladi va karbon yutilishi kamayadi.
Xitoy yashil iqtisodiyotda qaysi sohaga sarmoya kiritmoqda?
Shamol energetikasiga.
Qaysi qazilma yoqilg‘i eng ko‘p karbonat angidrid chiqaradi?
Ko'mir
Ekologik ta’limning uzoq muddatli maqsadi nima?
Ekologik madaniyatni shakllantirish.
Qaysi iqtisodiy model chiqindisiz ishlab chiqarishni maqsad qiladi?
Aylanma iqtisodiyot.
Issiqxona effektining kuchayishiga eng katta ta’sir qiluvchi gaz qaysi?
Karbonat angidrid (CO₂)
Ko‘mirning ekologik zarari?
Havoni ifloslantirishi.
Atom energetikasining asosiy ekologik muammosi nima?
Radioaktiv chiqindilar.
Rivojlanayotgan davlatlarga ekologik yordam beruvchi yirik fond?
Yashil iqlim fondi.
“Ekologik iz” nimani baholaydi?
Insonning tabiatga ta’sirini.
Qaysi tabiiy resurslarning haddan tashqari ishlatilishi ekologik muvozanat buzilishiga sabab bo‘lmoqda?
Neft, gaz, ko‘mir va o‘rmon resurslari
Iqlim o‘zgarishi eng ko‘p zarar yetkazadigan soha?
Qishloq xo‘jaligi
Uglerod soliqlari nima uchun joriy qilinadi?
Emissiyani kamaytirish uchun.
“Carbon neutrality” nimani anglatadi?
Uglerod balansini.
Parij kelishuvida global harorat oshishini necha darajadan past ushlab turish maqsad qilingan?
— 2°C dan.