KIPRIKILI CHUVALCHANGLARNING GAVDASI QANDAY SHAKLDA?
BARGSIMON SHAKLDA
So‘rg‘ichlilarning bargsimon tanasi qalin nima bilan qoplangan?
kutikula bilan qoplangan
tasmasimon chuvalchangni shakli qanday?
Tasmasimon chuvalchanglar shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash parazit hayvonlar.
Oq planariyaning tanasining uzunligi qancha?
2-3 sm
OQ PLANARIYANI QAYERDA UCHRATISH MUMKIN?
Oq planariya daryo va ko‘llarning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylar ning tubida yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin.
So`rg`ichlilarning tipik vakilining uzunligini toping?
3-4sm
Tasmasimon chuvalchangning tipik vakilining uzunligi qancha?
8-10 sm
oq planaroiyaning tana simmetriyasi qanday?
ikki tomonlama
Planariyaning nerv hujayralari tananing oldingi tomonida to‘planib, ikkita NIMAni hosil qiladi. Ulardan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi.
nerv tugunlari
jigar qurti nima bilan oziqlanadi?
O`t suyuqligi va qonni so`rib oziqlanadi.
Qoramol tasmasimon chuval changi voyaga yetgan davrida odam qaysi organlarda parazitlik qiladi.
Qoramol tasmasimon chuval changi voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida, lichinkasi qora mol muskuli, jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi.
jigar qurti qaysi sutemizuvchilarining jigarida parazitlik qiladi?
Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yirik sut emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi.
OQ PLANARIYADAGI REGENERATSIYA HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT BERING
Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Noqulay sharoit tug‘ilganda (harorat oshganda, kislorod yetishmasa) planariya mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, qulay sharoit tug‘ilganida yana har bir bo‘lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.
jigar qurtining oraliq va asosiy xo`jayinini aniqlang.
Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo‘jayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shillig‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam va qoramollarga qanday yuqadi?
yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadi va Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilgan odam uni o‘ziga yuqtiradi.
jigar qurtining hazm qilish sistemasi qanday?
OG`IZ SO`RG`ICHI--->HALQUM--->IKKI SHOXLI ICHAK
Oq planariyaning jinsiy ko`payishi haqida ma`lumot bering.
Tanasining oldingi qismida ikkita urg‘ochilik jinsiy organi – tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka o‘xshash erkaklik jinsiy organi – urug‘donlar joylashgan. Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdon larda tuxumlar,urug‘donlarda esa urug‘ hujayralari – spermato zoidlar hosil bo‘ladi. Urug‘langan tuxumlar to‘p-to‘p bo‘lib pilla ichiga qo‘yiladi. Tuxumdan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.
jigar qurtining ko`payishi haqida ma`lumot bering.
Jigar qurtining urug‘ langan tuxumlari o‘t yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi. Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib oladi va kiprikchalarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichinkalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi.
Jinsiy organlari tanasining hamma bo‘g‘imlarida ko‘p marta takrorlanib turadi. Har bir bo‘g‘imda nimalar bo‘ladi.
Jinsiy organlari tana sining hamma bo‘g‘imlarida ko‘p marta takrorlanib turadi. Har bir bo‘g‘imda bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko‘p urug‘donlar bo‘ladi.
YASSI CHUVALCHANGLARNING ENG QADIMGISI QAYSI?
Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar hisoblanadi.